Tadbirkorlarning shunday vositasiki, uning yordamida har qanday o‘zgarish yangi biznes turi yoki xizmatni amalga oshirish imkoniyati
sifatida qo‘llaniladi
«Innovatsiya»tushunchasini tushunishga bo‘lgan ikkinchi yondashuv ishlab chiqarishda muayyan turdagi texnika, texnologiya va boshqa yangi mahsulotlardan foydalanishga asoslanadi. Ushbu yondashuvga sodiq ayrim olimlar ishlab chiqarish faoliyatining Innovatsiyaviy va ilmiy-texnik jihatlarini teng deb biladi, ammo bu har doim ham to‘g‘ri emas.Ammo ushbu yondashuv etarlicha keng tarqalgan, chunki uning asosida yotgan Innovatsiyalarni ilmiy-texnik nuqtai nazardan ajratish tamoyili, Innovatsiyalarning jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati va maqsadlarini aks ettiradi. Bunda «Innovatsiya» tushunchasi ham jarayon, ham natija sifatida tushuniladi (1.1.2-jadval).