1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja


muhandisi Genri Bessemer (1813-1898) tomonidan kashf qilingan



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/130
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#182477
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   130
1-mavzu “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazi

muhandisi Genri Bessemer (1813-1898) tomonidan kashf qilingan.
 
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ilmiy kashfiyot paytida va yangi bilimlar 
olishda emosiyalaming roli kattadir. Chunki olimlar o‘z ilmiy- ijodiy izlanishlari 
haqida bahs yuritgan paytda yangi topgan dalillari haqida hayajon bilan mulohaza 
84
DavronovZ. Barkamollikka da’vat maktublari. - Т.: Iqtisod-moliya, 2011 -B. 116. 
85
O'sha asar, 542-b. 


qiladi, suyunadi, hayratlanadi, qo‘rqadi, eziladi, iztirob chekadi va mungli holatga 
tushadi, boshqalarga himmat ko‘rsatadi yoki xunob bo‘ladi, loqayd bo‘ladi
86
. Yaxshi 
yoki yomon kayfiyatda bo‘ladi, ijod «to‘lg‘oqlari» bilan qiynaladi. Bu va bunga 
o‘xshagan boshqa baholash, qadrlash holatlari ilmiy faoliyatning konkret tarkibini 
aks ettiradi. Bulardan ma’lum bo‘ladiki, ilmiy-ijodiy faoliyatning namoyon bo‘lish 
shakllari o‘z mazmun-mohiyati, maqsadi va vazifasiga ko‘ra farqlanadi. 
Ixtiro muayyan kashfiyot doirasida sodir bo‘lib innovatsiya darajasigacha 
o’sib chiqishi mumkin. «Innovatsiya» tushunchasining mazmunini yanada teranroq 
anglash uchun uni «o‘zgarish» tushunchasi bilan ham qiyosiy tahlil qilish maqsadga 
muvofiq. Shu o‘rinda, Y.Shumpeter tomonidan innovatsiyaning mazmunini 
o‘zgarishlar orqali aniqlash an’anasi joriy etilgani va zamonaviy ilmiy adabiyotlarda 
bunday talqin tez-tez uchrab turishini ta’kidlash joiz. 
Xususan, innovasion muammoning mashhur tadqiqotchisi La Perre 
innovatsiyani dastlabki holatning yangi holatga o‘tishi vositasida xo‘jalik organizmi 
ichki strukturasidagi har qanday o‘zgarish sifatida talqin etgan
87
.Innovatsiyaning 
turli ta’riflarining tahliliga tayangan holda 
S.D.Ilenkova «innovatsiyaning o‘ziga xos mazmunini hamda innovasion 
faoliyatning asosiy funksiyasini o‘zgarishlar tashkil etadi»
88
, deb yozadi. 
Bu yerda biz innovatsiyaning o‘zgarishlar bilan bog‘liqligi to‘g‘risidagi 
ta’rifning unchalik to‘g‘ri emasligi pozisiyasini qo‘llab- quvvatlaymiz. Zero, agarda 
innovatsiya faqat sifat jihatdan ijobiy, boshqariladigan, ongli, mahsulli o‘zgarishlar 
ma’nosida talqin etilsa, u holda, «o‘zgarish» tushunchasi shu turda bo‘lgan yanada 
kengroq spektrdagi hodisalami anglatishi mumkin. Ulami ham biz o‘zgarishlar deb 
atashimiz mumkin, biroq innovatsiya deb emas. Shu ma’noda, o‘zgarish 
innovatsiyaga nisbatan o‘zaro taqqoslab bo‘lmaydigan tushuncha ekani ma’lum 
bo‘ladi. 
Ayni paytda, innovatsiya va innovasion faoliyatning asosiy funksiyalaridan 
biri - o‘zgarishlar ekanini ham e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Biroq bu 
holatda ham o‘zgarishlar deganda, birinchidan, ijobiy o‘zgarishIar nazarda tutilishi 
zarur. Bu borada 
Santo: «innovatsiya - bu tashkillashuvning moddiy va nomoddiy 
elementlarining maqsadga yo‘naltirilgan har qanday ijobiy o‘zgarish- laridir, ya’ni 
bunday o‘zgarish rivojlanish va tashkillashuvning o‘sishiga xizmat qiladi »
89
, deb 
yozadi. Ikkinchidan, o‘zgarishlar innovatsiyaning o‘ziga emas, balki uning atributiv 
sifatlariga xos bo‘lishi zarur. Shu o‘rinda, I.Bestujev-Ladaning: «yangilikni joriy 
etish - bu boshqaruv qarorining shunday shakliki, u muayyan jarayon, hodisaning 
(texnik, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy) sezilarli darajada o‘zgarishini anglatadi»
J

Shuning bilan birga, innovatsiya kiritadigan bevosita o‘zgarish va oqibatda 
paydo bo‘ladigan, ya’ni ilk holatdan keltirib chiqariladigan va innovatsiya 
qo‘llanilayotgan sohaga taalluqli bo‘lmasligi va doim ham ijobiy xarakter kasb 
etmasligi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlami farqlash zarur. Bizningcha, «o‘zgarish» va 
86
Кудрявцева B.T. Формирование творческих способностей человека: проблемы методологии // 
Современные проблемы теории творчества. - М., 1992. - С. 41-55. 
87
Qarang: La Pierre R. T. Social Change - New York, 1965. 
88
Инновационный менеджмент/ С. Д. Ильенкова, Л. М. Голхберг, С. Ю. Ягудин и др.; Под ред. С. Д. 
Ильенковой - М.: Банки и биржи, Юнити, 1997 - С. 7. 
89
Санто Б. Инновации как средство экономического развития: Пер. с венг. - М., 1990 - С. I
00.


«yangilik kiritish» tushunchalarining o‘zaro uzviy aloqadorligi to‘g‘risida gapirish 
to‘g‘ri bo‘ladi. Zero, yuqorida ta’kidlanganidek, qator tadqiqotlarda innovatsiya va 
yangilik kiritish sinonimlar sifatida namoyon bo‘ladi. Biroq bu holatda ham yangilik 
kiritish «o‘zgarish»ga bo‘ysundirilgan tushuncha hisoblanadi. 
Masalan, X.Bamett yangilik kiritishni madaniy o‘zgarishjarayonlarining 
asosiy mexanizmi sifatida talqin etgan edi
90

A.I.Prigojin fikricha esa, «yangilik kiritish maxsus mexanizm sifatida ko‘plab 
aniq maqsadga yo‘naltirilgan o‘zgarishlarda o‘z o‘rniga ega»
91
. Shunday qilib, 
innovatsiya tushunchasining genezisi va uning zamonaviy adabiyotlardagi 
ta’riflarining tahlili innovatsiyani kulturologik diskursda madaniyatga tashqi 
omillarni kiritish va uning tarkibida yangilikni qaror toptirish mexanizmi sifatida 
yuzaga kelib XXI asrda texnik-iqtisodiy muammolar doirasida yangilikni obektiv- 
lashtirish, madaniyat ichki salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan mexanizm 
sifatida ta’kidlash imkonini beradi. 
Innovatsiyaning «ixtiro», «kashfiyot» tushunchalari bilan o‘zaro 
munosabatining semantik tahlili uning kreativ-nazariy jihatini aks ettirsa, 
innovatsiyaning yangilik kiritish bilan o‘zaro munosabatining shunday tahlili - 
predmetli-amaliy xarakterini, uning «o‘zgarish» va «yangilik» tushunchalariga 
tatbiq etilishi esa, innovatsiya kategorial mazmunining yo‘nalganligini ochib beradi. 
Shunga muvofiq tarzda, innovatsiyaning asosiy funksiyasi madaniy muhitda ijobiy 
o‘zgarishlarni keltirib chiqarish va unda keng aks-sado topishda namoyon 
bo‘ladigan subekt kreativ-nazariy va predmetli-amaliy faoliyatining birligi sifatida 
ta’riflash maqsadga muvofiqdir. 
Tahlil XX asr ilmiy diskursida innovatsiya fenomenini tadqiq etish texnik-
iqtisodiy kontekst doirasidan tashqariga chiqmaganini ko‘rsatadi. Xususan, bunga 
muvofiq innovatsiyani ishlab chiqarish strukturasida iqtisodiy foyda keltiruvchi 
texnologik yangilik sifatida tushunish keng tarqalgan. Shuning uchun, ilmiy muhitda 
texnik-iqtisodiy paradigma tushunchasi paydo bo‘ladi. Bu tushuncha «imtiyozi 
nafaqat mahsulotlar va tizimlaming yangi diapazonida, balki ko‘proq ishlab 
chiqarishga jalb etish mumkin bo‘lgan mablag‘laming nisbiy strukturasidan 
izlanishi kerak bo‘lgan o‘zaro aloqador texnik, tashkiliy va menedjerlik 
innovatsiyalar to‘plami»
92
ni anglatadi. 
Bugungi kunda internet so‘rovnoma natijalariga ko‘ra dunyoning eng 
mashhur ixtirolari quyidagilar deb belgilangan: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin