1 Mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish



Yüklə 62,06 Kb.
səhifə4/9
tarix16.04.2023
ölçüsü62,06 Kb.
#98741
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-Mavzu (1)

Innovatsiya - yangi mahsulot yoki xizmatni bozorga kiritish, yangi ishlab chiqarish jarayonlarini tadbiq etish, mahsulot yoki xizmatlar, ishlab chiqarishni tashkil etishning yangi shakllari yoki faoliyat turlarini ilgari surish, yangi bozorlarni tashkil etish yoki yangi jarayonning joriy bozor va mavjud bozorlarda katta ulushini qo‘lga kiritishga qaratilgan say- harakatlardir5.
Korxonalarda Innovatsiya tushunchasi eng avvalo ilg‘or g‘oyalar, ishlanmalar inobatga olinishi lozim. Hamda fan va texnika yutuqlari, texnologiya va yangi ixtirolar ham Innovatsiyaning ta’rifida ifodalanishi mumkin. M.Q.Pardaevning fikricha Innovatsiya deyilganda, ilg‘or g‘oyalar asosida amalga oshirilgan ishlanmalar natijalarining fan va texnika yutuqlari, ilg‘or texnologiya va yangi ixtirolar sifatida turli sohalarda (iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy xayotimizda,boshqaruv tizimi kabilarda) qo‘llanishi bilan bog‘liq hodisa tushuniladi.6 Mazkur ta’rif hamma sohaga,hamma vaqtga va hamma manfaatdor sub’ektlarning manfaatlariga mos keladi.
Innovatsiya, innovatsion faoliyat, innovatsion jarayon va shu kabi tushunchalar bizning har kungi hayotimizda, korxona faoliyatida va iqtisodiyot tarmoqlarining turli jabhalarida mustahkam o‘rnashib olmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda korxonalarning raqobatbardoshligini oshirishda, bozorda o‘z mavqeini mustahkamlashda va xaridorgir mahsulot ishlab chiqarishda Innovatsiyalar muhim omillardan biri hisoblanadi.
Innovatsion faoliyatni amalga oshirish va amaliyotga joriy etishda, eng avvalo asosiy termin va tushunchalarni aniqlashtirish lozimdir.
Innovatsiya muamosi bilan shug‘ullanuvchi respublika va chet el olimlarning tadqiqotlarini o‘rganish natijasida Innovatsiya, innovatsion jarayon va innovatsion faoliyatning mazmuni va mohiyatiga turlicha yondoshuvlar borligi aniqlandi. Ko‘pgina iqtisodiy adabiyotlarda birinchilardan bo‘lib innovatsion jarayonlarning ta’rifini, turlarini va umuman innovatsion faoliyat nazariyasiga muhim hissa qo‘shgan olim sifatida avstraliyalik iqtisodchi-olim Yozef Shumpeterni ta’kidlab o‘tishadi. Bu vaqtlarda Innovatsiya haqida fikr yuritilmagan, ammo iqtisodiyotni rivojlantirishda “samarali usul”, “yangilik”, “ta’siri”, “qo‘llash” kabi tushunchalardan foydalanilgan.
Texnik yoki iqtisodiy nuqtai-nazardan olib qaraydigan bo‘lsa, ishlab chiqarish–mavjud resurslar va kuchlarni kombinasiyalash. Ishlab chiqarishning har bir usuli ma’lum bir kombinasiyani anglatadi. Ishlab chiqarishning turli usulllari faqatgina xarakteri va uslubi bilan farq qilishi mumkin, ya’ni yo kombinasiyalar ob’ekti bo‘yicha, yoki ularning miqdorlar nisbati bo‘yicha. Ishlab chiqarishning har bir jarayoni biz uchun mazkur kombinasiyani tashkil etadi7.
Y.Shumpeter o‘z tadqiqotlarida rivojlanishda yangi kombinasiyalarga oid masalalarini ko‘rib chiqdi, innovatsion jarayonning to‘liq ta’rifini berdi va beshta namunali o‘zgarishlarni alohida ajratib ko‘rsatadi: ishlab chiqarishda yangi texnika, yangi texnologik jarayonlar yoki yangi bozor ta’minotidan foydalanish (oldi-sotdi);

  • yangi sifatdagi mahsulotlarni joriy etish;

  • yangi xom-ashyodan foydalanish;

  • ishlab chiqarishni tashkil etishdagi va uning moddiy-texnik ta’minotdagi o‘zgarishlar;

  • yangi sotuv bozorlarining paydo bo‘lishi.

“Yangilik”, “yangilik kiritish”, “ilmiy-texnik yangilik” kabi atamalar M.Porter, J.Brayt, B.Tviss kabi olimlarning tadqiqot ishlarida ham uchratishimiz mumkin.8.


qo‘yish hisobiga olingan moddiylashgan natijani tashkil etadi12.


R.A.Fatxuddinov quyidagicha ta’riflaydi: “Innovatsiya – boshqaruv ob’ektini o‘zgartirish va iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, ilmiy-texnik yoki boshqa bir samarani olish maqsadida joriy etilgan yangilikning yakuniy natijasi”13.
Boshqa bir qator olimlarning fikr mulohazalarini umumlashtiradigan bo‘lsak, odatda ular “Innovatsiya” va “yangilik”, “yangilik kiritish” ma’nosini anglatishini bildirishgan14.
R.V.Abdullaev va K.A.Xasanjanov fikrlariga ko‘ra, “Innovatsiya, ilmiy- texnik taraqqiyot ko‘rinishining shakli hisoblanib, bilimlarning maxsus turi, yuqori rivojlangan mehnat natijasini tashkil etib, postindustrial jamiyatda insonlar hayotidagi etakchi sohaga aylanib bormoqda.15
S.N.Xamraevaning fikriga ko‘ra, Innovatsiya – bu fan yutuqlari va ilg‘or tajribadan foydalanish, ijtimoiy ishlab chiqarishni takomillashtirish va rivojlantirish jarayonlari, yangi iste’mol hususiyatlarga ega bo‘lgan mahsulotlarini (tovar, mahsulot, texnika, texnologiya, boshqa tashkiliy shakl va vositalar) shakllantirish, amaliyotga joriy etishga asoslangan investitsion va ijodiy faoliyatning moddiylashgan yakuniy natijasi bo‘lib, bozor va ijtimoiy ehtiyojlarning qondirilishiga ko‘maklashadi, xarajatlarni iqtisod qiladi va insonlarning turli xil hayot va faoliyat sohalarida turlicha samara


berishini ta’minlaydi16.


Innovatsiya va innovatsion faoliyat an’anaviy tarzda ilmiy texnik taraqqiyot yo‘nalishi va ilmiy tadqiqotlar hamda ishlanmalar natijalarining amaliyotga joriy etilishi bilan bog‘liq jarayon sifatida tushuniladi. Biroq,
«Innovatsiya» tushunchasining ma’no va mazmuni ancha keng. Innovatsiyalar sohasi keng qo‘lamli bo‘lib, u nafaqat ilmiy-texnik ishlanmalar va ixtirolardan amaliy foydalanishni qamrab oladi, balki mahsulot, jarayonlar, marketing (savdo), tashkilotlaridagi o‘zgarishlarni ham o‘z ichiga oladi.
Innovatsiya o‘zgarishning yaqqol omili, yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot, texnologik jarayonlar, ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishning yangi xizmatlari va yangi yondashuvlari sifatida keladi. Zamonaviy talqinda
«Innovatsiya» atamasini Y.Shumpeter birinchi bo‘lib qo‘llab, Innovatsiya – bu yangi materiallar va komonentlardan foydalanish, yangi jarayonlarning joriy etilishi, yangi bozorlarning ochilishi, yangi tashkiliy shakllarning kiritilishiga asoslangan barcha yangi uslublarning yangicha qo‘shiluvi va tijoratlashuvidan iborat hosila funksiyalarining jiddiy o‘zgarishidir deb ta’kidlaydi.
Innovatsiya – bu bozordagi yangi mahsulot, yangi hodisa yoki xatti-harakat bo‘lib, u iste’molchini jalb qiladi. Uning ehtiyojlarini qondirish va shu bilan bir vaqtda tadbirkorga daromad keltirish maqsadiga ega ekanligini bunga qo‘shimcha qilish mumkin.
Innovatsion rivojlanishni belgilovchi omillar:

  • bozorga oid kon’yunktura va raqobat (ham ichki, ham tashqi bozorlarda);

  • muhit (fan va texnika rivojining rivojlanish darajasi, qonuniy va me’yoriy asos, siyosiy va iqtisodiy barqarorlik);


  • kadrlar (olimlar, mutaxassislar, tadbirkorlar, menejerlar, siyosiy arboblar, davlat xizmatchilari);

16Xamraeva S.N. Qishloq infratuzilmasini innovatsion rivojlantirish: Monografiya; – T.:
«Iqtisod-Moliya», 2017. – 256 b.

  • resurslar (tabiiy, ishlab chiqaruvchi, moliyaviy, ilmiy-texnik, texnologik, infratuzilma).

Inson faoliyatining turli sohalarida yuz berayotgan doimiy o‘zgarishlar Innovatsiyalarga turtki beradi. Ulardan har birida yangiliklarning maqsadlari barqaror va uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan korxonalarda yangi jarayonlar yoki mahsulotlarni joriy qilishdir.
Biror bir faoliyat sohasining samaradorligni oshirish bo‘yicha tadqiqotlar, ishlanmalar yoki tajribaviy ishlarning hujjatlarda rasmiylashtirilgan natijasi yangilik (Innovatsiya) hisoblanadi. Bularga kashfiyotlar, ixtirolar, patentlar, nau-xau, yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotga hujjatlar, texnologiya yoki ishlab chiqarish jarayoni hamda marketing tadqiqotlarining natijalari, standartlari, yo‘riqnomalari, uslublari, tavsiyalari, oqilona takliflari kiradi.
Korxonalarda yangi bilimlar, yondashuvlar, usullar ko‘rinishidagi yangiliklar joriy etilgan va tarqala boshlagan paytda Innovatsiyaga aylanadi.
Korxonalarda Innovatsiya – jamiyat talab qilgan iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, ilmiy-texnik yoki boshqa turdagi samaraga erishish maqsadida yangilikni joriy etishning yakuniy natijasidir. Boshqacha qilib aytganda, korxonalarda Innovatsiya – bu tavakkalchilik xavfi bilan bog‘liq har qanday yaratuvchanlik faoliyatining aniq natijasi bo‘lib, u bozorda avvalgilaridan tubdan farq qiluvchi, ehtiyojlarni to‘laroq qoniqtiruvchi mahsulotlar, xizmatlarni olg‘a surilishi va joriy etilishini ta’minlaydi: yangi bozorlarni ochish va o‘zlashtirish yoki boshqa aniq maqsadlarga erishish.

    1. Yüklə 62,06 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin