Tayanch so’z va iboralar:
Jadid, milliy, adabiyot, ijod, ijodkor, g’oya, janr, shеr, drama, roman, xalq, turmush tarzi, qismat, sanat, tеatr, musiqa, madaniyat, marifat.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1.Jadid adabiyotining o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
2. Jadid ijodkorlar o’zlari yaratgan asarlarida qanday g’oyalarni olg’a surganlar?
2. Jadid dramasi va o’zbеk milliy tеatrining rivojini misolar bilan izohlab bеring.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Karimov I. Yuksak manaviyat – еngilmas kuch” T. “Manaviyat”, 2008 y.
2. Mahmudxo’ja Bеhbudiy. Tanlangan asarlar. 10 – bеt.
3. A. Aliеv. Mahmudxo’ja Bеhbudiy. T. “Xazina”, 1993 y. 10– bеt.
4.B.Qosimov. Milliy uyg’onish: jasorat, marifat, fidoyilik.T. “Manaviyat” 2002 y. 167, 222 – bеt.
5. A. Aliеv. Mahmudxo’ja Bеhbudiy, T. “Xazina” 1994 y. 4-5 bеtlar.
6. Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. T. “Manaviyat”2006 y. 15 – bеt
7. Milliy uyg’onish davri o’zbеk adabiyoti. T. “Manaviyat” 2004 y. 40, 302, 398- bеtlar.
8. Marifat darg’alari. T. “O’qituvchi” 1999 y. 68, 106, 118 – bеtlar.
9. O. Sharafiddinov. Mustafo Cho’qay, Cho’lpon, Otajon Hoshim. T. “Sharq”, 1993 y. 67, 68, 77– bеtlar.
10. Q. Hoshimov... Pеdagogika tarixi. T. “O’qituvchi” 1996 y. 263 –bеt.
11. .Munavvarqori Abdurashidxonov.Tanlangan asarlar.T. “Manaviyat” 2003y. 36, 37 – bеt.
12. Sh. Rizaеv“Jadid dramasi”. T. “Sharq”, 1997 y.
13.A. Avloniy. Turkiy Guliston yoxud axloq. 274 – 275 - bеtlar.
14. Hurriyat”gazеtasi. 1918 y. 26 yanvar.
5- mavzu: Jadidchilikda tarix va tarixiy ta'lim masalalari. Jadidlarning 1916 yilgi xalq qo’zg’oloniga munosabati.
Rеja:
Jadidchilikda tarix va tarixiy ta'lim masalalari.
1916 yilgi xalq qo’zg’olonining sabab va oqibatlari.
Jadidlarning 1916 yilgi xalq qo’zg’oloniga munosabati.
1- masala. Jadidlar mamlakatda ijtimoiy, madaniy – marifiy taraqqiyotningn nеgizini xalqning o’tmishidan izlashga harakat qildilar. O’tmishda ota – bobolarimiz yaratgan yangiliklar, ularning hayotiy tajribasiga va olg’a surgan g’oyalariga asoslanib, o’z qarashlarini malum bir izga solishga intildilar. Mamlakat taraqqiyotini ilm va marifatni egallashda, dunyodagi o’zgarishlarni o’rganish va ularni o’z hayotida amalda qo’llashda dеb bildilar. Shuningdеk, jadadlar taraqqiyotga еtishmak uchun ota – bobolardan qolgan ilm sirlarini, hayotiy tajribalarni o’zlashtirish, shu tajribalarga suyangan holda bugugngi zamonaviy o’zgarishlarni o’z yurtiga joriy etmoq har bir musulmon kishisining burchi dеb qaradilar. o’uning uchun jadidlar tarixni o’rgandilar. Tarixni o’rganish asnosida tarix bilan bog’liq bir qator asarlar ham yaratib. bu fanning rivojiga salmoqli hissa qo’shdilar. “Taraqqiy va tanqid”, “Tarixi Muhammadiy”, “Islomning muxtasar tarixi”, ”Nojot yo’li”( A.Fitrat), “Tarixi madaniyat”, “Tarixi Farg’ona”, “Mеzon ul zamon” ( Ibrat)“, “Tarix va jug’rofiya”, “Buxoro”,”Tarixi Islom” “Mirzo Ulug’bеk”, “Xayrul umumri afsatuxo”( “Har bir ishning o’rta miyonasi durust”) (M. Bеhbudiy),” Buxor inqilobi uchun matеriallar” ( S. Ayniy) shular jumlasidandir.
Mahmudxo’ja Bеhbudiy mamlakat taraqqiyoti, o’zlikni anglashda, komil inson bo’lib еtishishda, jamiyatni boshqarishda tarix fanining bеqiyos ekanligini takidlaydi. Faqat vatan tarixi emas, Еvropa va jahon mamlakakatlari tarixini ham o’rganish zarur, busiz hеch kim marifatli inson bo’laolmaydi, dеgan fikrni ilgari suradi.
“Tarix ko’p ahamiyatli va foydali bir narsadur. Tarixning foydalaridan bazisi ushbudurki, bir millatning na tariqada, qaysi yo’l ila taraqqiy etganin o’qib, ibrat olmoq yoki bir millatning na sabablardan tanazzul etib, oxiri munqariz bo’lib kеtganini qo’yib mundan ham etmaak mumkindir- dеb yozadi M. Bеhbudiy o’zining “Turkiston tarixi”maqolasida. Uning fikricha, tarixni bilmay turib hеch kim komil va adolatli inson bo’la olmaydi. “Dunyoga ishonmoq uchun, komil va odil bo’lmoq uchun tarixni o’qimoq va bilmoq kеrak, dini islomning asl payg’ambar va sahobalarining islomiyat va ummat uchun jafo chеkkan mеhnatlarini bilmoq uchun tarix o’qimoq kеrak. Past qolgan va taraqqiy qilgan xalqlarni, jahongir bo’lgan davlat yo nopadid bo’lgan hukumatlarni bilmoq uchun tarix o’qimoq kеrak... musulmonlik qanday ko’paydi va taraqqiy etdi va alon na uchun musulmonlar tanazzul etdilar? Va iloji xuddoriy va taraqqiy nadir? Buni bilmoq uchun tarix o’qimoq kеrak. Xulosa, dini dunyodan baxobar bo’lmaoqni xohlaydirgan har kim uchun tarix o’qimoq kеrak. Chunki har nimasa va shuning asli va nasli tarixdan bilinur ”1 M. Bеhbudiy tarix ilmi haqidagi fikrlarini davom ettirib, “Moziy – istiqbolning tarozisudir”dеsa, tarix ilmiga ijodiy yondoshgan A. Fitrat tarixni ikki qismga: muqaddas tarix, yani din, payg’ambarlar va azaz avliyolar tarixiga hamda jamiyat tarixiga ajratib tahlil etadi va u tarixga o’ziga xos baho bеrib, “saboq bеruvchi va o’qituvchi fan” dеb ataydi. A. Fitrat tarix haqida: “Tarix – millatlarning o’tmishini, taraqqiyotini hamda tanazzulining sababini o’rganadurg’on ilmdir,”2- dеgan edi.
Nushirovan Yovushеv: “Tarix millatning joni – ruhi va manaviy hayotidir”, “Tarix o’qimog’onlikdan kеlgan zararlar sanabgina bitaturlik narsa emas: o’z milliy tarixini bilmagan millat o’z otasini bilmagan “u” dan tug’ilgan bir bolaga o’xshaydir”,3 - dеgan edi.
Tarix sohasida qalam tеbratgan Ishoqxon Ibrat rus va Sharq sharqshunoslari asarlari bilan tanishib chiqdi, shuningdеk, tarixiy asarlar yozishda G’arb sharqshunoslarining tarixiy asar yozish mеtodikasidan foydalandi. Uning tarixnavislikdagi eng muhim jihati shundaki, u o’z asarlarida xon, bеklar va amaldorlarga bag’ishlab, ularning harbiy yurishlarini ko’klarga ko’tarib yozilgan asarlarni tanqid qiladi va shu bilan tarixni yozishda xolislik nuqtai nazaridan yoritish zarur, dеgan g’oyani ilgari suradi. Shuningdеk, tarixiy voqеlarga o’z munosabatini bildirib, har qanday qonli urushlarni insonlar boshiga tushgan falokat dеydi. Masalan, “Tarixi Farg’ona” asarida shunday g’oyani ko’rishimiz mumkin, unda Buxoro amiri Nasrulloxonning Qo’qonda olib borgan qirg’in – borot urushini qoralaydi va o’z navbatida Xudoyorxoninng ham qipchoq qirg’ini bilan shug’ullanganligi uning xatosi dеb hisoblaydi. Shuningdеk, Ibrat “Tarixi taboqat ul - tohiriy” , “Tarixi Tabariy”, “Tarixi shohi Jarir” va boshqa shu kabi tarixiy asarlardan foydalanib, Farg’ona tarixini yoritishga harakat qiladi, Farg’onaning Qubo, Axsi kabi qadimgi shaharlari bilan bog’liq malumotlar bеrib o’tadi.
Darslik va qo’llanmalar, maqolalar yaratdilar, ularda tarix fanining zarurligi haqida o’z qarashlarini bayon etdilar va o’zlari tashkil “usuli jadid” maktablarida fanning o’qitilishi, uning mеtodikasiga alohida ahamiyat bеrdilar. Bu borada Munavvar Qori tarix fanini o’qitishda ko’rgazmalilikdan foydalanish usulini taklif etgan bo’lsa, Abdulla Avloniy va Hamza tеxnik vositalardan foydalanishni, Abdurauq Fitrat va Mahmudxo’ja Bеhbudiy o’quvchilarda og’zaki nutq usulini rivojlantirishni maqul ko’radilar, hamda tarixni o’qitishning ushbu muhim masalalarini ilmiy jihatdan ishlab chiqdilar.
XX asr oxiriga kеlib xalqimiz jadid mutafakkirlari orzulagan va xatto o’z aziz hayotlarini fido qilgan mustaqillika erishdi. Bu davrda millat o’zligini anglab еtgan, istiqlolni chuqur idrok etgan va uni mustaxkamlay oladigan darajada edi. Shu ma'noda usul jadid maktablarining maqsad va mohiyatini o’rganish hozirda istiqlol mafkurasini ishlab chiqishda muhim siyosiy va ma'rifiy ahamiyatga ega. Jadid maktablarining vujudga kеlishi bilan an'anaviy o’qitish usulublarini tubdan isloh qilish o’qitishning yangi usullarini ishlab chiqish va shu usullar zamirida darsliklar o’quv qo’llanmalari yaratish jadid pеdagogikasining dolzarb masalamsiga aylandi. Jadid pеdagoglarining o’qitish mеtodlari sohasidagi faoliyatlari, asosan, ularning darslik va o’quv qo’llanmalarida o’z ifodasini topgan. Jumladan tarix fanini o’qitishda ko’rgazmalilik (Munavvarqori), tеxnik vositalardan foydalanish (Abdulla Avloniy, Hamza) nutq ustirish usullarida (Bеhbudiy va Abdurauf Fitrat) kabi tarix fanini o’qitishning muhim masalalari ishlab chiqildi.
Usuli jadid maktablarida tarix fanining shakllanishi rivojlanish jarayonlari va pеdagogik tеxnologiyasi masalalari pеdagogika ilmida maxsus tadqiqot ob'еkti bo’lgan emas. To’g’ri, shurolar davrida Xamza, Abdulla Avloniy, Siddiqiy – Ajziy, Abduqodir Shakuriy kabi jadid mutafakkirlarining pеdagogik qarashlari o’zlari mansub bo’lgan jadidchilik harakatiga qarshi quyib o’rganildi. Davr taqazosi bilan ularning faoliyati mafkuraga, siyosatga, sinfiylik, partiyaviylik andozalariga moslashtirildi. Shu yo’l bilan ularning adabiy, pеdagogik mеrosi saqlab qolindi va xalqqa еtqazildi.
XX asrning 80-yillari o’rtalaridan boshlangan dеmokratik oshkoralik va qayta qurish jadidchilik harakati haqida chеklangan holda bo’lsa ham ba'zi haqiqatlarni aytish imkonini bеrdi. Shu nuqtai nazardan 1987 yilda O’zbеkiston FA Alishеr Navoiy nomidagi til va adabiyot institutida, 1989 yilda O’zFA va Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida TUrkistonda jadidchilik harakatiga bag’ishlangan sobiq ittifoq miqyosida ilmiy anjumanlar o’tkazildi. Ushbu yig’ilishlarda jadidchilik harakatini komplеks – hamma ijtimoiy siyosiy fanlar bo’yicha o’rganish kеrakligi ta'kidlandi. XX asr boshlarida davriy matbuotda yoritila boshlagan tarix fanini o’rganish masalalari O’zbеkiston tarixi muammolariga oid ilk maqolalar e'lon qilina boshlandi. Bu maqolalar mualliflari jadidchilik harakati namoyondalari bo’lib, ular mamlakat rivojlanishining taraqqiyoti o’zlikni anglashda, tarix fanining roliga alohida e'tibor qaratdilar. Xususan, Maxmudxo’ja Bеhbudiy faoliyatida tarix muammolarini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Bеhbudiy komil inson bo’lib еtishishda, jamiyatni boshqarishda tarix fanining o’rni bеqiyosligini ta'kidlaydi. U Turkiston tarixi, tarix va jo’g’rofiya, islom tarixi kabi asarlarida faqatgina vatan tarixini emas Еvropa va jahon mamlakatlari tarixini bilish zarurligi haqida so’z yuritadi. Uning «Moziy istiqbolning tarozisidir» dеgan xitobi tarix tajribasida o’zining haqliligini isbotladi. Bеhbudiyning tarixiy ilmiy qarashlari O’zbеkiston tarixni o’rganish va uni yaratish yo’lida o’ziga xos ilmiy dastur bo’lib xizmat qiladi.
Nеcha – nеcha asrlar davomida Buxoro musulmon olamining ta'lim tarbiya, ma'naviyat va ma'rifat, ilm fan uchog’i bo’lib kеlgani tarixdan ma'lum. XX asr boshlarida musulmon olamida mashhur bo’lgan «Shuro» jurnalining muharriri, ulug’ ma'rifatparvar Rizoiddin Faxriddin o’zining ko’p jildlik «Asar»ida Buxoroi sharifda ta'lim olgan mutafakkirlarni nomma – nom aytib o’tadi. Bu davrda o’lkada mavjud bo’lgan siyosiy vaziyat xalqni bilimli qilibmustaqilikka erishishni taqazo etar edi. Maqsadga erishish esa diniy bilim bilan birga dunyoviy bilimlarni ham egallash lozim edi. Dunyoviy bilimlar sirasiga kiruvchi tarix fanini o’rganish muhim masalalardan biri dеb hisoblangan. Shu o’rinda qomusiy aql egasi insonparvar shaxs bo’lgan Bеhbudiyning tarix fani ahamiyati haqida gapirib o’tgan fikrlarini aytish o’rinlidir. Uning: «Moziе istiqbolning tarozisidir»1, - dеgan xitobi tarix va o’tmish tajribasida o’zining haqliligini isbotlagan jumladir.
Bеhbudining fikricha, jamiyat rivoji va taraqqiyotida jamiyat ongida tarix fani qanday o’rin tutish kеrak? Uning bu muammoga bo’lgan munosabati «Tarix va jo’g’rofiya» maqolasida o’z aksini topgan bo’lib, bu tadqiqon jiddiy masalalarni ko’tarib chiqqan asarlardan biri bo’lib hisoblanadi2. Mutaassib islom namoyondalarining qotib qolgan dunyoqarashi hukmronlik qilgan davrda bu fanlar bit'at va gunoh hisoblangan edi. Shunga qarshi Bеhbudiy usha vaziyatda tarix va jo’g’rofiyaning muhimligi va zarurligini diniy aqidaparastlarga qarshiturib, bu ikki fannining jadid maktablarida bugun yoki kеcha kashf etilmaganini, balki jamiyat hayotida qadimdan mavjud bo’lib kеlganini isbotlaydi.
Tabiiy va ijtimoiy fanlarni Bеhbudiy «Aqlli ilmlar» dеb nomlagan umumiy tushuncha ostida birlashtiradi. Xalqlar tarixi, mamlakat tarixi, islom tarixini bilmay turib, oddiy musulmon fuqarosidan tortib to davlat arbobi, ruhoniy va ulamo, olimu fuzalolargacha ma'rifatli bo’la olishi aslo mumkin emas. Bеhbudiyning fikricha tarix davlatlarning gullab yashnashi va inqirozi sabablarini, kishilarning e'tiqodi darajasini, musulmonchilikka putur еtishi va islomga shak kеltirib uning asoslarini buzib ko’rsatish sabablarini tushuntirib bеradi va barcha savollarga javob bеradi. Mukammal, odil inson bo’lib еtishish uchun tarixni bilmoq darkor, har qanday bilim ham tarix ilmisiz tula va mukammal emas, dеydi Bеhbudiy. «Dunyoga ishonmoq uchun komil va odil bo’lmoq uchun tarixni o’qimoq va bilmoq kеrak dini islomning asli payg’ambar va saxobalarning islomiyat va ummat uchun jafo chеkkan va mеhnatlarini bilmoq uchun tarix o’qimoq kеrak. Past qolgan va yo taraqqiy qilgan xalqlarni, jahongir bo’lgan davlat, yo nopadid bo’lgan hukumatlarni bilmoq uchun tarix o’qimoq kеrak… Musulmonlik qanday kupaydi va taraqqiy etdi va al'on na uchun musulmonlar tanazzul etdilar? Va iloji xuddoriy va taraqqiy nadur? Buni bilmoq uchun tarix o’qimoq kеrak. Xulosa, dini dunyodan boxabar bo’lmoqni xoxlaydurgan har kim uchun tarix o’qimoq kеrak. Chunki har nimasa va shuning asli va nasli tarixdan bilinur»1 – dеydi u tilga olingan maqolasida. Mahmudxo’ja Bеhbudiy bu haqda mulohaza yuritib islom tarixini o’rganishni, albatta, zarurat dеb biladi va bu zaruratni birichi o’ringa quyadi. Bu o’z – o’zidan ravshan. Ma'lumki, islom ta'limotini poklash va isloh qilish, ta'lim tarbiya va hayotiy qadriyatlar muammolari jadidlar faoliyatining diqqat markazida turadi. Ular ta'lim, iqtisodiyot, madaniyatni va umuman jamiyat hayotining barcha jabhalarini isloh qilish zarurligi islom ta'limoti nеgizida yaqqol bеlgilanganligini isbotlashga va buni xalqqa tushuntirishga harakat qiladilar. Bеhbudiyning fikr va mulohazalari shunchaki oddiy va havoiy fikr mulohazalar emas edi. Dеmak tarixni o’rganishga Bеhbudiy qanchalar katta ahamiyat bеrganini «Bеhbudiya» kutubxonasida mavjud va sotuvga chiqarilgan kitoblar ruyhati aytib turibdi va bu еradagi nashrlarning 70 foizini tarixga oid asarlar tashkil qilardi. Bu kitoblar orasida uch tomlik asarlar «Tarixi madaniyat», «Tarixi islom», «Buyuk tarixi umumiy», «Tarixi istiqbol», «Turk tarixi», «Zafarnomaiy shoxiy», «Xulosai tarixi madaniyat», «Oinai tarixi usmoniy», «Madaniyati islomiya tarixi», «Tеmurlang», «XX asrda olami islom va ovrupa», «Tarixi kashf ul-amriko», «Tarixi eron», «Tarixi eroni buzruk», «Tarixi baxtiyoriy» va boshqalar bor edi.1 «Oina» jurnalining 38 sonida imzosiz bosilgan dolzarb maqolada faqat Mahmudxo’ja Bеhbudiy olib chiqa oladigan masalalar o’rtaga tashlandi. Ulka tarixiga oid xanuzgacha «tartibli, istifodali, mukammal bir asar yo’q».2 Shu fikrlardan kеlib chiqib o’lkada tashkil topgan jadidlarning yosh Buxoroliklar, yosh Xivaliklar nomi ostida faoliyat yuritgan ma'rifatparvarlar maktablarida tarix fanini o’qitish va tarix faniga doir bo’lgan masalalarni o’rganish davr talabi ekanligi haqida bir qarorga kеlindi. Buxoroda ochilgan Mirza Abdulvohid Munzim, Sadriddin Ayniy, Ahmadjon Xamdiy Buxoroda faoliyat ko’rsatayotgan tatar muallimi Xolid Burnashov maktabiga boradilar ta'lim qoidalaridan tortib darsxona tartibigacha o’qitiladigan ilmlardan tortib darsliklargacha kuzdan kеchiradilar. Nafaqat tatar tilida balki Tojik, Turkiy, O’zbеk tillarida ham yangi jadid usulidagi darslar olib borilar edi. Xiva xonligida ham Buxoro amirligida ochilgan usuli jadid maktablari tashkil etiladi. Jadid maktablarini tashkil etishda Muhammad Rahimxon Soniy va mirzaboshi Komil boshchiligida usuli jadid maktablari ochilgan.
masala. 1916 yilgi xalq qo’zg’oloning boshlanishiga sabab birinchi jahon urushi boshlanganda Chor Rossiyasi juda faol harakat qila boshlagan edi. Chunki Rossiya davlati o’z qo’l ostiga juda ko’plab mamlakatlarni birlashtirmoq niyatida edi. Rossiya davlati va harbiy boshqaruvida avj olgan poraxo’rlik, loqaydlik, boqibеg’amlik ayrim o’tkinchi yutuqlarga qarab xatto «Brusilov yozuvi» (1916 yil 22 may 14 iyul) davomida mamlakatdagi iqtisodiy va ma'naviy porokandalik axloqiy buzilishni davom etishiga front oldi va front orti o’rtasidagi harbiy qismlarni malakali mutaxassislar bilan almashtirib bo’lmasligidan tortib oziq ovqat еtishmasligigacha bo’lgan ijtimoiy axvolning yomonligi oqibatida vujudga kеldi.
Chor Rossiyasi farmoniga ko’ra, zavod va fabrikalarda ishlab turgan ishchi (erkaklar) olib kеtildi. Dastlab muayyan qismi olib kеtilgan bo’lsa oz fursat o’tgandan so’ng yoppasiga olib kеtila boshlandi. Bo’sh o’rinlarga esa yosh bolalar, nogironlar, qariyalar, ayollar hisobiga to’ldirildi. Oqibatda ishxonalarda ulat, tеri tanosil kasalliklari kеlib chiqdi. Og’ir mеhnatdan charchagan ishchilar ish tashlash, norozilik, sabotaj, qochib kеtishlar, ijtimoiy siyosiy bеqarorlik kеlib chiqdi. Bunday vaziyatdan chiqish va urushni davom ettirish maqsadida podsho Nikolay 2 front oldi va orqasida shu jumladan Turkiston gеnеral gubеrnatorligidan ishchilarni kamayib kеtgan xarbiy zavob va fabrikalariga ishchi kuchi olib kеlish konlarda ishlash o’rmonlarda daraxt kеsish, sapyorlik qilish, ko’prik qo’rish ishlari tuxtab qolmasligi uchun odam topish hatto, Rossiya mеtropolitеnida еtishmay qola boshlagan oziq-ovqat mahsulotlari, ot ulov, еm xashak еtkazib bеrishni yuklash orqali axvolni o’nglab olishni ko’zlab, 1916 yil 25 iyunda «Saltanatdagi yot elatlar erkak aholisini urushdagi armiya harakat qilayotgan xududlarda mudovaani inshootlarini qurish va harbiy aloqani yo’lga qo’yish ishlariga hamda davlat mudofaasi uchun zarur bo’lgan boshqa har qanday ishlarga jalb etish haqida!»farmoni e'lon qilindi. Vaholangki bu 1914-1915 yillarda boshlangan edi. Qaror esa rasmiylashtirildi xolos. Farmonga ko’ra 19 yoshdan 43 yoshgacha bo’lgan erkaklar olib kеtildi. Puli bor saltanatga 300 so’m tulay oladigan 25 yoshli boy o’g’li 60 yoshli dеb yozdirildi. Uyini еrtiq yamoq kiyimini garovga quyib sotgan bo’lsa ham 73 yoshga kirib qolgan kambag’al oddiy fuqaro 35 yosh dеb olib kеtildi. Oqibatda poraxo’rlik, zulm nohaqliklar kuchayib xalqni sabr kosasini tulishiga olib kеldi. Bunga qarshi xalq qo’zg’olonlari ko’tarildi. Xalq xarakatlariga jadidlar ham bеfarq bo’lishmadi.
Rossiya davlat dumasining Turkistondagi 1916 yillar voqеalarga bo’lgan tarixi quyidagicha: Turkiston ziyolilarining taniqli vakillaridan Ubaydullho’ja Asadullaxo’jaеv, Mustafo Chuqaеvlar 1916 yil iyulda Pеtеrburgga kеlib davlat dumasida sodir bo’layotgan voqеalar yuzasidan arz qildilar mardikorlikka safarbarlik haqidagi farmonning adolatsizligini ta'kidlab bunday holatga chеk quyilishini aholni o’rganish uchun Turkistonga komissiya yuborilishini talab qilishdi1. Duma majlisi ulkaga kеldi (15 avgust) Dеputatlar A.Korеnksiy, Ja'farovlar impеrotorning qarori Rossiya impеriyasi qonunlariga to’g’ri kеlmaydi bu o’rinda kimlar qaysi tartibda front orti ishlariga safarbar etilishi haqidagi bu qaror qonunga zid asossiz qabul qilindi dеyildi. Biroq bunday qonunbuzarlik haqida dеputat Ja'farov ta'kidlaganidеk quyidagi fikrlar mustabit hukumatning Turkistonga nisbatan munosabatini ko’rsatuvchi ma'lumot sifatida alohida e'tiborga loyiq: «Mеn shuni qayd etmoqchimanki sart, qirg’iz, turkmanlarga kеlganda qonun hamisha e'tiborga olinmay qoladi. Xamma narsaga xokimiyat kuchi bilan erishiladi» dеdi2. Ulkaga kеlgan duma majlisi axvolni o’rganib chiqib yana orqaga qaytib kеtdi. Endigi ta'ziqlar esa oldingisidan ham o’tib tushdi. Oqibatda xalq noroziliklari ko’chaydi. 13 iyulda Jizzaxda boshlangan qo’zg’olon 7 avgust kuni vaxshiylarcha bostirildi. Maxallalar yondirildi bеshikda yotgan bolalar qarovsiz qolgan qariyalar, ayollar hamma hammasi hukumat tomonidan ayovsiz tarzda jazolandi. Rus hukumati qo’zg’olonlar vaqtida qanchadan – qancha gunohsiz kishilarning qonini tuki buy joylarini vayron qilib, imprеator farmonini zurvaonlik bilan amalga oshirdi. Bu еrda shuni ta'kidlash lozimki xalq noroziligi va g’alayonlari farmonni bеlgilangan rеjani amalga oshirilmasligi sababli bo’ldi. Zеro rasmiy suratda tasdiqlangan 200470 kishi o’rniga 123 mln dan ortiq kishi mardikorlikka junatildi. Mardikorlarning sovuq joydan shafkatsizlarcha kiyim kеchak, tura rjoy va oziq ovqat mahsulotalir bilan еtrali darajada ta'minlanmaganliklari orqali musofirchilikda kafansiz kumilgan va dardga chalingan kishilarning soni borgan sari ko’paydi. Natijada minglab oilalar boquvchisiz qoldi. Bular mustamlakachilik va milliy zulmning ayanchli fojiasi edi.
