7.4-jadval
Aktiv asosiy vositalarning holat ko‘rsatkichlari tahlili
Asosiy vositalar
|
Boshlang‘ich qiymati
|
Eskirish qiymati
|
Qoldiq qiymati
|
Eskirish darajasi
|
Yaroqlilik darajasi
|
O‘tgan yil
|
168900
|
54890
|
114010
|
32.5
|
67,5
|
Hisobot yil
|
187320
|
65780
|
121540
|
35,1
|
64,9
|
Farqi (+; –)
|
+18420
|
+10890
|
+7530
|
+2,6
|
–2,6
|
Korxonada aktiv asosiy vositalarning eskirish darajasi o‘tgan yilga nisbatan 2,6 %ga oshgan. Unga qarama qarshi bo‘lgan ko‘rsatkich asosiy vositalarning yaroqlilik darajasi esa 2,6 %ga kamaygan. Biroq, korxonadagi aktiv asosiy vositalarning yaroqlilik darajasi 64,9 foizni tashkil etib ijobiy holatga ega.
Asosiy vositalarning holat ko‘rsatkichlari ularning harakat ko‘rsatkichlarini o‘rganish asosida to‘ldiriladi. Asosiy vositlarning harakat ko‘rsatkichlariga ularning yangilanishi va chiqib ketish koeffitsiyentlari kiritiladi.
Asosiy vositlarning yangilanish koeffitsiyenti joriy davrda yangidan kiritilgan asosiy vositalar qiymatini asosiy vositalarning yil oxiriga bo‘lgan qiymatiga bo‘lish orqali topiladi. Asosiy vositalarning chiqib ketish koeffitsiyenti joriy davrda chiqib ketgan asosiy vositalar qiymatini ularning yil boshiga bo‘lgan qiymatiga bo‘lish asosida aniqlanadi.
Bu tarkiblashni asosiy vositalarning jami qatori va har bir tarkibi bo‘yicha berib o‘tish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |