Innovatsiyaya deganda yangi yoki ancha takomillashtirilgan
ishlab chiqarish jarayonlarini joriy etish tushuniladi
R.Djonson
Ayrim korxonalar xo‘jaliklarida yangi yoki takomillashtirilgan eski jarayonlar va
mahsulotlarning paydo bo‘lishi
B.Santo
Foya va kashfiyotlarni amaliy qo‘llash orqali o‘z xususiyatlari bo‘yicha yaxshiroq mahsulot va texnologiya yaratilishiga olib keladigan jamiyat – texnik –
iqtisodiy jarayon
P.Lemerl
Xarajatlarni tejovchi yoki unga sharoit yaratuvchi har
qanday yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot, xizmat, texnologiya va h.k
T.Brayton
Kashfiyot yoki g‘oyaga iqtisodiy mazmun beruvchi jarayon
F.Nikson
Bozorda yangi va yaxshilangan sanoat jarayonlari va
uskunalari paydo bo‘lishiga olib keladigan texnik, ishlab chiqarish va tijorat tadbirlari yig‘indisi
Natijaviyyondashuv
N.K.Moiseeva,
Yu.P.Aniskin
Individual tomonidan yangilik sifatida qabul
qilinadigan g‘oya, amaliyot yoki mahsulot
G.Ya.Kiperman
Jahon bozorida raqobatdosh bo‘ladigan mahsulot, zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqish, yaratish va
tarqatishga yo‘naltirilgan ijodiy faoliyat natijasi
D.Sokolov A.Titov M.Shabanova
Muayyan jamiyat ehtiyojlarini qondiradigan va bir qator samara (iqtisodiy, ilmiy-texnik, ijtimoiy va h.k) beradigan, prinsipial yangi yoki takomillashtirilgan yaratish va o‘zlashtirishning
yakuniy natijasi
Innovatsiyalar iqtisodiy samaradorligini ta’minlash zaruriyatini hisobga olgan holda, bir qator Rossiyalik iqtisodchilar (M.Ionov, A.Kulagin, V.Loginov), Innovatsiyani «xarajatlar tejalishini yoki bunday tejash uchun sharoit yaratilishini ta’minlovchi yangi mahsulot yoki xizmat, ishlab chiqarish uslubi, tashkiliy, moliyaviy, ilmiy-tadqiqot va boshqa sohalardagi yangilik» sifatida ko‘rishgan.
Iqtisodchi olim A.Utkin esa bozor sharoitida korxonalar muvaffaqiyatli iqtisodiy faoliyati uchun Innovatsiyalar muhimligini ta’kidlagan holda, Innovatsiyalarni korxona iqtisodiy o‘sishini ta’minlovchi asosiy zaxiralardan biri sifatida tavsiflagan .