1 Mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish


“Innovatsion iqtisodiyot” fanining boshqa o‘quv fanlari bilan



Yüklə 62,06 Kb.
səhifə8/9
tarix16.04.2023
ölçüsü62,06 Kb.
#98741
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-Mavzu (1)

“Innovatsion iqtisodiyot” fanining boshqa o‘quv fanlari bilan


bog‘liqligi
Ishlab chiqarish juda murakkab jarayon bo‘lib, mehnat, mehnat quroli va mehnat predmetlarini qamrab oladi. “Innovatsion iqtisodiyot” fani o‘z oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarni hal etishda bir qator fanlarning yutuqlariga tayanadi. Bu fanlarni shartli ravishda 3 guruhga bo‘lish mumkin:
Bu fanlar tizimi:

  • tabiiy fanlar;

  • ijtimoiy-iqtisodiy fanlar;

  • texnikaviy-texnologik fanlarga bo‘linadi.

Tabiiy fanlar jumlasiga “Biologiya”, “Zoologiya”, “Fizika”, “Kimyo”, “Matematika” va boshqa fanlar kiradi va ularni bizni o‘rab turgan tabiat (borliq) to‘g‘risidagi asosiy bilimlarni beradi.
Ijtimoiy-iqtisodiy fanlarga “Sotsiologiya”, “Inson psixologiyasi”, “Pedagogika asoslari”, “Personalni boshqarish” “Mehnat iqtisodi”, “Iqtisodiy nazariya”, “Marketing”, “Menejment”, “Statistika”, “Institutsional iqtisodiyot”, “Korxona iqtisodiyoti”, “Industrial iqtisodiyot”, “Iqtisodiy matematik modellar va usullar” va boshqa fanlar kirib, “Innovatsion iqtisodiyot” fanini o‘rganishda muhim baza bo‘lib xizmat qiladi.
Ishlab chiqarishni ilmiy asosda tashkil etish va boshqarish bilan shug‘ullanuvchi rahbar va mutaxassislar insonni, ishlab chiqarish vositalarini, ishlab chiqarish natijalariga munosabatni, bu munosabat turli shaxslarda turlicha bo‘lishini anglab etishi va bilib olishi, shunga ko‘ra, ular faoliyatini eng unumli tashkil etishi va boshqarishi kerak. Masalan, aholining moddiy turmush darajasi past bo‘lgan sharoitda oddiy xodim rahbarning haqoratiga chidashi mumkin. Moddiy turmush sharoiti me’yorida bo‘lgan hollarda har bir xodim o‘z qadrini biladi, hurmat qilinishini istab qoladi. Har bir rahbar shu xususiyatlarni inobatga olgan holda boshqarish usullarini tanlab olishi kerak. Buning uchun «Pedagogika» va «Psixologiya» fanlari asoslarini bilishi shart.
Texnikaviy-texnologik fanlarga “Tuproqshunoslik”, “Dehqonchilik”, “O‘simlikshunoslik”, “Chorvachilik” “Agrokimyo”, “Meliorasiya”, “Traktor va qishloq xo‘jalik mashinalari”, ”Mexanizasiyalashtirish, elektrlashtirish va avtomatlashtirish”, “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi” kabi birqator fanlar kirib, ular mehnat qurollari va mehnat predmetlarining ayrim xususiyatlari, quvvati unumdorligi, tabiiy-biologikva boshqa xususiyatlari hamda ularni ishlatish tartibi to‘g‘risidagi axborot beradi. Bu ma’lumotlarsiz ulardan samarali foydalanishni tashkil etib bo‘lmaydi.

Yüklə 62,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin