Asosiy vositalarning samaradorlik ko‘rsatkichlari
Ko‘rsatkichlar nomi
|
Hisoblanish tartibi
|
Sanoat ishlab chiqarish fondlari qaytimi
|
Fk= M ahsulot hajmi
Sanoat ishlab chiqarish fondlarining
o‘ rtacha yillik qiymati
|
Mashina va uskunalar qaytimi
|
Fk= M ahsulot hajmi
M ashina va uskunalar o‘ rtacha
yillik qiymati
|
Sanoat ishlab chiqarish fondlari sig‘imi
|
Sanoat ishlab chiqarish fondlari
Fs= o‘ rtacha yillik qiymati
M ahsulot hajmi
|
Mashina va uskunalar sig‘imi
|
M ashina va uskunalar o‘ rtacha
Fs= yillik qiymati M ahsulot hajmi
|
Ushbu qaytimga oid samaradorlik ko‘rsatkichlari har bir ming yoki bir so‘mlik asosiy vositalarga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmini ifodalaydi. Qaytim ko‘rsatkichlarini tobora oshib borishi ijobiy o‘zgarishlarni bildiradi.
Sig‘imga oid ko‘rsatkichlar esa bir birlik mahsulot tarkibida qancha asosiy vositalar qiymati mavjud ekanligini tavsiflaydi. Ushbu ko‘rsatkich kamayib borishi yaxshi natijalarni ko‘rsatadi yoki aksincha.
Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish va uning holatiga baho berishga iqtisodiy tahlilda alohida ahamiyat beriladi. Korxona ishlab chiqarish quvvati, deb uning to‘la ish bilan bandlik holatiga aytiladi. Bu holat nafaqat mahsulot ishlab chiqarish darajasiga, balki uning xarajatlar tarkibiga, moliyaviy natijasiga ham ta’sir etuvchi birlik sifatida qaraladi. Ishlab chiqarish quvvatlari va uning foydalanish darajalariga baho berish asosida korxonaning joriy davrdagi iqtisodiy potensiali hamda uni maqsadli boshqaruvi belgilanadi.
Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish tahlilining quyidagi qatorlarini tavsiflash mumkin:
korxona ishlab chiqarish quvvatlarining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari tizimi;
texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar va ishlab chiqarish quvvatlaridan foy- dalanishning qiyosiy tahlili;
ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishning korxona xarajatlariga ta’siri tahlili;
ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishning korxona ishlab chiqarish samaradorligiga va faoliyat natijaviyligiga ta’siri tahlili.
Tahlilda asosiy vositalarning samaradorlik ko‘rsatkichlari va ularning ta’sir etuvchi omillar ikki tarkib bo‘yicha o‘rganiladi:
Asosiy vositalarning samaradorligi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili.
Asosiy vositalar va ulardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlarining mahsulot hajmining o‘zgarishiga ta’siri tahlili.
Asosiy vositalarning samaradorlik ko‘rsatkichlari va ularning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar qatoriga quyidagilar kiritiladi.
Fond qaytimi (sigimi) va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar:
mahsulot ishlab chiqarish hajmi va uning o‘zgarishi;
asosiy fondlar o‘rtacha yillik qiymatining o‘zgarishi.
Mahsulot hajmiga ta’sir etuvchi mehnat vositalari bilan bog‘liq bo‘lgan omillar qatoriga quyidagilar kiritiladi;
asosiy fondlar o‘rtacha yillik qiymatining o‘zgarishi;
fond qaytimi (sig‘imi)ning o‘zgarishi.
Asosiy vositalar tahlili natijalari ular bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilishda muhim ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |