1 Mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish


Statistik guruhlash usuli



Yüklə 62,06 Kb.
səhifə7/9
tarix16.04.2023
ölçüsü62,06 Kb.
#98741
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-Mavzu (1)

Statistik guruhlash usuli – innovatsion texnologiyalardan rasional foydalanish, mahsulot tannarxi, mehnat unumdorligining o‘sishi, mehnat resurslari, innovatsion texnologiyalardan unumli foydalanish va boshqa ko‘rsatkichlarni o‘rganadi. Bu usul yordamida innovatsion loyiha shakllar tarkibini, bir-biriga bog‘liqligini, xarajatlar va daromadlar tendensiyalarini, ishlab chiqarishni modernizasiyalash sharoitini yanada rivojlantirish istiqbollarini aniqlab beradi.

  • Monografik usul respublikamizdagi yoki xorijiy tajriba almashish maqsadida korxonalarni umumiy va ayrim tarmoqlarning innovatsion faoliyatini, ishlab chiqarish jarayonlari texnologiyasini rivojlanish istiqbollarini aniqlab berishdan iborat.

  • Analitik hisob usuli – korxonalarda innovatsion texnologiyalar faoliyatini tahlil qilish va barcha tarmoqlarni rivojlantirish yo‘llarini belgilaydi.

    Korxonalarni modernizasiyalash orqali ishlab chiqarishni iqtisodiy fanlar nazariyasi orqali ijtimoiy rivojlanishni chuqur tadqiqot qilib, keyingi yillarda katta yutuqlarga erishish uchun innovatsion texnologiyalar faniga matematik tadqiqot usullari katta samara bermoqda.

        1. Iqtisodiy matematik usuli - matematik raqamlardir, korxonalarda innovatsion texnologiyalar,barcha ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha ko‘rsatkichlarini tahlil qilishda matematik raqamlar 3 manbadan olinadi:

    • Biznes rejadan;

    • Innovatsion faoliyat hisobotidan;

    • Me’yoriy ma’lumotlar, texnologik karta va ma’lumotnomalar. Iqtisodiy matematik usul bir qancha bosqichlarga bo‘linadi. Tayyorlash,

    iqtisodiy tahlil, abstrak raqamlar, ma’lumotlar yig‘ish va uni o‘rganish.

        1. Loyiha konsruktorlik ishlari usuli-loyihalashtirilgan ob’ektlar va jamlab bo‘lmaydigan har xil ko‘rsatkichlarni tahlil qilishdan iboratdir.

    Yuqoridagi usullar yordamida korxonalarda innovatsion texnologiyalar va xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarning ishlab chiqarish faoliyati va iqtisodiy samaradorligi tahlil qilinib, kelgusida rivojlantirish istiqbollari belgilab olinadi.
    Innovatsiyaviy loyiha konsepsiyasini davlat tomonidan tartibga solinishi va qo‘llab-quvvatlanishi ishlab chiqarishida quyidagi asosiy uslublardan foydalaniladi:
    loyiha maqsadlarini aniqlash uslublari;
    maqsadlarga erishish yo‘llari ta’rifi va tahlilini rasmiylashtirish uslublari (maqsadlar daraxti, ekspert tizimlari, ijtimoiy tahlil va h.k;
    konseptual loyihalashtirish uslublari.
    So‘nggi yillardagi axborot texnologiyalarining rivojlanishi «data mining – ma’lumotlardan bilim olish» yo‘nalishi paydo bo‘lishiga olib keldi. Ushbu yo‘nalish Innovatsiyaviy loyiha g‘oyasi paydo bo‘lishi jarayonini rag‘batlantirish qobiliyatiga ega bo‘lgan instrumental vositalarni yaratishga imkon beradi. Hozirgi kunda data mining uslublari qabul qilingan qarorlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini barpo etishda qo‘llaniladi.Birinchi qarashda ko‘rib bo‘lmaydigan qonuniyatlarni aniqlash maqsadida, axborotlarning katta massivlarini qayta ishlash yo‘nalishi bo‘yicha mazkur yondashuvning rivojlanishi, foydalanuvchiga esa Innovatsiyaviy faoliyatning davlat tomonidan tartibga solinishida istiqbolli yo‘nalishlarini keyinchalik tahlili uchun, taklif etadigan axborot tizimlari paydo bo‘lishini prognoz qilish imkonini beradi.
    Innovatsiyaviy loyihani davlat tomonidan tartibga solinishi va qo‘llab-quvvatlanishi muvaffaqiyatli amalga oshirishning uslublari asosiy shartlari sifatida quyidagilarni ta’kidlash mumkin:
    loyihaning predmet sohasi, boshlang‘ich sharoitlar va cheklanishlari rasmiy ifodasini o‘z ichiga olgan, biznes-reja mavjudligi;
    mezonlar tanlovini asoslash, resurslar taqsimotini optimallashtirish va batafsil moliyaviy reja ishlab chiqishni hisobga olgan holdagi muqobil variantlar tahlili;
    ijtimoiy omilni hisobga olish bo‘yicha takliflar va h.k.

      1. Yüklə 62,06 Kb.

        Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin