Fanning predmeti–korxonalarda ishlab chiqarish kuchlarining, ishlab chiqarish aloqalari va ish yuritishda innovatsion texnologiyalarni yaxshilash yo‘li orqali mehnat unumdorligini oshirishdan iboratdir.
«Innovatsion iqtisodiyot» fani zamonaviy fan bo‘lib, u doimo ishlab chiqarish texnologiyalarini samaradorligini oshirishda qonunlar o‘zgarishini, sohalar rivojlanishini, jamiyat rivojlanishini o‘rganib sintez qilib turadi. Iqtisodiy qonunlar korxonalarda va uning tarmoqlarida boshqarishni ijobiy rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
Fanningob’ekti–sohalarda innovatsion texnologiyalarga va ishlab chiqarishga bevosita o‘z hissasini qo‘shadigan barcha sohalar faoliyatidir.
Korxonalar sohalarini ijtimoiy rivojlantirish–korxonalarda va uning saholarida ishlab chiqarish jarayonlarida innovatsion texnologiyalarni yaxshilash asosida investitsiyalardan va infratuzilmalardan foydalanish, mahsulotni kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, sifatli xizmat ko‘rsatish, mehnat unumdorligini oshirish, sohalarning ijtimoiy rivojlanishida iqtisodiy qonunlarni joriy etish yo‘llarini ko‘rsatadi.
«Innovatsioniqtisodiyot» fanining vazifasi innovatsion texnologiyalarni yaxshilash asosida,korxonalarda mahsulot etishtiruvchi va xizmat qiluvchi tarmoqlar bilan iqtisodiy aloqalarini mustahkamlash orqali, mahsulot hajmini va sifatini oshiradi.Tovar ishlab chiqaruvchi sub’ektlarda mehnat va texnologik jarayonlarini ilmiy asosda rivojlantirish bilan mehnat unumdorligini oshirish hamda asosiy fondlardan samarali foydalanish bilan bog‘liqdir. Hozirgi vaqtda innovatsion jarayonlarning o‘sishi ilmiy-texnik taraqqiyot sharoitida iqtisodiy tizimlarning rivojlanishi va transformasiyalashuvining zaruriy elementi hamda raqobat ustunligini ta’minlovchi asosiy resurs sifatida qaralmoqda.
Korxonalarning faoliyatining turli sohalaridagi yangi texnologik o‘zgarishlarga o‘z vaqtida e’tibor qaratish, ishlashning yangi uslublarini yaratishga va faoliyat natijalarini takomillashtirishga qodirligi korxonalar yashab qolishining zaruriy sharti deb tan olingan. Innovatsiyalarni joriy etish zarurati raqobat kurashi hamda bozorning boshqa bir qator talablarini ham rag‘batlantiradi. Ularadan foydalanish mumkinligi, shuningdek, iste’molchilik talablari va iste’molchilar istaklari, zamonaviy kishi ruhiyatining o‘zgarishlari sababli, demografik, iqtisodiy va ijtimoiy tartib o‘zgarishi bilan ham bog‘liqdir.
Hozirgi sharoitda zamonaviy mutaxascis korxonalarda ishlashida innovatsion jarayonlar natijalaridan foydalanmasdan, o‘z faoliyatini davom ettira olmaydi, chunki ilmiy-texnik axborotlar oqimi tez sur’atlar bilan o‘smoqda, bu sharoitda yosh mutaxassis ilmiy axborotlardan texnik yangiliklarni va innovatsion g‘oyalarni tanlab oladigan bo‘lishi kerak, bunday qobiliyat ilmiy-tadqiqot hamda ijodiy ko‘nikmalarsiz bo‘lmaydi.
“Innovatsion iqtisodiyot” fanining o‘rganish uslubiyoti va usullari Korxonalarda innovatsion texnologiyalar faoliyatini tahlil qilish va joriy etish uchun har xil usullardan foydalaniladi. Ushbu usullar orqali ishlab chiqarishda ro‘y beradigan innovatsion hodisalarni iqtisodiy baholaydi. Korxonalar innovatsion ishlab chiqarishida quyidagi usullardan