1-mavzu “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazi
Biologiya va genetikada bilish uchun ulkan ahamiyat kasb etadigan, ko‘p sonli gipotezalar uchun asos bo‘lib xizmat qilgan va xizmat qilishda davom etayotgan «imtiyozli» dalillar, biologlar, genetiklar va boshqa olimlar tafakkurini hali-hanuz junbushga keltirayotgan dalillar qatoriga Mendel tomonidan kashf etilgan va keyinchalik qonunlar deb e ’Ion qilingan (biroq Mendelning o ’zi tomonidan emas) «Mendel qoidalari»da qayd etilgan dalillami kiritish mumkin. Mendel tomonidan aniqlangan digibrid va poligibrid chatishtirishda belgilaming mustaqil irsiylanishi dalillari negizida irsiylanish manbalarining diskretligi to‘g‘risidagi gipoteza yaratilgan va uni sitologik tadqiqotlar ham tasdiqlagan. Irsiylanish jarayonlarida xromosomalaming roli aniqlangan. Keyinchalik ushbu dalillar hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan, irsiylanishning turli jihatlari va namoyon bo‘lish shakllarini ochib beradigan ko‘p sonli yangi dalillar to‘plamlari asosida irsiylanish jarayonida belgilaming o‘tishida DNKning rolini aniqlash imkoniyati paydo bo‘lgan. Ushbu dalillar aniqlanishi va qayd etilishi natijasida bizning hayot mohiyati, tirik materiya hujayralar strukturasining quyi qavatlari haqidagi bilimlarimiz yanada boyigan, tegishli ravishda, fan yanada yuksak darajaga ko‘tarilgan. Fan sohasida ijod qiluvchi odam o‘zi hal qilishga urinayotgan muayyan
vazifaga muvofiq dalillami tanlab olish bilan kifoyalanmaydi. Amalda u hech
qachon tanlab olingan dalillaming ko‘p sonli jihatlarini o‘z tadqiqoti obektiga
aylantirmaydi, balki ulaming ayrimlarigagina o‘z e’tiborini qaratadi. Ammo bu
yerda olim ancha mushkul vazifani bajarishi talab etiladi. Bir tomondan, u mayda-
chuyda tafsilotlar bilan «o‘ralashib» qolishga haqli emas, boshqa tomondan esa,
ilmiy bilish uchun nainki muhim, balki hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin
bo‘lgan ba’zi bir tafsilotlami ham nazardan qochirmasligi kerak. Olimning bunday
bir yoqlamaliklardan o‘zini chetga ola bilishida uning ijodi namoyon bo‘ladi.