1.1.1-jadval Birinchi yondashuv bo‘yicha Innovatsiyalar ta’riflarining sharhi
Mualliflar
Innovatsiyata’rifi
X.Barnet
Mavjud shakllardan yangi sifat jihati bilan farqqiluvchi har qanday g‘oya, faoliyat yoki
moddiy natija
P.T. La Peerre
Boshlang‘ich holatdan yangi holatga o‘tish yo‘li
bilan xo‘jalik ichki tuzilmasida sodir bo‘lgan har qanday o‘zgarish
P.Vitfild
Ijodiy g‘oyani rivojlanishi va uni tayyor
mahsulot, jarayon yoki tizimga aylanishi
L.Vodachek, O.Vodachkova
Korxonaning tizim sifatida faoliyat
ko‘rsatishining maqsadli o‘zgarishi
P.F.Druker
Tadbirkorlarning shunday vositasiki, uning yordamida har qanday o‘zgarish yangi biznes turi yoki xizmatni amalga oshirish imkoniyati
sifatida qo‘llaniladi
K.Nayt
Tashkilot yoki uning bevosita atrof-muhitiga
nisbatan biror yangilikni joriy etish
«Innovatsiya»tushunchasini tushunishga bo‘lgan ikkinchi yondashuv ishlab chiqarishda muayyan turdagi texnika, texnologiya va boshqa yangi mahsulotlardan foydalanishga asoslanadi. Ushbu yondashuvga sodiq ayrim olimlar ishlab chiqarish faoliyatining Innovatsiyaviy va ilmiy-texnik jihatlarini teng deb biladi, ammo bu har doim ham to‘g‘ri emas.Ammo ushbu yondashuv etarlicha keng tarqalgan, chunki uning asosida yotgan Innovatsiyalarni ilmiy-texnik nuqtai nazardan ajratish tamoyili, Innovatsiyalarning jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati va maqsadlarini aks ettiradi. Bunda «Innovatsiya» tushunchasi ham jarayon, ham natija sifatida tushuniladi (1.1.2-jadval).