1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja


Innovatsiya deb yangi ilmiy texnik yutuqlardan samarali foydalanishga



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/130
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#182477
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   130
1-mavzu “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazi

Innovatsiya deb yangi ilmiy texnik yutuqlardan samarali foydalanishga 
aytiladi. Bu
holatni ilmiy-ijodiy faoliyatdagi muhitga muvofiqlashtirish, uning 
samarasini oshirish respublikamizdagi fan imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishga 
katta yordam beradi. Bu jarayonda asosiy e’tibor yosh avlodning eng rasional 
faoliyatiga qaratiladi. Chnki innovasion g‘oyalar jamiyat taraqqiyoti uchun juda 
kuchli samara beradi. Bunday g‘oyalami rivojlantirishda novatorlikning o‘mi katta. 
Chunki aynan novatorlik asosida ilmiy-ijodiy faoliyat olib borishning yangi tipik 
ko‘rinishini shakllantirish mumkin. Bu holat yangi g‘oya, nazariya yoki 
paradigmada biror xil yangilik ustuvor bo‘lganda sodir bo‘ladi. O‘z ilmiy 
yangiliklari asosida novator shu paytgacha mavjud bo‘lgan nazariyalarni tubdan 
o‘zgartirib yuboradi va asosiy vazifasi esa bunday yangi g‘oyalami amaliy hayotga 
tatbiq etishdan iborat bo‘ladi. Bunda, u eng avvalo, o‘z ixtirolari yoki yangi 
g‘oyalarini amalga oshirish uchun barcha to‘siqlami yengib o‘tishga harakat qiladi. 
Ikkinchidan, o‘zi fanga olib kirgan yangiliklardan boshqa olimlar ham 
foydalanishlari uchun imkon yaratadi. Uchinchidan, samarasiz ilmiy g‘oyalardan 
voz kechishga undaydi. To‘rtinchidan, mnovasion g‘oyalar va shu kungacha mavjud 
bo‘lgan konstruktiv g‘oyalar bilan mutanosib rivojlanishi mumkinligiga undaydi. 
Dastlab adabiyotlarda innovatsiya iqtisodiy tadqiqotlar tizimida o‘rganilgan. 
Vaqt o‘tishi bilan innovasion o‘zgarishlar jamiyat hayoti faoliyatining hamma 
sohalarida sifat ko‘rsatkichlarini baholashda qo‘llaniladi. Shu bois bu innovatsiyalar 
faqatgina iqtisodiyotda qo‘llanilishi haqidagi fikr noto‘g‘ri ekanligi asoslandi. Ilmiy-
tadqiqot faoliyatida innovatsiyalarning joriy qilinishi zamonaviy yutuqlardan 
foydalanishga keng imkoniyat yaratadi. Ilmiy-tadqiqot faoliyatiga innovasion 
yondashuv yangi kashfiyotlar mazmuni, tarkibi va tasnifini tekshirish, natijalarini 
tahlil qilish imkonini beradi. 
Innovasion asosga ega bo‘lgan ilmiy-tadqiqot faoliyatda olim o‘zi tadqiq 
etayotgan obektning mikrostrukturasini o‘rganib olish bilan bir qatorda, unga 
yangilik kiritish bilan mashg
75
ul bo‘ladi. Bu holatda yangilik yaratilishi uning ijro 
etilishi bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Mazkur jarayon fanda ilmiy-ijodiy faoliyatdagi 
«Yangilik bosqichi» deb ataladi. Evristik asosga ega bo‘lgan ilmiy-tadqiqot 
faoliyatida biron-bir yangi g‘oyaning kashf etilishi vaqti alohida ahamiyat kasb 
etadi. Bu jarayonda g‘oyalar mustahkamlanib boradi. Natijada esa, bu yangi 
g‘oyalaming tarqalishi tezlashib, ulaming yangi sohalarga diffiiziyalanib (qo‘shilib) 
ketish hodisasi yuz beradi. «Bunday faoliyatning eng e’tiborli jihati shundan 
iboratki, unda yangi samarali g‘oya yoki paradigmalaming paydo bo‘lishi yoki uning 
yanada yangi samarasiga o‘rin almashishi bilan yakunlanadi»
1


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin