1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va


-rasm. Omilli tahlil turlari



Yüklə 484,9 Kb.
səhifə15/82
tarix16.12.2023
ölçüsü484,9 Kb.
#182738
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   82
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va-www.hozir.org

3.1-rasm. Omilli tahlil turlari.

Determinatsiyalashgan omilli tahlil – natijaviy ko‘rsatkichlar bilan aloqasi funksional tavsif kasb etuvchi omillar tadqiq metodikasini o‘zida aks ettiradi. Stoxastik tahlil esa natijaviy ko‘rsatkich bilan aloqasi, funksionaldan farqli ravishda, noto‘liq, ehtimoliy (korrelyatsion) hisoblanuvchi omillar ta’sirini o‘rganadi. Agar argument o‘zgarishiga funksional (to‘liq) bog‘liqlikda doimo funksiyalarning mutanosiblikda o‘zgarishi sodir bo‘lsa, u holda argument o‘zgarishining stoxastik aloqasida ushbu ko‘rsatkichni aniqlovchi boshqa omillar uyg‘unligiga bog‘liqlikda funksiyalar o‘sishining bir nechta qiymatini berishi mumkin. Masalan, mehnat unumdorligi ayni bir xil darajali fond bilan qurollangan turli korxonalarda bir xil bo‘lmasligi mumkin. Bu natijaviy ko‘rsatkichga ta’sir qiluvchi boshqa omillarning maqbul uyg‘unligiga bog‘liq.

Tadqiqot metodikasi bo‘yicha to‘g‘ri va teskari omilli tahlil farqlanadi. To‘g‘ri omilli tahlil deduktiv usulda – umumiydan xususiyga tomon amalga oshiriladi. U o‘rganilayotgan natijaviy ko‘rsatkich kattaligini shakllantiruvchi omillarni kompleks tadqiq qilish maqsadida olib boriladi. Teskari omilli tahlil sabab-oqibat aloqalarini mantiqiy induksiya usuli bilan tadqiq qiladi – xususiy, alohida omillardan umumiyga, sababdan oqibatga. Ko‘plab natijaviy ko‘rsatkichlarning o‘rganilayotgan omil o‘zgarishiga ta’sirchanlik darajasini baholashga imkon beradi.
Omillar detallashtirish darajasiga bog‘liqlikda tahlil bir darajali va ko‘p darajali bo‘lishi mumkin. Birinchi shakli omillarning faqat bir darajasini (bir pog‘onani), ularning tarkibiy qismlar bo‘yicha detallashtirmasdan tadqiq qilish uchun foydalaniladi. Masalan, y=a · b ko‘p darajali omilli tahlilda omillarning mohiyatini o‘rganish maqsadida ularning a va b tarkibiy elementlariga nisbatan detallashtirishga olib boriladi. Omillarni detallashtirish kelgusida ham davom ettirilishi mumkin. Ushbu holatda tobelanishning turli darajalariga ega omillar
ta’siri o‘rganiladi.
O‘rganilayotgan hodisalar holat belgisiga ko‘ra statik va dinamik omilli tahlil farqlanadi. Statik tahlil muayyan sanaga natijaviy ko‘rsatkichlarga omillarning ta’sirini o‘rganishda qo‘llaniladi. Boshqa ko‘rinish sabab-oqibat aloqalarini dinamikada tadqiq qilish metodikasini o‘zida aks ettiradi.
Va nihoat, vaqt belgisi bo‘yicha omilli tahlil retrospektiv bo‘lishi mumkin, u o‘tgan davr va istiqbol uchun xo‘jalik faoliyati natijalaridagi o‘zgarishlar sababini o‘rganib, istiqbolda natijaviy ko‘rsatkichlar darajasiga omillar ta’sirini tadqiq qiladi.
Omilli tahlilning asosiy bosqichlari:

  1. O‘rganilayotgan natijaviy ko‘rsatkichlarning tahlili uchun omillarni saralash.


  2. Tasniflash va tizimlashtirish bilan omillarning tuzilishini tizimli yondashuv asosida o‘rganish.


  3. Omilli va natijaviy ko‘rsatkichlar o‘rtasida o‘zaro aloqalarni model- lashtirish.


  4. Omillar ta’sirini hisoblash va o‘zgarishidagi natijaviy ko‘rsatkich kattaliklari har birining ahamiyatini baholash.


  5. Iqtisodiy jarayonlarni boshqarish uchun omilli modeldan amaliy foydalanish.





        1. Yüklə 484,9 Kb.

          Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin