muayyan tadqiqot uchun ayniqsa, mos keladigan dalillarni tanlash masalasiga borib
taqaladi.
Muayyan yig‘indidagi dalillaming barchasi ham teng qimmat va ahamiyatga
ega bo‘lavermaydi. Dalillaming
bilishdagi ahamiyatiga kelsak, ulaming o‘rtasida
muayyan iyerarxiyaviy aloqa mavjud. Ushbu vaziyatda u yoki bu dalillar
yig‘indisining keng imkoniyatlari ham, uning ma’lum darajada cheklanganligi ham
namoyon bo‘ladi. Dalillarni tadqiq etish ulaming real iyerarxiyasiga asoslanishi,
bunda har bir dalilning bilishdagi ahamiyati ochib berilishi lozim. Olim oldida har
doim o‘zi duch kelgan ko‘p sonli hodisalarga doir dalillarni
saralashdan iborat
bo‘lgan ijodiy vazifa turadi. Olim o‘zi qo‘ygan muayyan ilmiy vazifaning yechimini
hisobga olgan holda, eng yorqin, o‘ziga xos dalillarni tanlab olishi, farqlashi va o‘z
e’tiborini ularga qaratishi lozim.
Subektivizm xavfining oldini olish uchun dalillarni tanlash ulaming haqiqiy
ilmiy kuchi, ahamiyati va iyerarxiyasini anglab yetish va tadqiq etish asosida amalga
oshirilishi lozim. Ushbu vazifani hal qilish jarayonida olim turli gnoseologik
muammolarga duch keladi. Aynan shu muammolarni yechish ilmiy ijod mazmunini
tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: