bo‘lsa, uning faolligi past darajaga tushib qolishini ta’kidlab o‘tishni lozim deb
topdik. Bunday ilmiy sayozlashish ilmiy faoliyatdagi dogmalashuvni yoki
bo‘rttirilgan ilmiy fundamentalizmni
shakllantirish mumkin, ya’ni eski ilmiy
andazalarga, me’yorlarga moslashib undan chiqib ketolmaslik haqiqatni bilishdagi
konkret dalil va voqelikni aniqlashga to‘sqinlik qiladi. Ilmiy ijodda ushbu yo‘l bilan
nafaqat aniq bir ilmiy maqsad to‘g‘ri tanlab olinadi, balki unga etishish uchun bir-
biriga adekvat bilimlar ham inkor qilinadi. Oqibatda esa, yangi bilimlarga emas,
balki eskilik sarqitlariga suyanib qolish holatlari ko‘p uchraydigan bo‘lib qoladi.
Shuning uchun ham bunday muammoli holatlarning oldini olishda noan’anaviy
yonda- shuvlardan samarali foydalanish dolzarb hisoblanadi.
V.A.Lektorskiy ilmiy-tadqiqot faoliyati masalasining
klassik va noklassik
epistemologiya doirasida tahlil qilib, inson bilimining o’sib borishi ko‘proq uning
ijodiy faoliyatda qo‘lga kiritgan yangiliklarga bog‘liq ekanligini asoslab beradi
78
.
Biroq bu faoliyatda faqat yangi g‘oyalar emas, balki ulaming vorisiylik tamoyiliga
mos keladiganlari ham e’tiborga olinishi kerak. Bu esa ijodiy izlanishlardagi
pragmatik kamchiliklami bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
N.Kiryushin ham ijodiy faoliyat masalasining kognitiv-evolyusion
tahliliga
e’tibor qaratib, u ko‘proq amaliy xarakter kasb etadigan ijodiy omillaming
bosqichma-bosqich o‘zgarishiga bog‘liq ekanligini ta’kidlaydi
79
.
Ilmiy-tadqiqot faoliyatini to‘g‘ri va samarali yo‘lga qo‘yishda insonning
yuqori saviyasi tadqiqot jarayonida tez qaror chiqara olishi,
bir vaziyatdan
ikkinchisiga tez ko‘nika olishida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ilm-fan, siyosat,
iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy hayotda ilmiy-ijodiy faoliyat ahamiyatining oshib
borishi insonning ilmiy salohiyat darajasini yorqinroq aks ettiradi. Bu esa insonning
ijodiy fikrlash darajasi, ruhiy zo‘riqishlardan ozod bo‘lishiga olib keladi. Ma’lumki,
XX asrda ilmiy-ijodiy faoliyatning yangi yo‘nalishlari vujudga keldi. Ulaming
umumiyligi bir tomondan,
antropologik xususiyatida; ikkinchi tomondan - ba’zi
hollarda ilmiy boMmagan qarashlar namoyon bo‘ladi.
Ilmiy tadqiqotda qarama-qarshi bo‘lmagan me’yoriy tizimlar yoki ulaming
qismlari doirasida farqlanadigan intellektual faoliyatning shakllari muhim rol
o‘ynaydi va tizimning ijodiy rivojida turli ahamiyat kasb etadi,
bundan tashqi
me’yoriy faoliyatning ijodiy xarakteri umuman muammoli bo‘lib qoladi. Ilmiy
tadqiqotga xos me’yoriy faoliyatning ijodiy xarakteri ko‘rilayotgan holatda shubha
uyg‘otmaydi, chunki bunda moddiylikning me’yoriy innovatsiyalari hosil boMadi,
ya’ni me’yor tadqiqot jarayonida, ilmiy-tadqiqot jarayonida yangi konseptual
elementlar yoki yangi ijodiy tizimlami ishlab chiqishiga turtki boiadi. Shakllangan
yangi ilmiy g‘oya yoki nazariya doirasida umumiy holda faqat me’yoriy faoliyat har
doim ijodiy xarakter kasb etadi. Darhaqiqat, reallikda istalgan me’yoriy faoliyat bir
vaqtda ham konstruktiv, ham destruktiv bo‘lishi ham mumkin. Destruktivlik ilmiy-
ijodiy faoliyat universallik va yaxlitlikni ta’minlaydi,
shuningdek, ijobiy
faoliyatning muqobillariga nisbatan negativ tanqidiy yondashuvni shakllantiradi.
Ilmiy-ijodiy faoliyatning me’yori nostandart ijodiy xatti- harakat bilan shakllanadi.
78
Лекторский Д.А. Субъект. Объект. Познание. - М.: Наука, 1980. -280 с.
79
Кирюшин А.Н. Феномен свободы и проблема эго концептуализации
Н
Вестник ТГУ. Тамбов: Изд-во ТГУ
им Г.Р. Державина, 2004, Выпуск 2. - с. 74-76.