Dialektik usul qoidalari ilmiy bilishning umumiy usuli bo’lib xizmat qiladi.
Shu bilan birga, iqtisodiyot nazariyasi fanining o’ziga xos tadqiqot usullari ham
mavjuddir, ulardan eng muhimi ilmiy abstraksiyadir. Iqtisodiy jarayonlarning
mohiyati o’zgarishini o’rganishda mikroskoplardan, kimyoviy laboratoriyalardan
foydalanib bo’lmaydi, bunda abstraksiya kuchi ishga solinadi.
Ilmiy abstraksiya usuli – tahlil paytida xalal berishi mumkin bo’lgan
ikkinchi darajali narsalar, voqea-hodisalarni fikrdan chetlashtirib, o’rganilayotgan
jarayonning asl mohiyatiga e’tiborni qaratishdir.
Tahlil – bu o’rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratish va ularni
izchillik bilan o’rganish.
Sintez – bu o’rganilgan qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir butun yaxlit
jarayon deb qarab umumiy xulosa chiqarishdir.
Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli. Iqtisodiyot nazariyasida
tarixiylik dalili tarixiy rivojlanish nuqtai-nazaridan tadqiqot olib borish zarurligini
taqozo qiladi. Chunki iqtisodiy jarayonlar tarixiy jarayon sifatida rivojlanadi.
Mantiqiylik usulida jarayonlar faqatgina tarixiy nuqtai-nazardan emas, shu bilan
birga asosiy ichki zarur qonuniy bog’lanishlar bo’yicha ham tahlil qilinadi.
Foydalanilayotgan usullar ichida
eksperiment ma’lum o’rin egallaydi,
iqtisodiy o’sishning keskin o’zgarishi bosqichlarida, jumladan iqtisodiyotning
inqiroz va beqarorlik bosqichlarida eksperimentdan keng foydalaniladi. Iqtisodiy
islohotlarni amalga oshirish paytida eksperiment alohida o’ringa ega. Iqtisodiy
islohotlarni amalga oshirish uchun puxta tayyorgarlik ko’rish, ya’ni ilmiy tajriba,
eksperiment o’tkazish hisob-kitob vositasiga asoslanish va ilmiy yo’nalishlarni
ishlab chiqish talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: