1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja


Bir tomondan, olim o ’zi tadqiq etayotgan dalillaming



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/130
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#182477
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   130
1-mavzu “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazi

Bir tomondan, olim o ’zi tadqiq etayotgan dalillaming 
murakkablik darajasini hisobga olishi lozim. Boshqa tomondan esa, i mazkur 
dalillarni sun ’iy ravishda soddalashtirishi, ulaming eng muhim jihatlarini 
ikkinchi darajali jihatlardan farqlashi, o‘zi ko‘zlayotgan aniq gnoseologik 
maqsad uchun ahamiyatga.
ega bo‘lmagan jihatlami ongli ravishda e’tibordan 
soqit etishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, olim ilmiy tadqiqot jarayonida barcha 
dalillarni va ulaming barcha jihatlarini hisobga olishi, shu bilan bir vaqtda, ulaming 
orasidan ayniqsa diqqatga sazovor bo‘lgan, «imtiyozli» dalillar va jihatlami ajratib 
olishi, so‘ng o‘zining asosiy e’tiborini ularga qaratishi lozim. 
Muayyan ilmiy dalilni aniqlash va unga ishlov berish fan uchun turli 
natijalarga olib keladi. Ayrim ilmiy dalillar butun fanni yoki uning ayrim 
bo‘limlarini yanada rivojlantirishga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi, ba’zi dalillar 
esa bunday rolni o‘ynashga qodir bo‘lmaydi. 
0’z vaqtida D’Alamber «imtiyozli» dalillar to‘g‘risidagi masalani o‘ziga xos 
tarzda qo‘ygan edi. «Ensiklopediyaga muqaddima»da olim fan qonunlari 
to‘g‘risidagi masalani muhokama qilar ekan, u «mumkin qadar ko‘proq dalillarni 
to‘plashi, ulami tabiiy tartibda joylashtirishi va birinchi darajali ahamiyatga ega 
bo‘lgan ma’lum dalillar bilan bog‘lashi» shart ekanligini ko‘rsatib o‘tgan edi
72

Fan dalillari umumlashtirilishi natijasida ular nazariya uchun asos bo‘lib 
xizmat qiladi. Dalillami umumlashtirishning oddiy shakllari - ulami tahlil, sintez 
qilish, tiplarga ajratish, birlamchi tushuntirish sxemalaridan foydalanish va 
hokazolar asosida amalga oshiriladigan tizimga solish va tasniflashdir. Ma’lumki, 
juda ko‘p ilmiy kashfiyotlar olimlaming dalillami tizimga solish va tasniflash 
borasidagi fidokorona mehnati natijasida yuzaga kelgan (masalan, Ch.Darvin 
yaratgan turlaming tabiiy tanlanish yoii bilan paydo bo‘lishi nazariyasi, 
D.LMendeleyevning kimyoviy elementlar davriy sistemasi). 
72
Д’Аламбер Ж.Л. Очерк происхождения и развития наук // Родоначальники позитивизма. Випуск 1.-109 с. 


O‘rganilayotgan obektlarning fan dalillari yordamida aniqlanuvchi miqdoriy 
ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi aloqalar va izchil takrorlanuvchanlik xossasini yorituvchi 
empirik gipotezalar va empirik qonunlar dalillami umumlashtirishning eng 
murakkab shakllari hisoblanadi. 
Ilmiy dalillar, empirik gipotezalar va empirik qonunlar faqat hodisalar va 
jarayonlar qanday yuz berishi haqida bilim beradi, biroq ular hodisalar va jarayonlar 
nima uchun aynan shunday tarzda yuz beradi, degan savolga javob bermaydi, 
ulaming sabablarini tushuntirmaydi. Fanning - hodisalarning sabablarini aniqlash, 
ilmiy dalillar zamirida yotgan jarayonlaming mohiyatini tushuntirish, vazifasi ilmiy 
bilimning oliy shakli - nazariya doirasida hal qilinadi. 
Ilmiy dalil ishonchli kuzatish, eksperiment mahsulidir: u obektlami bevosita 
kuzatish, asbob ko‘rsatkichi, fotosurat, o‘tkazilgan sinovlaming bayonnomalari, 
sxemalar, qaydlar, shohidlaming guvohliklari bilan tasdiqlangan arxiv hujjatlari va 
hokazolar ko‘rinishida amal qiladi. Biroq, qurilish materiallari hali bino 
bo‘lmaganidek, dalillar ham o‘z holicha fanni tashkil etmaydi. Dalillar saralab 
olingani, tasniflangani, umumlashtirilgani va tushuntirilganidan keyingina fandan 
o‘rin oladi. Ilmiy bilishning vazifasi mazkur dalilning yuzaga kelish sababi, uning 
muhim xossalarini, dalillar o‘rtasidagi qonuniy bog‘lanishni aniqlashdan iborat. 
Yangi dalillaming aniqlanishi ilmiy bilish taraqqiyoti uchun juda muhim ahamiyatga 
ega. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin