Korxonalarda “Innovatsion iqtisodiyot” haqida tushuncha va respublika iqtisodiyotidagi o‘rni hamda ahamiyati
Korxonalarda innovatsion texnologiyalarning asosiy qoida va kategoriyalarini o‘rganish uchun «Innovatsiya» tushunchasining iqtisodiy mazmuni va mohiyatini to‘liq anglab yetishimiz lozim. O‘zbek tilining izohli lug‘atida “Innovatsiya” atamasini ingliz tilidagi “innovation”so‘zidan olingan bo‘lib,kiritilganyangilik ,ixtiro3, degan ma’nolarni anglatadi. O‘sha joyning o‘zida ushbu atamaga uchta izoh berilgan. 1. Texnika va texnologiyalarning yangi turlari (avlodlari)ni joriy etish maqsadida iqtisodiyotga sarflangan mablag‘lar. 2. Ilg‘or texnika va texnologiya ,boshqarish va boshqa sohalardagi yangiliklar va ularning turli sohalarda qo‘llanilishi. 3. Muayyan tilda, asosan uning marfologiya sohasida eng so‘ngi davrlarda paydo bo‘lgan yangi hodisalar (til birliklari).4 Iqtisodiy adabiyotlarda Innovatsiya (ingl. innovation) – potensial ilmiy-texnik taraqqiyotni (ITT) yangi mahsulot va texnologiyalar ko‘rinishida real taraqqiyotga aylanishi, deb ta’riflanadi.Bozor iqtisodiyotida Innovatsiyalarni tizimli taqdim etish uslubiyoti xalqaro standartlarga
3O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 80000 dan ortiq so‘z birikmasi. J.II.B- M- T: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” DIN, 2006, 213 bet.
4O‘sha joyda, 212 bet.
asoslangan va ularga muvofiq innovatsiyadeganda, bozorga kirib kelgan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot, amaliyotda qo‘llanilayotgan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon yoki ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan yangicha yondashuv ko‘rinishidagi Innovatsiyaviy faoliyat natijasi tushuniladi.Innovatsiya bu insonning xayolida,ijodida etilgan,”pishgan,aqliy mehnatning yakuniy natijasi sifatida o‘ylab topilgan,joriy qilingan,kiritilgan,ishlayotgan yangilikdir.Ushbu muammo bo‘yicha ko‘p sonli tadqiqotlar amalga oshirilgan bo‘lishiga qaramasdan, bugungi kunda Innovatsiyaviy faoliyat sohasida yagona, umumiy tarzda qabul qilingan terminologiya mavjud emas. Shuning uchun ham adabiyotlarni qisqacha tahlilini keltirish va Innovatsiyaviy faoliyat sohasidagi asosiy tushunchalarni konkretlashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Innovatsiyaviy nazariyaning asosiy rivojlanish bosqichi V.Zombart, V.Mitcherlix, Y.Shumpeter ishlariga to‘g‘ri kelgan. Innovatsiyalar nazariyasini shakllanishi va rivojlanishiga avstriyalik olim Y.Shumpeter katta hissa qo‘shgan. Y.Shumpeter kon’yunktura siljishlari manbalarini tahlil qilish natijasida, ishlab chiqarish va bozor rivojlanishidagi o‘zgarishlarning yangiomillariniajratdi va ularga quyidagilarni kiritdi:
yangi xususiyatlarga ega mahsulotni ishlab chiqarish;
yangi ilmiy kashfiyot yoki tijoratlashtirish usuliga asoslangan ishlab chiqarishning yangi uslubini joriy etish;
sanoatning mazkur tarmog‘i taqdim etilmagan, yangi savdo bozorlarini o‘zlashtirish;
xom-ashyo yangi manbasidan foydalanish;
ishlab chiqarishni tegishli tarzda qayta tashkil etilishini amalga oshirish, masalan, monopollikni ta’minlash.
Muayyan yangilik darajasini baholash va kon’yuknktura siljishlarining davomiyligini aniqlash uchun Y.Shumpeter yangilikmezonini kiritdi va ushbu mezon mazkur turkumlashtirish asosini tashkil etdi.
Shuningdek, 1930-yillarda Y.Shumpeter tomonidan innovatsiyatushunchasi kiritildi va u mahsulot ishlab chiqarish, sotish, etkazish jarayonlarida yangi yoki takomillashtirilgan texnik, texnologik, tashkiliy xarakterdagi qarorlarni qo‘llash oqibatida mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni bildirar edi. Innovatsiyaning ushbu ta’rifi va Y.Shumpeterning ishlab chiqarish omillarining yangi kombinasiyalari to‘g‘risidagi konsepsiyasi Innovatsiyalar nazariyasiga bo‘lgan ikkita eng tarqalgan yondashuvdan birining asosini tashkil etadi. Birinchiyondashuv – yangi omillar to‘g‘risidagi tushunchaga asoslangan, ikkinchisi – yangi mahsulot yoki texnologiyaga asoslangan (1.1.1-jadval).