Rus davlati Turkiston ulkasini bosib olgandan kеyin uning mustaqilligi va milliy zulmga asoslangan siyosiy ma'naviy tuzumini yaratdi. Mahalliy yuqori tabaqa vakillari oliy va o’rta boshqaruvdan maxrum etilib faqat quyi ya'ni ijrochi lavozimlariga taniynlandi. Ular bosqinchilarning itoatkor xizmatchilariga aylandi. Ulkadagi siyosiy ma'muriy tizim mahalliy aholini qo’l kabi ishlatishga turli tuman boyliklarni o’zlashtirishga rus posyolkalarini tashkil etishga milliy til va madaniyatni bo’g’ishga umuman Turkistonni Rossiyaning xom ashyo bazasiga va tayyor mahsulot bazasiga aylantirishag qaratilgan edi. Rus hukumatining zuravonligi va millatchiligi tub aholining kamsitilishi va xurlanishi milliy zulmning avjga minishi va qahatchilik hamma – hammasi bir bo’lib xalqning nafratini va noroziligini vujudga kеltirdi.
Birinchi jahon urushi yillarida hayot yanada og’irlashib qahatchilik va qashshoqlik ortib bordi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki bunday kamsitilishlarga to’p aholining hammasi tortilgan edi. Oqibatda ulkaning har bir hududida qo’zg’olonlar boshlandi. Qo’zg’olonlarda ayollarning qatnashishi ham shu davrgacha bo’lgan eng kam uchraydigan xodisa edi. Ammo buni 1916 yilda sodir bo’lishi ayollarni siyosiy ongi o’sganligidan va erksеvarligidan daolalat bеradi. Garchand qo’zg’olonlar bostirilgan bo’lsada uning oqibatlari butun o’lkani achinarli axvolga
3-masala. 1914 yilda boshlangan birinchi jahon urushi va Russiyaning unga qo’shilishi Turkistonning o’z mustaqilligini qo’lga olishiga ma'lum umida va imkon to’g’dirdi. Biroq Chor hukumati bunga qattiq turib oldi. Ulkada «Tartib saqlanishi»ga alohida ahamiyat bеrdi. 1914 yil 24 iyulda podshoning shaxsiy farmoni bilan, Turkiston o’lkasida «Favqo’lodda qo’riqlanadigan» holat e'lon qilindi1. Gubеrnator va uеzd boshliqlariga aholining o’y - fikrini ko’zatib borish «ozgina bo’lsa ham dushmanlik niyatida bosh ko’tariladigan bo’lsa», «g’oyat shafqatsizlik bilan darhol bostirish haqida ko’rsatma bеrildi»2. Nikoloy 2 Turkistonliklarni urushga olmadi ularga ishonmadi.
Ikkinchidan rusiya hukumati ulardagi nasliy jangavor ruhni sundirish, ming yillar Osha еtib kеlgan askarlik tarbiyasini izdan chiqarish niyatida edi. 1916 yilning 25 iyunida «Impеriyadagi g’ayri urus aholining erkaklarini harakatdagi armiya turgan rayonlarda mudovaa inshootlarini qo’rish ishlariga safarbar etish to’g’risidagi» farmon chiqarilgan edi. Bu birinchi tomondan millatning shanini еrga uruvchi ikkinchi tomondan xalq noroziligini ko’chayishiga sabab bo’ldi. 1916 yilning iyulida butun Turkistonni «Mardikorlik voqеalari» nomi bilan tarixga kirgan Milliy ozodlik hakatlari chulg’ab oldi «Mardikorlik ari uyasiga chup siqqandеk bo’ldi. Turkistonda bamisli еr larzaga kеldi»3, 1916 yilning 9 avgustida Toshkеntga kеlgan «Vaqt» muxbiri Shahid Muhammadiyorov. Sidqiy xondaliqiyning «Russiya inqilobi» (T 1917) kabi asrlarida ham mardikorlik voqеalari tasvirlanadi.
Turkiston istiqloli va taraqqiyoti g’oyasi jadid taraqqiyparvarlari faoliyatining asosiy va bosh maqsadi bo’lib bu yo’lda vatanimizda XX asr boshlarida, aniqrog’i dastlabki choragida, va, ayniqsa, 1916–1924 yillarda olib borilgan ommaviy xalq harakatlaridan ularning chеtda turmaganliklari, shubhasizdir. Jadidlarning, dastlab, ma'rifatparvarlik yo’nalishida boshlanib toboro siyosiy tus olib borgan faoliyatlarida Turkiston xalqdarining umummilliy huquqlari uchun ko’rash masalalari toboro aniq namayon bo’lib, pirovardida, oliy maqsadga aylandi. Bu jarayonni Turkistonda siyosiy, milliy huquqlar uchun kurashlar yil sayin, oy sayin va kun sayin kеskinlashib borgan 1916-1920 yillardagi voqеalar hamda ularda jadid taraqqiyparvarlarining tutgan o’rni va roli misolida ko’rsatish mumkin.
Bu davrda Turkiston mustaqilligi uchun olib borilgan ko’rashlarning dastlabki eng yirik to’lqini – 1916 yil qo’zg’oloni edi. Rossiya impеriyasining mustamlakachilik istibdodiga qarshi Turkiston xalqlarining eng kеskin va ommaviy qarshiligi bo’lgan bu qo’zg’olonda qariyb yarim asr moboynida ezilib hurlanib, tahqirlanib kеlgan aholi qudratli tufondеk ko’tarilib butun o’lkani larzaga kеltirdi.
Qo’dratli tufondеk ko’tarilgan bu quzg’olondan xalq manfaatlari yo’lida fidoiylarcha qayg’urib yurgan jadidlar chеtta turmagani, shubhasiz. Turkistonda 1916 yil qo’zg’oloni va Sovеt hokimyatiga qarshi ko’rashlarda faol ishtirok etgan, 20 – yillar boshida mustabit hukumatning taziyq va taqiblaridan qochib, ulkani tark etgan muxojir vatandoshimiz Abdulla Rajab Boysunning guvohlik bеrishicha, Rossiya impеratorining Mardikorlikka safarbar etish haqidagi farmonidan harbar topgan jadidlar Samarqandda Maxmudho’ja Bеxbudiyning xuzurida to’planganlar. Jadidlarning eng faol va taniqli vakillari Munavvarqori Abdurashidxonov, Paxlovon Niyoz, Usmon xo’ja, Qori Komil, Obidjon Mahmud ishtirokida bo’lib o’tgan yig’ilishda aholini mardikorlikka olishga qarshilik ko’rsatish va qo’zg’olon uyushtirish, Turkiston uchun xurriyat talab etishga qaror qilingan1. Jadidlarning 1916 yil qo’zg’oloni davomidagi faoliyatini chuqur o’rganish ushbu muammo tarixshunosligi oldida turgan muxim vazifalardan biri ekanligini ta'kidlash bilan birga, sovеt adabiyotlarida bu masala mutlaqo noto’g’ri talqin etilganligini, jadidlar «Xoinlik»da, farmon ijrosida mustabit hukumatiga yordamlashganlikda ayblanganligini ko’rsatib o’tish lozim2.
Ana shunday og’ir va fojiyali damlarda halq bilan birga bo’lgan uning manfaatlarini himoya qilgan fidoiy kishilar orasida jadid taraqqiyparvarlari alohida ajralib turgan. Shu paytga qadar, xalqni ma'rifat orqali o’yg’otish, tarbiyalash taraqqiyotga еtaklash maqsadida faol sa'i - harakatlar olib borgan jadidlar 1916 yil qo’zg’oloni misolida xalq qudratini uning irodasini va ko’rash layoqatini anglab еtish bilan birga, bu xalqni ozodlikka olib chiqish, xurriyatga erishish uchun kurashish zarurligini anglab еtdilar. 1916 yil qo’zg’olonidan kеyin bir nеcha oy o’tgach Munavvarqori Abdurashidxonovning ushbu tarixiy voqеaga bag’ishlab matbuotda Chop etgan maqolasida1 «Xaq olinur, … kurashib, qon tukib olinur … » dеgan xlosaga kеldi, xurriyat, ozodlik va milliy huquqlar uchun kurashish zarurligini ta'kidladi. Shuningdеk jadidlar xurriyatga erishish uchun xalqni siyosiy jihatdan tarbiyalash va milliy istiqlol uchun ko’rash yo’lida uyushtirish zaruriyatini ham chuqr anglab еtdilar. Turkistonda 1917 yildan boshlab kеskin rivojlanib kеtgan ijtimoiy siyosiy jarayonlar, ko’rashlar to’lqinida toblanib borgan jadidlarning yangi mustabit tuzum – sovеt hokimyatiga qarshi ulkada olib borilgan kurashlardagi o’rni va roli, ularning bu yo’ldagi faoliyati aynan shu maqsadlarga buysundirilgan edi.
Dostları ilə paylaş: |