1-mavzu. Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborotlarning roli, xususiyati va xarakterli turlari reja


Ofisni avtomatlashtirish axborot tizimlari



Yüklə 1,79 Mb.
səhifə38/73
tarix17.04.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#99053
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   73
1 mavzu Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborotlarnin

Ofisni avtomatlashtirish axborot tizimlari o’zining soddaligi va ko’p sohaliligi jihatidan istalgan tashkiliy darajada xodimlar tomonidan faol ishlatiladi. Ularni ko’proq o’rta malakali xodimlar: buxgalterlar, kotiblar, klerklar qo’llaydi. Assosiy maqsad – ma’lu-motlarni qayta ishlash, ularning ish samaradorligini oshirish va konselyariya mehnatini soddalashtirish. Ofisni avtomatlashtirish turli mintaqalardagi axborot sohasi xodimlarini o’zaro bog’laydi va xaridorlar, buyurtmachilar, boshqa tashkilotlar bilan aloqa qilishga yordam beradi. Ularning faoliyati asosan hujjatlashtirish, kommunikasiyalarni boshqa-rish. Jadvallar tuzish va hokazolarni qamrab oladi. Bu tizimlar quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • Turli matn prosessorlari yordamida kompyuterlarda matnni qayta ishlash;

  • Yuqori sifatli nashr mahsulotlarini ishlab chiqarish;

  • Hujjatlarni arxivlashtirish;

  • Ishbilarmonlik axborotini yuritish uchun elektron kalendar va yon daftarlar;

  • Elektron va audiopochta;

  • Video va telekonferensiyalar.

Bilimlarni qayta ishlash axborot tizimlari, shu jumladan ekspert tizimlari muxandislar, xuquqshunoslar, olimlarning yangi mahsulot ishlab chiqish, yaratish chog’ida zarur bilimlarni o’zida mujassamlashtiradi, ya’ni:

  • Menejment darajasi axborot tizimlari o’rta boshqaruv bo’g’ini xodimlari tomonidan qarorlarning monitoringi, nazorati, qabul qilinishi va ma’muriylashtirish uchun foydalaniladi.

Bu axborot tizimlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • joriy ko’rsatkichlarni avvalgisi bilan qiyoslash;

  • muayyan vaqtda davriy hisobotlarni tuzish, operativ darajadagi kabi joriy voqyealar bo’yicha hisobot berish emas;

  • arxiv axborotiga kirishni ta’minlash va hokazolar.

Ayrim AT oddiy bo’lmagan qarorlarni qabul qilishni ta’minlaydi.
Bu darajada axborot tizimlarining ikki turi : boshqaruv va qarorni quvvatlash tizimlariga ajratish mumkin.

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin