Ilmiy-tadqiqotning o’z-o‘zini tashkillashtiruvchi intellektual tizim sifatida namoyon bo ’lishida insonning bilim darajalari va ijodiy tafakkuri ham metodologik ahamiyat kasb etadi. Darhaqiqat, intellektning ma’naviy va moddiy
bo‘linishi natijasida ilmiy va kundalik sivilizatsiya ufqida bilim shakllandi. Tan olish
kerakki, zamonaviy dunyodagi ijodiy yangiliklar ijodkorlaming og‘ir mehnatlari
tufayli amalga oshirilmoqda. Lekin ijtimoiy qatlamlaming bo‘linishida ilmiy
tafakkur shakli unga mos ilmiy bo‘Imagan bilim darajasi va tajribalarga ham
tayaniladi. Shu ma’noda, ilmiy va kundalik bilim orasiga «xitoy devori»ni
qo‘ymaslik kerak. Binobarin, mubolag‘a qilib aytadigan bo‘lsak, xatto fil suyagidan
qilingan minorada yashiringan olim ham vaqti-vaqti bilan kundalik bilim hukmron
bo‘lgan erga tushib turishi kerak. Bundan ko‘rinadiki, olimning ongida bilimning
ikki darajasi mavjud bo‘ladi. Bu bilimlar o‘z navbatida ilmiy-ijodiy faoliyatga u yoki
bu darajada o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Olim ongida kundalik va ilmiy bilim o‘rtasidagi aloqalar faqat salbiy ta’sir
emas, balki ijobiy ta’sir ham ko‘rsatadi. Ijodiy faoliyat olib boruvchi subekt ma’lum
bosqichda bu muammoni hal etishga muhtoj deyish mumkin, faqat psixologik
mezonda bu jarayon boshqacharoq namoyon bo‘ladi. Ijodiy jarayonning lahzasi har
bir ijodkor insoniyatning kosmosga, noosferaga aloqadorligini ham his etadi.
Bilimning quyi darajasi uchun tizimlashmaganlik, xaotiklik, refleksiyalanmaslik,
qanday dir bolalarcha o‘ynoqilik va jasorat, xos bo‘lsa-da, ular ba’zan tizimlashgan,
mantiqiy asoslangan bilim shakllanishiga muayyan darajada ta’sir qiladi.
3. Kashfiyot, ixtiro tushunchalarining innovasion xarakteri . «Kashfiyot»,
«ixtiro» tushunchalari innovatsiya bilan chambarchas bog‘liqdir. Bunday
bog‘liqlikning asosi sifatida ushbu tushunchalar qatori uchun muhim bo‘lgan
«yangi» va «ijod» tushunchalari chiqadi. Ushbu tushunchalar bilan birga qayd
etiladigan barcha hodisalar u yoki bu darajada ijod mahsuli hisoblanadi. Zero, ular
kreativ jarayonda yaratiladi, shakllanadi hamda ulaming ajralmas tavsifi yangilik
sanaladi.
Tabiiy ravishda,