3. Statistika, buxgalteriya, ofisni avtomatlashtirish, bilimlarni qayta ishlash, boshqaruv qarorlarini qo’llab quvvatlash va strategik axborot tizimlari.
Statistika axborot tizimlari. Davlat statistikasi mamlakatda axborot tizimini yaratish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Davlat statis-tikasi organlari iqtisodiy rivojlanishda davlat boshqaruvining eng muhim dastagidir. Makroiqtisod va statistika vazirligi boshqaruv organ-lariga tarmoq iqtisodiyoti va idoralariga qarashli, tashkilotlar faoliyati haqida zarur statistik ma’lumotlarni beradi.
Davlat statistika idoralari davlat boshqaruvi idoralariga iqti-sodiy tarmoq sohalari faoliyati haqida axborot berib, topshiriqlar ko’ri-nishidagi boshqaruv axborot qabul qilinishi va faktik holati – ular tomonidan bu topshiriqlar bajarilganligi yoki bajarilmaganligidan kelib chiqqan holda boshqaruv obyektlarining ko’zda tutilgan hatti – harakatlari qayd etilganini ifodalaydigan xabardor etuvchi muhim vazifani bajaradi.
Statistik axborot tizimi murakkab tizimlarga qo’yiladigan barcha talablarga javob beradi:
-umumiy maqsadga erishish uchun qulay, o’zaro ta’sir nuqtai nazaridan tizim elementlarining birligi;
-katta o’lchamlilik;
-ishning murakkabliligi va boshqalar.
Davlat statistika orgonlari mulkchilik shaklidan qat’iy nazar ming-minglab sanoat korxonalari, qurilishlar, qishloq xo’jalik korxonalari, madaniy, maishiy va boshqa muassasalardan tushadigan statistika ma’lumotlarini yig’adi va qayta ishlaydi. Statistik axborot xilma-xilligi, ommaviyligi va davriyligi jixatidan farqlanadi. Aytilgan obyektlardan kelib tushadigan barcha statistik hisobotlarni qayta ishlish uchun yiliga bir necha yuz milliard hisoblash operasiyalari talab etiladi.
Buxgalteriya axborotlar tizimi.Ko’pgina korxonalar bozor sharoitida axborotga mulkchilikning boshqa istalgan turlari kabi saqlash, foydalanish va himoya qilish zarur bo’lgan qimmatbaxo zahira sifatida baho berishadi. Ishlab chiqarish va xo’jalik faoliyatini boshqarish uchun zarur axborot olish maqsadlarida korxona buxgalterlik axborot tizimlarini barpo etadi. BUAT xo’jalik faoliyati va qaror qabul qiluvchi kishilar o’rtasida bog’lovchi bo’g’in bo’lib xizmat qiladi. Unda korxona xo’jalik faoliyati haqidagi ma’lumotlarni yigish, ro’yxatdan o’tkazish, qayta ishlash, saqlash, tahlil va qaror qabul qilish uchun foydalanuvchiga yetkazish amalga oshiriladi. Korxona BUAT ishlashining asosiy maqsadi cheklangan zahiralardan, shuningdek, muqobil variantlardan foydalanishda asoslangan qarorlarni qabul qilish uchun korxona raxbariyatining moliyaviy axborot bilan ta’minlashdir. BUAT korxona xo’jalik faoliyatini to’liq aks ettiruvchi buxgalterlik axborotini taqdim etadi. Hozirgi paytda buxgalterlik hisobi yuritishning halqaro standartlariga o’tish sharoitlarida buxgalterlik axboroti yo’nalishi o’zgardi. Agar yaqindagina uning asosiy foydalanuvchisi davlat boshqaruvi orgonlari bo’lgan bo’lsa, hozirda buxgalterlik axboroti korxona ichida ham, undan tashqarida ham boshqaruv qarorlarini qabul qilishda asos bo’lib xizmat qiladi. Avvalo u rejalashtirish, nazorat va tahlil kabi korxona ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini boshqarish funksiyalarini bajarish uchun zarur miqdoriy malumotlarni taqdim etadi.
Rejalashtirish bosqichi uchun buxgalter ko’zda tutayotgan foyda va pul zahiralariga ehtiyoj haqidagi axborotni taqdim etishi lozim. Nazorat bosqichida buxgalterdan faktik daromadlar va xarajatlarni rejadagi bilan qiyoslash axboroti talab etiladi. Tahlil bosqichida buxgalterlik axboroti asosida oldiga qo’yilgan maqsadga erishilgani yoki erishilmagani aniqlanadi. Tahlil natijalariga ko’ra, korxonaning boshqarish tizimini takomillashtirishga doir qarorlar qabul qilinadi.
Buxgalterlik axborotining asosiy foydalanuvchilari korxona raxbariyati va menejerlaridir. Bu axborot asosida korxonaning so’nggi hisobot davridagi sof foydasi, foyda me’yorining kutilayotgan hajmga muvofiqligi, pul zahiralarining mavjudligi, sof aktivlar va nizom kapitalining nisbati, eng foydali faoliyat yo’nalishlari, ishlab chiqaril-gan mahsulot tannarxi aniqlanadi.
Buxgalterlik axboroti raxbariyatga yakunlarni nafaqat tushintirish va tahlil etishga, balki turli qarorlarni qabul qilishda korxona faoliyati natijalarini oldindan bilishga ham yordam beradi.
Buxgalterlik axborotining tashqi foydalanuvchilari ham mavjud. Ular hissadorlar, investorlar, kreditorlar, xaridorlar, mijozlar, auditorlar va soliq xizmati nozirlaridir. Hissadorlar va investorlarga korxona egalari xususiy kapitali qanchalik samarali va daromadli foydalanilayotgani, yangi investisiyalar kerakmi yoki uning hajmini qiskartirish kerakmi, firma kelajakda foydali bo’lib qoladimi va qanday sharoitlarda bunga erishadi kabilarni bilish muhimdir. Kreditorlarga qarz zarurligi, korxonaga qarz zarurligi, korxonaning qarz foizlarini o’z vaqtida to’lash qobiliyati qiziqtiradi va hokazolar.