1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va


Korxonaning iqtisodiy tahlil qilish usullari



Yüklə 484,9 Kb.
səhifə13/82
tarix16.12.2023
ölçüsü484,9 Kb.
#182738
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   82
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va-www.hozir.org

Korxonaning iqtisodiy tahlil qilish usullari

Axborotni qayta ishlashning mantiqiy usullari Taqqoslash

Nisbiy va o‘rtacha ko’rsatkichlar Moliyaviy hisoblash
Ma’lumotlarning grafik va jadval shaklida berilishi Guruhlash
Balansli
Evristik metod
Ularning orasida va boshqa fanlarda ham axborotlarni qayta ishlash va o‘rganish uchun keng qo‘llaniladigan (taqqoslash, grafik, balans, o‘rtacha va nisbiy miqdorlar, analitik guruhlash, instrumentar moliyaviy hisoblashlar, intuitsiya asosida iqtisodiy vazifani evristik yechish metodlari, o‘tmish tajribasi, mutaxassislarning ekspert bahosi, an’anaviy mantiqiy) usullarni ajratish mumkin. Hozirgi vaqtda, mutlaqo qandaydir fanga taalluqli uslub va usullarni asoslash juda qiyin, chunki tadqiqotning turli sferalarida ilmiy instrumentariylarning o‘zaro kirishib ketishi kuzatiladi.
Omillarning xo‘jalik yuritish natijalariga va zaxiralar hisobiga ta’sirini o‘rganish uchun tahlilda determinatsiyalashgan va stoxastik omilli tahlil usullari, iqtisodiy masalani maqbul yechish metodlari qo‘llaniladi.
U yoki bu usulning qo‘llanilishi tahlilning maqsadi va murakkabligiga, tadqiqot obyekti, analitik hisoblashlarni bajarish texnik imkoniyatlari va boshqalarga bog‘liq.
Iqtisodiy tahlil instrumentariysini takomillashtirish juda katta ahamiyatga ega va analitik ishlarning asosiy muvaffaqiyati hamda samaradorligi hisoblanadi. Inson o‘rganilayotgan hodisalarning mohiyatiga qanchalik chuqur kirib borsa, uning tadqiqoti shunchalik aniq metodlarni talab qiladi. Bu barcha fanlar uchun tegishlidir. So‘nggi yillarda barcha fan sohalarida tadqiqot metodikasi yanada mukammallashdi. Tadqiqotning matematik metodlaridan foydalanish iqtisodiy fanning muhim yutuqlaridan biri bo‘lib, korxonaning faoliyati natijalarini belgilovchi omillarning yanada ko‘lamdor kompleksini tadqiq qilishga imkon beradi, hisoblashlar aniqligini oshiradi. Uning sharofati bilan ko‘p o‘lchamli va maqbul vazifalarni hal qilish, ilmiy asoslangan boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun asos yaratuvchi imkon paydo bo‘ldi.


        1. Yüklə 484,9 Kb.

          Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin