1 Mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish


“Innovatsion iqtisodiyot” fanining predmeti, maqsadi va



Yüklə 62,06 Kb.
səhifə5/9
tarix16.04.2023
ölçüsü62,06 Kb.
#98741
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-Mavzu (1)

“Innovatsion iqtisodiyot” fanining predmeti, maqsadi va


vazifalari
Korxonalarning muhim vazifalaridan biri mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshigini ta’minlash va shu bilan birga aholini oziq-ovqat, qayta ishlash sanoatini esa zarur texnologiyalar bilan ta’minlashdir. Ushbu masalani hal etish kelajakda korxonani intensivlashtirish, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish, turli xil mulkchilik va xo‘jalik yuritishning turli shakllarini rivojlantirish bilan bog‘liqdir. Xo‘jalik yuritishning ilmiy asoslanganlik darajasini yuksaltirish, ishlab chiqarishni boshqarishda tashabbuskorlik va faollikni kuchaytirishning asosiy sharti korxonalarni mutaxassislarini iqtisodiy jihatdan tayyorlash hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarda innovatsion texnologiyalar – ishlab chiqarishda raqobat kurashida saqlanib qolish imkoniyatini beruvchi innovatsion loyihani ishlab chiqishning mohiyati istiqbolda juda katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Keskin raqobat va bozordagi tez o‘zgaruvchan sharoitlarda, nafaqat butun e’tiborni korxona ichki jarayonida mujassamlashtirish, balki uzoq muddatli innovatsion texnologiyani ishlab chiqish ham muhimdir. Oldingi yillarda sanoat korxonalar joriy faoliyatida resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish bilan bog‘liq ichki muammolarni kundalik tarzda hal etgan holda, muvaffaqiyatli faoliyat yuritishlari mumkin edi, ammo hozirgi kunda, tez o‘zgaruvchan sharoitga moslashuvni ta’minlovchi innovatsion faoliyatda strategiya loyihalar o‘ta muhim hisoblanmoqda.
Korxonalarni rivojlantirish uchun iqtisodiy qonunlar va hukumat tomonidan olib borilayotgan islohotlar, korxonalarda innovatsion texnologiyalarni rivojlantirishda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
«Innovatsion iqtisodiyot» fani korxonalarda ishlab chiqarishni rivojlantirishda samarali xizmat qiladi. Bu iqtisodiy fanlar jumlasiga kirib, korxonalardagi ishlab chiqarishda innovatsion texnologiyalarni mujassamlashtrib qatnashuvchi barcha tarmoqlarning ishlab chiqarish munosabatlarini ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan uzviy bog‘lanishni o‘rganish, bozor sharoitida korxonalarda ob’ektiv iqtisodiy qonunlarning qabul qilinishi va amaliyotga tadbiq qilish, ishlab chiqarishni texnologik jihatlarini qayta ko‘rib chiqish, ishlab chiqarishni va uning sohalarga rahbarlik qilish,menejment,innovatsion marketingni ishlab chiqarishdagi fan yangiliklari, innovatsion va ilg‘or texnologiyalar tajribalarini joriy etish yo‘llari, investitsiya,moliya va bozor munosabatlari asosida arzon va raqobotdosh mahsulot ishlab chiqarish yo‘llarini ko‘rsatadi.
«Innovatsion iqtisodiyot» fanining maqsadi mahsulotlarni etishtiruvchi sub’ektlarda va unga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarda texnologik, iqtisodiy qonunlarni ishlab chiqarish jarayonlariga Innovatsiyalarni tadbiq qilishdan iborat.

Yüklə 62,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin