1-mavzu. Iqtisodiyotga kirish reja


Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti –



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix18.05.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#116392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
 Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti – iqtisodiy resurslar cheklangan 
sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida moddiy 
ne’matlarni (va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol 
qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo’jalikni 
samarali yuritish qonun-qoidalarini o’rganishdan iborat. 
Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi va vazifasini ikki tomonlama, ya’ni 
ham amaliy va ham nazariy tomonlarini tushuntirish mumkin. Aksariyat hozirgi 
zamon iqtisodiy adabiyotlarida iqtisodiyot nazariyasining to’rtta asosiy vazifasi 
ajratib ko’rsatiladi:
1) bilish vazifasi; 
2) amaliy vazifa; 
3) uslubiy vazifasi; 
4) g’oyaviy-tarbiyaviy vazifasi.
4. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar (ilmiy tushunchalar) 
Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy munosabatlarda amal qiladigan iqtisodiy 
qonunlarni ham o’rganadi. 


Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va 
jarayonlar o’rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat 
aloqalarini, ularning o’zaro bog’liqligini ifodalaydi. 
Iqtisodiy qonunlar ob’ektiv xususiyatga ega bo’lib, ularning kelib chiqishi
amal qilishi, rivojlanishi va barham topishi alohida kishilarning ongiga, ularning
hohish-irodasiga bog’liq emas.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fani iqtisodiy qonunlarni quyidagi guruhlarga 
turkumlaydi:
1. Umumiy iqtisodiy qonunlar - kishilik jamiyati rivojlanishining barcha 
bosqichlarida amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning tez o’sib 
borish qonuni, takror ishlab chiqarish qonuni, ishlab chiqarish munosabatlarining 
ishlab chiqaruvchi kuchlar xususiyati va rivojlanish darajasi mos kelishi qonuni va 
boshqalar. 
2. Xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar - insoniyat jamiyati 
taraqqiyotining ma’lum bosqichlarida amal qiladi. Masalan, talab qonuni, taklif 
qonuni va qiymat qonuni. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin