1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja


 Novatsiyalaming o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/130
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#182477
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   130
1-mavzu “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazi

2. Novatsiyalaming o‘ziga xos xususiyatlari

lmiy-ijodiy faoliyatga xos bo 
’Igan novatsiyalar nazariy va empirik jihatdan yangicha sifatli holatga o‘tish, 
eskirib qolgan qoida, vaziyat va ahamiyatlarni qayta ko’rib chiqish bilan bog 
’liq.
Novatsiya ilmiy-tadqiqot faoliyati asosida to‘plangan tajriba va yangiliklaming 
dinamik birligini saqlagan holda, insoniyat hayotining turli sohalariga oid 
75
Теркина A.B. Инновация как социокультурный феномен. Автореф. дис. на соискание уч. ст. канд. фил. 
наук. - М., 2006. - 22 с. 


yangiliklami maqsadli yo‘naltirishga xizmat qiladi. Shuningdek, u vorisiylik 
tamoyiliga rioya qilgan holda erkin tarzda yangi nazariyalami yaratishda ham 
metodologik ahamiyat kasb etadi
76

Demak, nazariy va empirik yangiliklar yig‘indisi ilmiy-ijodiy faoliyatdagi 
innovatsiya va novatsiyalaming yaxlitligini tashkil etadi. Yangilik kiritish ichki 
mantiq va yo‘nalishlarga ega bo‘lib, u yangi g‘oya (fikmi) paydo bo‘lishidan undan 
foydalana boshlanishigacha bo‘lgan jarayon ham ilmiy-ijodiy faoliyat mantig‘ini 
belgilab beradi. Shu tariqa ilmiy-ijodiy faoliyatning dinamikasi yangilik kiritishda 
takomillashib boradi. Chunki novatsiya jarayonining tuzilishi yangilikning bir 
bosqichidan ikkinchi bosqichiga o‘tishida o‘zgarib boradi. Binobarin, ilmiy-ijodiy 
faoliyatdagi yangiliklar dinamikasida uning samarasi namoyon bo‘ladi. 
Novatsiya yangi ilmiy g‘oyada «eskilik» elementi, ilgari mavjud bo ’Igan 
biror narsa borligini ifodalaydi.
Shu tariqa yangilik vorisiylikka tayanadi. Bu 
yangilik ixtiroga teng, ya’ni yana o‘matilgan yangi haqiqat demakdir. Novatsiyada, 
shuningdek, awalgi mavjud bo‘lgan g‘oya 
yoki paradigmani yanada 
takomillashtirib, zamonaga moslashtiriladi. Shunday qilib, novatsiya jamiyat va 
tabiat rivojlanishi qonuniyatlarini yaxlit holda, tizimlar rang-barangligida anglash 
oldindan ko‘ra bilish uchun zarur asos va zamin hisoblanadi. 
Ilmiy ijodning asosiy maqsadi ham olamdagi narsa va hodisalaming 
rivojlanish qonunlarini aniqlash, ulardan qaysilarini bilish insonlarga tabiat va 
ijtimoiy jarayonlami boshqarishda zaruriy bilimlami egallash, ulami shaxsiy 
ehtiyojlarga mos ravishda o‘zgartirishga qaratilgan. Binobarin, ilmiy-ijodiy faoliyat 
odamlaming tabiat va ijtimoiy munosabatlar ustidan hukmronlik qilish, noma’lum 
narsalami kashf etish, ishlab chiqaruvchi kuchlami ko‘paytirish, moddiy va 
ma’naviy boyliklami yaratishda, eski nazariya va amaliy tajribaga tayanishda 
namoyon bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan, fan rivojidagi ilmiy-ijodiy faoliyat, 
innovasion va novasion yondashuvlar katta rol o‘ynaydi. Zero, bugungi kunda fan 
rivojiga, ilmiy mantiqiy operatsiyalarga g‘oyalar, nazariyalar, qat’iy mulohazalar 
natijasi sifatida qarash lozim. 
Tomas Kun fikricha, «Fan rivoji davriy transformatsiya va ilg‘or tasavvurlar 
almashinishi orqali ro‘y beradi, ya’ni muvozanatli ravishda ro‘y beruvchi ilmiy 
inqiloblar orqali, eski paradigmalami yangilarga almashish kabilar o‘zida nafaqat 
nazariyalar, balki fanda harakatlanishi usullarini mujassamlashtiradi». 
V.N.Kudryavsev uning fikrini davom ettirib, ilmiy kashfiyot jarayoni dalil, nazariy 
mulohaza va taxmin darajasini o‘z ichiga qamrab oladi, key in esa eksperiment yoki 
uning muhokamasiga e’tibor qaratiladi
1
, deb ta’kidlaydi. 
Bizningcha, T.Kun va V.N.Kudryavsev ilmiy-tadqiqot faoliyat natijasi 
sifatida namoyon bo‘ladigan tasodifly yangiliklarga etarli darajada obektiv baho 
bermaganlar, ya’ni ular ilmiy inqiloblami chiziqli tafakkur asosida tahlil qilgan, 
xolos. Vaholanki, bugungi ilmiy inqilob asosida katta sakrash - chiziqli tafakkurdan 
nochiziqli tafakkurga, klassik fandan noklassik va postnoklassik fanga o‘tish sodir 
bo‘ldi. Bunday o‘zgarishlar natijasida nazariy mulohaza va ilmiy taxminlarga 
bo‘lgan munosabat ham o‘zgardi. Chunki shu kungacha nazariy mulohaza va taxmin 
76
Черепанова Н. В. Традиции и новации: социально-философский анализ: Автореф ... канд. филол. наук.-М., 
2007. - С. 13-14. 


yagona ilmiy talablarga bo‘ysunardi va o‘ziga xos ilmiy mezonlarga amal qilardi. 
Posmoklassik fan mahsuli bo‘lgan sinergetikada esa nazariy mulohaza va ilmiy 
taxminlar bir necha variantlarda namoyon bo‘lishi e’tirof etiladi. 
To‘g‘ri innovatsiya yoki novatsiya «biror qiziq voqeaga duch kelsang, uni 
tadqiq qil, qolganiga qo‘l silta» degan aqidaga suyanib qolmay, an’anaviy 
qarashlaming turli variantlariga e’tibor qaratadi. Zero, insoniyatning ilmiy-ijodiy 
faoliyati o‘z mohiyati va metodi bo‘yicha rasional, shuningdek, o‘zining eng 
g‘aroyib yutuqlarini faqat miyaning xavfli kutilmagan faoliyati orqali ifodalaydi, 
ya’ni olim innovatsiya yoki novatsiyalar asosida bilimni evristik seleksiya qiladi va 
saralaydi. Bu muayyan maqsadga yo‘nalgan bo‘ladi. Keyin bu jarayon qayta 
takrorlanadi va olimga yangi gorizontlami (ufqlami) ko‘rishga imkon beradi. Buning 
natijasida, olim miyasida ilg‘or innovasion g‘oyalar shakllana boshlaydi va 
kutilmaganda kristallashuvga o‘xshash evristik jarayon ro‘y beradi. Demak, 
innovasion ta’sir vositasida olim miyasi muayyan vaqtda o‘zining yangi 
konsepsiyasining asosiy belgilarini aniqlaydi, matematikada bo‘lgani kabi bu 
kutilmagan fikr ham maqsadli faoliyat jarayonida emas, balki faoliyatga bog‘liq 
bo‘lmagan vaqtda ham ro‘y beradi, ya’ni olim miyasi kashfiyot bilan band 
bo‘lmagan paytda sodir bo‘ladi. Bu davrda ijodiy jarayonga his- tuyg‘ular 
aralashadi. Biroq kutilmagan omadli g‘oyaning kashf qilinishi ifodalanishi ijodiy 
jarayonning oxiri emas, balki boshi hisoblanadi. Chunki olim o‘z g‘oyalarining 
to‘g‘riligini asoslashi, oqibatlarini aniqlashi, ulami eksperiment natijalari bilan 
solishtirishi, barcha ehtimoliy imkonlarga javob topishi va nihoyat o‘z kashfiyoti 
chegaralarini aniqlashi lozim bo‘ladi. 
Albatta, ilmiy kashfiyotlarda intuisiyaning rolini inkor qilib bo‘lmaydi. 
Shuning uchun ham fransuz olimi M.Zaar o‘zining «Ijod yoMlari» nomli kitobida, 
intuisiya his-tuyg‘ular ham qodir bo‘lmagan narsaga qodirligini asoslash maqsadida 
«U narsalar borlig‘ini va ulaming yashirin qiymatini (qadrini) qamraydi, zabt 
etadi»
77
deb ta’kid- laydi. Intuisiya dunyoqarash, ilmiy gipotezaga yo‘l ochadi. Ilmiy 
ijodda tasavvur, fantaziya ma’lum rol o‘ynaydi, borliqdagi mavhumlik qismini 
darrov ko‘rish mumkin bo‘lgan tarzda tasvirlaydi. Ammo tasavvur va intuisiya aqliy 
chegarada qo‘llaniluvchi, olimlarning ilmiy kashfiyotlar qilishida yordamchi 
vositalargina bo‘lib qoladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin