muayyan yangilik bilan amalga oshadigan kreativ jarayon mahsuli tarzida namoyon
bo‘ladi.
Ushbu hodisalar o‘zaro aloqador va o‘zaro ta’sirda bo‘lsa-da, har qanday
kashfiyot ham innovatsiya bo‘la olmaydi. E.N.Knyazevaning ta’kidlashicha, ko‘p
hollarda kashfiyot o‘zi uchun yangilik sifatida qoladi yoki cheklangan translyasiya
doirasiga ega bo‘ladi va kelgusi izlanishlar uchun zarur bo‘lgan lokal muhitnigina
o‘zgartiradi
82
. Biroq har qanday innovatsiya ham yangi kashfiyot bo‘lavermaydi.
Masalan,
avval mavjud narsa, hodisalarning takomillashgan modifikatsiyasini
yaratish bunga misoldir. I.T.Balabanov kashfiyot va innovatsiyani
uzel va detallari, ulaming joylashishi va o‘lchamlariga
tegishli yangiliklar
kiradi. Ikkinchisi esa usul bo‘yicha kashfiyotlar bo‘lib, unga texnologik jarayonlar,
vositalar, echimlar va parametrlar taalluqlidir. Uchinchisi esa ishlab chiqarishga
qo‘llash bo‘yicha kashfiyotlar bo‘lib, unga ma’lum bir predmetni boshqa joyda
boshqa maqsadda ishlatish bo‘yicha takliflar kiradi.
Ilmiy tadqiqot faoliyatida «yaratish», «kashfiyot» va «ixtiro» kabilar muhim
metodologik ahamiyat kasb etadi. Bunda yaratish ijodiy
subekt tomonidan ijod
natijasini vujudga keltirishni anglatadi. Ixtiro - subekt tomonidan narsa, hodisa,
jarayonlaming obektiv holatiga o‘ziga xos tarzda sezilarli o‘zgartirishlar kiritishdir.
Nazariya yaratish uchun tajriba asosida qo‘lga kiritilgan dalilami shunchaki
jamlashning o‘zi kamlik qiladi. Buning uchun har doim muammoning mohiyatiga
qaratilgan ixtirochilik layoqati zarur bo‘ladi. Aksariyat
ixtirolar sanoat ishlab
chiqarishi yoki kundalik maishiy turmush talablaridan kelib chiqqan holda
yaratiladi. Ayni shu ma’noda odamlar ehtiyojini qanoat- lantirishning imkon qadar
tejamkor yo‘llarini topgan insonni ixtirochi deb atash mumkin.
Dostları ilə paylaş: