1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja


tadqiqotlarining tarkibiy qismi sifatida



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/130
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#182477
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   130
1-mavzu “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazi

tadqiqotlarining tarkibiy qismi sifatida. 
Reja: 
1.
Innovatsiya tushunchasi va uning tahlili
2.
Novatsiyalarning o‘ziga xos xususiyatlari
3.
Kashfiyot.
4.
Ixtiro tushunchalarining innovasion xarakteri
 
Tayanch tushunchalar: 
Innovatsiya tushunchasining taxlili va 
turlari. Pedagogik innovatsiyalar. Innovasion maktab mezonlari 
Innovatsiyalarning tasnifi. Innovatsiya yangi ilmiy texnik yutukdardan 
samarali foydalanish vositasi. Novatsiya yangi ilmiy g‘oyadagi 
«eskilik» elementi. Ilmiy faoliyatda innovatsiya va novatsiyalarning 
o‘rni. 
“Kashfiyot’’, “ixtiro” tushunchalarining innovasion xarakteri. 
Ilmiy kashfiyotlarning tasnifi. Ixtiro - kashfiyot va innovatsiya 
urtasidagi o‘ziga xos “oraliq” xolat. Kashfiyot va ixtirolar ijodiy 
faoliyat natijasi. Insoniyat tarixidagi eng buyuk kashfiyotlar va ixtirolar 
tasnifi. 
Innovatsiya tushunchasi va uning tahlili.
«
Innovatsiya» so‘zi ingliz 
tilidan kelib chiqqan, uning tarjimasi yangilanish, o ’zgartirish, yangilik 
kiritish degan ta ’noni bildiradi.
Innovatsiya fenomeni o‘zining evristik asosiga 
ko‘ra, birinchidan, yangilikka yo‘nalgan, ya’ni madaniyat yangiliklarini ochishga 
qaratiladi, ikkinchidan, u ijtimoiy- madaniy hodisa sifatida madamyatning bugungi 
kunini ham aks ettiradi. Innovatsiya subektning kreativ-nazariy va predmetli amaliy 
faoliyatining mahsuli sifatida ham talqin etiladi. I.T.Balabanov ta’kidlashicha, 
«Innovatsiya - yangi texnika yoki texnologiya, mehnat ishlab chiqarish, xizmat 
ko‘rsatish va boshqaruv, shuningdek, nazorat, hisob-kitob, rejalashtirish uslublari, 
tahlil va boshqalami tashkil etishning yangi shakllariga mablag‘ kiritish orqali 
erishilgan moddiylashgan natijadir»
73

Zamonaviy adabiyotlarda innovatsiya jarayonining uch komponenti mavjud. 
Bulardan birinchisi, subektli, kreativ (ijod), amaliy (mehnat) komponentlar alohida 
o‘rganiladi. Jumladan, ma’lum bo‘ladiki, hozirgi kunda ijod madaniyatida 
mehnatning ahamiyati ortib, u kreativ xarakter kasb etmoqda, yangilikni 
obektivlashning ijtimoiy madaniy modeli sifatida innovatsiya namoyon bo‘lmoqda. 
Chunki zamonaviy ijtimoiy- madaniy ijodning o‘ziga xosligi kommunikativ 
innovatsiyalar bilan belgilanadi. Uning madaniyatda keng qo‘llanilishi esa ijtimoiy-
madaniy tizimning virtuallashuvi va globallashuviga olib. keladi. Bugun innovatsiya 
texnikaviy-iqtisodiy chegaralardan o‘tib madaniyatning turli jabhalarida ham keng 
qo‘llanilmoqda. Bu holat ilmiy-ijodiy faoliyat mahsuli bo‘lgan fanda ham yorqin 
namoyon bo‘lmoqda. 
Hozirda innovatsiyaga ilmiy-tadqiqot faoliyatining bosh manbai sifatida 
qaralmoqda. Ma’lumki, innovatsiya murakkab ijtimoiy-madaniy fenomen. 
73
Балабанов И.Т. Инновационный менеджмент - СПб: Питер, 2000. - С. 11. 


Innovatsiya ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida madaniyatning barcha tendensiyalarini 
o‘zida mujassamlashtiradi. Shuningdek, innovatsiya yangilikka yo‘naltirilgan 
fenomen sifatida o‘zi bilan madaniyat kelajagini belgilab beradigan evristik 
g‘oyalarga asoslanadi. 
Ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi innovatsiyalarga maxsus to‘xtaladigan bo‘lsak, 
ularsiz ilmiy tadqiqotlami tasawur qilish mumkin emas, chunki ular 
takrorlanmaydigan hodisalar sifatida namoyon bo‘ladi. Shu ma’noda, ulaming 
sabablari yetarli darajada aniqlanmagan bo‘lib, biror nima uchun emas, har doim 
ham emas, katta qismi bo‘yicha ham emas, biror qonun bo‘yicha ham emas, 
faqatgina ulaming evristik xususiyatidan kelib chiqib baholash mumkin. Shuning 
uchun ham U.Uyevell: «Oldingi haqiqatlar quvilmaydi, rad qilinmaydi, balki 
kengaytiriladi va har bir fan tarixi - haqiqatdan novasion xarakterga egadir»
74
, deb 
yozadi. Biroq Dyugel taxminicha, fan bo‘sh joyda paydo bo‘lmagan ko‘p hollarda 
yangi ilmiy g‘oya, albatta, o‘z manbasiga ega bo‘lgan, ya’ni fandagi har bir 
yuksalish undagi an’anaviy ilmiy g‘oyalar bilan bir qatorda, yangidan-yangi 
innovatsiyalar va novatsiyalar asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilgan. 
Umuman olganda, innovatsiya bilan ilmiy-ijodiy faoliyat asosida qo‘lga kiritilgan 
yutuqlami biroz o‘zgartirish mumkin. Ammo ulami mutlaqo rad qilib ham 
bo‘lmaydi, ya’ni turli doiradagi innovatsiya va novatsiyalar asosida yangi 
gipotezalar paydo bo‘ladi. Ammo biz fan rivojida sekin va ketma-ket o‘zgarishlar 
bo‘lganligini ham inkor qilolmaymiz. Darhaqiqat, ko‘pgina fan yutuqlari ulardan 
oldin mavjud bo‘lgan nazariya yoki gipotezalarga tayanmagan. Bu jarayon ayniqsa, 
«vaqtidan ilgari» paydo bo‘lgan ilmiy kashfiyotlarga taalluqlidir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin