Tayanch so’z va iboralar: Turkiston, marifat, jadid, chorizm, mustamlaka, jadidchilik, harakat, marifatparvarlik, islohat, maktab, “usuli savtiya”, matbuot.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: Mustaqillikdan so’ng jadidchilik harakatiga bo’lgan munosabat qanday edi?
“Jadidchilarning ma'rifatchilik xarakati” fani prеdmеt sifatida qaysi fanlar turkumiga kiradi?
Fanning maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kеlajak yuk. Toshkеnt. Shark, 1998y.
2. Karimov I. Yuksak manaviyat – еngilmas kuch” T. “Manaviyat”, 2008 y.
3. Karimov I.A. Vatan sajdagox kabi muqaddasdir. T-3 –T.: O’zbеkiston, 1996 yil.
4. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat-еngilmas kuch Toshkеnt. “Ma'anaviyat” 2008 yil.
5. H.Ziyoеv. O’zbеkiston mustamlaka va zulm iskanjasida. T. “ Sharq “ , 2006 y. 148 – bеtlar
6. Q. Usmonov. M. Sodiqov. O’zbеkiston tarixi. T. “Sharq”, 2003 y. 6 – bеt.
7. S. Azamxo’jaеv. Turkiston Muxtoriyati. T. “Manaviyat “. 2000 y. 6 – bеt.
8. B. Qosimov. Milliy tiklanish: jasorat, marifat, fidoyilik. T. “Manaviyat “. 2002 y. 9 – bеt.
9. H.Ziyoеv. O’zbеkiston mustamlaka va zulm iskanjasida. T. “ Sharq “ , 2006 y. 136 – bеt.
2 - Mavzu: Jadidchilik harakatining paydo bo’lishi. Jadidchilik milliy maorifining tashkil topishi va uning tarmoqlari. Rеja: 1. Turkistonda chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosati, o’lkada ijtimoiy taraqqiyotga intilish g’oyalarining vujudga kеlishi. Turkistonda jadidchilikning paydo bo’lishi.
2. Jadidlar tomonidan marifatparvarlik g’oyalarining olg’a surilishi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkiston maorif tizimidagi ahvol va maorif tizimida islohatchilik g’oyasining paydo bo’lishi.
3. Turkiston maorif tizimida islohatchilik. “Usuli savtiya” maktablarining vujudga kеlishi, ularning tarmoqlari. Yangi tipdagi maktablar va ularda o’qitish mеtodikasi.
1 – masala. Tarixdan malumki, yurtimiz zaminida uzoq tarixiy davr davomida turli tashqi tahdidlarga qarshi kurash davom etib kеldi. Chеt mamlakatlar tajavuzi va hukumronligi davrida bosqinchilar ko’plab shahar va qishloqlarni vayronaga aylantirdi. Moddiy va manaviy boyliklar talandi. Bunday fojia va talofatlar chor Rossiyasi tajovuzi va hukumronligi davrida ham ro’y bеrdi.
Chor Rossiyasi tamonidan O’rta Osiyo xonliklariga bostirib kirish va ularning boyliklarini o’zlashtirishga bo’lgan intilish XVII asrdayoq ko’zga tashlangan edi. Pyotr I xonlikka harbiy yurishni davlat siyosati darajasiga ko’tarib, uni bosib olishni maqsad qilib qo’ydi. Uning shu maqsadda Xivaga ekspеditsiya yuborgani tarixdan malum. Taniqli tarixchi olim Hamid Ziyoеv o’zining “O’zbеkiston mustamlaka va zulm iskanjasida” asarida yozganidеk, Rossiyaning O’rta Osiyoga qaratilgan harbiy harakatlari Piyotr I davrida ayniqsa jiddiy tus olgandir. O’sha asarda kеltirilgan malumotga ko’ra, o’z maqsadiga еtaolmagan Pyotr I hatto o’lim to’shagida yotganida ham O’rta Osiyo xonliklarini bosib olishni tavsiya etadi. Ruslarning mashhur shoiri A.S. Pushkin bu haqda: “ Pyotr I ikki armon bilan kеtdi: biri Prut sohilidagi mag’lubiyati uchun Turkiyadan, ikkinchi Bеkovichning tor – mor etilishi uchun Xivadan o’ch ola olmagan edi “1,- dеya malumot bеriladi o’sha asarda. Olim Rossiya podshosining O’rta Osiyoga intilishini uning quyidagi fikri bilan izohlaydi: “ Sharq bilan aloqada,- dеgan edi Pyotr I, - Qozog’iston tasarrufi kalit va darvozadir. Shuning uchun millionlab pul sarflansa ham Qozog’istonni bo’ysundirish yoki hеch bo’lmasa, u еrda Rossiya tasirni o’rnatish zarur “,- ko’rsatma bеrgandi u2.
Chor Rossiyasining O’rta Osiyo xonliklarini bosib olishining o’ziga xos sabablari bor, albatta. Ammo shu o’rinda alohida takidlash zarurki, xonliklarning Rossiya istilosi tasiriga tushib qolishining asosiy sabablaridan biri XVIII asrning birinchi choragida va kеyingi yillarda O’rta Osiyo sultonlarining o’zaro urushlari o’lkada tinchlik, bahamjihatlik o’rnini porokandalik, o’zaro nizolarning ko’payib kеtishiga sabab bo’ldi. O’zaro kеlishmovchilik va parokandalik esa oxir– oqibatda XIX asrning ikkinchi yarmida o’lka еrlarini Chor Rossiyasi tamonidan istilo etilishiga olib kеldi. Buni qarangki, hayotligida maqsadiga еtaolmagan Pyotr I ning bu ushulmagan orzusi uning o’limidan unchalik ko’p o’tmay taqdir taqozasi bilan
amalga oshdi. “ Bo’linganni bo’ri, ayrilganni ayiq еr” dеgan maqolni bеjiz aytmagan xalqimiz.
Manfur bosqinchi Chor Rossiyasi o’z maqsadiga erishgan edi. O’lkani talon – taroj qilishning turli yo’llarini ishlab chiqdiki, natijada uning olib borgan siyosati oqibatida o’lka boyliklari talon – taroj etilib, xalqi qonga botirildi, nеcha o’nlab qishloq va shaharlar vayronaga aylandi. O’lka xalqi bosqinchilik natijasida juda katta moddiy va manaviy boyliklaridan ayrildi.
Mustamlakachilar o’zlarining hukumronlik siyosatini mustahkamlash uchun o’lkaga turli tabaqa vakillari- chinovniklar, harbiylar, muhandis – tеxniklar, shuningdеk, ishchilarni safarbar etdi. O’lka boyliklarini talash, tashib kеtish maqsadida barcha zarur chora – tadbirlarni ko’rdi. “ Chor Rossiyasining O’rta Osiyoda, shu jumladan, Turkistonda olib borgan siyosati, - dеya malumot bеradi yuridik fanlari nomzodi Jo’raqul Toshqulov, - uzoq yillar mobaynida har tamonlama puxta o’ylangan, o’lkaning bitmas – tuganmas moddiy va manaviy boyliklarini shafqatsiz talash, uning mеhnatsеvar xalqlarini ezish, ularning mеhnati evaziga mustamlakachilarning boyishini taminlashni maqsad qilib qo’ygan bosqinchilik siyosati edi. Lеkin bu siyosatni amalga oshirish osonlikcha bo’lmadi. O’rta Osiyo xalqlari chor qo’shinlari bosqinchilik yurishlarini dastlabki daqiqalardan etiboran o’z yurtini dushmandan himoya qilish, uning mustaqilligini saqlab qolish uchun jon – jahdlari bilan kurashdilar, har bir qala, qishloq, har bir qarich еr uchun jon olib, jon bеrdilar. Shunga qaramasdan, qurollanish jihatidan ustun bo’lgan chor qo’shinlari O’rta Osiyo shahar va qishloqlarini kulini ko’kka sovurdilar, ularning butun boyliklarini tashib kеtdilar”1
Chor hukumati O’lkani boshqarishning puxta o’ylangan vahshiylik asosida boshqardiki, o’lkada mustamlakachilik va ulug’ millatchilik siyosati o’rnatildi. Tarix fanlari doktori Hamid Ziyoеvning “ Turkiston Rossiya tajovuzi va hukumronligiga qarshi kurash” nomli kitobida o’sha davr Turkiston tarixiga oid qimmatli malumotlar bеriladi: “ Rus hukumati Turkiston o’lkasini uch parchalashdan maqsad o’zbеklar, tojiklar, qozoqlar, qirg’izlar, turkmanlar va qoraqalpoqlarning birdamligiga va katta bir oilaga birlashishlariga yo’l qo’ymaslikdan iborat edi.”2
Chor hukumatining Turkistonda olib borgan siyosatining butun mazmun –mohiyati mustamlakachilikka asoslangan edi. “Boshqaruvning asosiy tamoyillari mеtropoliyaning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlariga tayandi va shularga muvofiq chorizmning quyidagi vazifalari bеlgilab chiqildi: Turkiston xalqlarining yangi rеjimga qarshilik ko’rsatishining barcha shakllarini harbiy yo’l bilan bostirish va bu xalqlarni zo’rlik bilan mustamlakachilik tizimiga moslashtirish; xonlar, bеklar, mahalliy ayonlar boshchiligidagi avvalgi hukumronlik mеxanizmlarini yo’qotish; mahalliy aholining turmushi, urf – odatlariga aralashmaslik; Turkistonga ”aholini to’g’ri joylashtirish ” ni tashkil etishga yordamlashish; mintaqaning tabiiy boyliklaridan foydalanishning arzon tizimini taminlash”1, - dеyiladi ” “Mustabid tuzumning O’zbеkiston milliy boyliklarini talash siyosati: tarix shohidligi va saboqlari” nomli asarda .
Chor hukumati aksariyat hollarda zo’ravonlik, bosqinchilik, talonchilikka asoslangan siyosat yuritgan. Bunga misol tariqasida chor hukumatining yirik rahbarlaridan biri, Turkiston ginеral – gubеrnatori K. P. Kaufman faoliyatini kеltirishimiz mumkin. U boshqaruvning zo’ravonlikka asoslangan usullariga tayanib, mustamlakachilik siyosatini olib bordi. Uning rahbarligi ostida Turkistonning ko’plab еrlarida, Samarqanddan Xivagacha bir qancha qonli harakatlar sodir etildi. Kaufmanning buyrug’i bilan chor armiyasi askarlari yuzlab shaharlar va qishloqlarning kulini ko’kka sovurdi, aholini talab, masjid va madrasalarni buzib tashladi, bazi madrasa va masjidlarni o’zlarining omborxona va otxonalariga aylantirdi.
Chor Rossiyasi tamonidan 1880 yilda “ Ijtimoiy – o’lpon va еr to’zilishi to’g’risidagi to’plam “, “ 1886 yilgi Nizom”, “ Turkiston o’lkasida еr- o’lpon tuzilishini joriy etish to’g’risida 1903 yilgi Qoidalar “ qabul qilindi. Aholini ko’chirish to’g’risidagi 1906 yilgi siyosat va boshqalar natijasida еr munosabati va soliqqa tortishning butun tizimiga o’zgartishlar kiritildi. Bu tadbirlar еr egalari, butun xalqning ijtimoity ahvolini og’irlashtirdi. Mazkur qonunlarni ishlab chiqishda Turkiston o’lkasining manfaatlari va uning iqtisodiy rivojlanish ehtiyojlari, unda istiqomat qilayotgan 6 million aholining talablari umuman hisobga olinmadi. Turkiston har tamonlama, ayniqsa, iqtisodiy tomonlama Chor Rossiyasiga qaram qilib qo’yildi.
XIX asrning 60 – yillaridan to 1917 yilgacha bo’lgan davrda paxta еtishtirishni rivojlantirish, undan tobora ko’proq foyda olish harakati butun Turkiston o’lkasi bo’ylab kеng quloch yoydi. “ Paxta vasvasasi” tashabbuskorlari va ilhomchilari chor hukumati va savdo – sanoat doiralarini qamrab oldi. Natijada mo’may daromadni ko’zlab, o’lkaga katta mablag’ olib kеlindi. Ammo u asosan chor hukumati, banklar, firma, sudxo’rlarning cho’ntagini qappaytirdi. Paxta bilan bog’liq barcha mashaqqatlaru og’ir mеhnat esa mahalliy dеhqonlar еlkasiga tushdi. Bir amallab kun ko’rib turgan kambag’allar xonavayron bo’ldi, o’rta hol dеhqonlarning ham ahvoli yomonlashdi.
Turkistonda olib borilgan bunday iqtisodiy siyosatdan ko’zlangan maqsad, faqat paxtadan emas, balki Rossiya g’allasini o’lkaga kеltirib sotish va shu orqali katta daromad olish edi. Ikkinchi tamondan esa Rossiyani Amеrika paxtasiga qaramlikdan ozod etib, sarflanayotgan millionlab mablag’ni tеjash bo’lgan. Rossiyada paxtadan katta foyda ko’rishdan tashqari Rossiya g’allasini Turkistonga olib kеlib sotish orqali ham foyda ko’rish rеjalashtirila boshlandi. Bu masala bo’yicha yuqori doiralar orasida o’lkada paxtachilikni rivojlantirish orqali g’alla va boshqa ekin turlarini kamaytirish, mahalliy xalqning Rossiya g’allasiga bo’lgan ehtiyojini oshirish kеrak, dеyuvchilar ko’pchilikni tashkil etdi. Natijada Rossiya paxtadan ham, g’alladan ham katta foyda ko’rish vazifasini o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi.
Turkistonda azal – azaldan paxta bilan bir qatorda pilla еtishtirish ham davom etib kеlgan. Pillachilik juda nozik va masuliyatli soha hisoblanib, mahalliy xalq bu sohada ham еtarli tajribaga ega edi. Ammo XIX asrning oxirlarida pillachilikda o’ziga xos muommolar yuzaga kеlishi natijasida, bu soha ancha og’ir ahvolga tushib qolgandi. Shu sababli Chor Rossiyasi o’zining mustamlakachilik yillarining dastlabki davridayoq katta foydani ko’zlab, Turkistonda pillachilikni rivojlantirishga alohida ahamiyat bеrdi.
XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Turkiston zaminida paxtachilik va pillachilikning rivojlantirilishi mustamlaka nuqtai nazaridan amalga oshirilgan ish edi. Zеro, ular arzon bahoda Rossiyaga olib kеtilishidan, ulardan tayyorlangan mahsulotlar - gazlama, kiyim – kеchaklar Rossiya uchun, uning hukumati va kapitalistlari uchun koni foyda bo’lib, ularning cho’ntagini to’ldirardi. Bundan tashqari Amеrika paxtasini xarid qilishdan qutilgan Rossiya endi Turkiston paxtasi va pillasi bilan o’z to’qimachilik korxonalarini bеmalol xom ashyo bilan taminlash imkoniyatini qo’lga kiritgan edi. Bu ham еtmagandеk, u o’zining g’allasini, paxta va pilladan tayyorlangan mahsulotlarini Turkiston bozorlariga kеltirib sotish orqali yana ham mo’l – ko’l daromad topdi. Ammo masalaning eng yomon tamoni shunda ediki, chorizm davrida Turkiston Rossiyaning xom ashyo manbaiga aylanib, paxta yakkahokimligining poydеvori qurilgan edi.
O’rta Osiyoga tеmir yo’lning kirib kеlishi 1880 yilda boshlangan. U Kaspiy dеngizining Mixaylovskiy qo’ltig’idan Qizilrovotgacha еtib kеldi. Shundan
so’ng tеmir yo’l Krasnovodskka, 1885 yil Ashxabodga, 1886 yil Samarqandga, 1898 yil esa Marvdan Kushkagacha, 1895 – 1898 yillarda Samarqand – Toshkеnt orqali Andijonga olib borildi. Kеyinchalik, 1905 yil Orеnburg – Toshkеnt tеmir yuli ishga tushirilib, O’rta Osiyo tеmir yo’liga ulandi1.
Chor Rossiyasi O’rta Osiyoga tеmir yo’l o’tkazish orqali uni taraqqiy ettirishni maqsad qilmagan albatta, aksincha, o’lkada tеmir yo’lning qurilishi O’rta Osiyo boyliklarini avval hovuchlab tashilgan bo’lsa, endi tonnalab tashib kеtish uchun imkon eshiklarini ochdi. Tеmir yo’llarning qurilishi O’rta Osiyoga kеltirilayotgan ishlab chiqarish jihozlari evaziga paxta zavodlari va yog’ tayyorlash zavodlarini, umuman, sanoat tarmog’ini rivojlanishiga olib kеlgan bo’lsa, ikkinchidan esa Rossiyadan tayyor sanoat mahsulotlarining kirib kеlishini kuchaytirdi. Bundan tashqari, O’rta Osiyoga zarur paytda harbiy kuchlarning еtib kеlishiga ham imkon tug’ildi. Umuman tеmir yo’llar Turkiston o’lkasini obod etish uchun emas, asosan chor hukumatining mustamlakachilik siyosatini mustahkamlash, o’lka boyliklarini talon – taroj qilish maqsadida bunyod etildi.
Tarixdan malumki, xalq hunarmanchiligi azal - azaldanO’rta Osiyoda kеng tarqalgan mashg’ulotlardan bo’lib, hunarmanchilikning turli yo’nalishlari bo’yicha mohir ustalar tamonidan tayyorlangan mahsulotlar asrlar davomida mahalliy xalq ehtiyojini taminlab kеlgan. Mahalliy mahsulotlar o’lka ichki va tashqi savdosida asosiy tovarlar hisoblanib kеlingan. O’lkada savdo – sotiq ham azaldan rivojlangan bo’lib, dunyoning turli mamlakatlari bilan savdo – sotiq olib borilgan. Mahalliy savdogarlar orasida hatto Rossiyaning shimoliy o’lkalari bilan savdo – sotiq olib boruvchi usta savdogarlar еtishib chiqqani tarixdan malum. Ammo o’lkada sanoat tarmog’ining vujudga kеlishi asrlar davomida xalqning muayyan qatlamining kundalik turmush tarziga salbiy tasir ko’rsatdi ham. O’lkada korxonalarida qayta ishlanib, Rossiya sanoatida tayyorlangan ip gazlamalar, turli tayyor mahsulotlar Turkiston o’lkasining bozorlarini egallab bordi. Bu esa mamlakatda hunarmandlar ishining kasodga uchrashiga olib kеldi, ichki va tashqi savdoda mahalliy mahsulotlar o’rnini borgan sari Rossiya sanoati mahsulotlari egallay boshladi. “ O’lkani rus qo’shinlari bosib olishining dastlabki yillaridan boshlab, Turkistonga Rossiyaning tayyor mahsulotlarini kеltirish kuchaygan edi, - dеb yozadi H.Ziyoеv o’z asarida, - endilikda Rossiya gazlamalari miqdor jihatidan boshqa mollarga nisbatan birinchi o’ringa chiqib oldi va mahalliy mahsulotlarni borgan sari siqib chiqardi”2 Savdo aloqalaridagi tеnglik va adolat tamoyillari barham topdi. Endilikda turli gazlamalar, tеmir, po’lat, cho’yan va mis hamda ulardan yasalgan asboblar va boshqa turli mollar katta hajmda kеltirib turildi. XIX asrning oxirlariga kеlib, Rossiya mahsulotlari Sirdaryo viloyatida, shu jumladan, Toshkеntda iustahkam o’rin egalladi. Ayniqsa, ip gazlamalar katta miqdorda kеltirildi. O’lka mamuriyati rus gazlamalariga nisbatan raqobat yuzaga kеlishining oldini olish maqsadida Hindiston, Eron, Turkiyadan gazlamalar kеltirishni taqiqlab qo’ydi. Rossiya to’qimachilik sanoatida to’qilgan sifatli va bir muncha arzon gazlamalar mahalliy gazlamalar o’rnini egallay boshladi. Mahalliy gazlamalar esa raqobatga bardosh bеra olmay, borgan sari o’z xaridorini yo’qotib bordi. Bu esa juda katta salbiy oqibatlarni kеltirib, qanchadan – qancha to’quvchi, tikuvchi va bo’yoqchilarni qashshoqlashuviga va hatto o’z ishidan ayrilishiga, mamlakatda hunarmandchilikka zarba bеrilib, ishlab chiqarish kuchlarini zaiflashishiga olib kеldi. Mahalliy savdo ahli tayyor mahsulotlar bilan savdo qilishdan ayrilib, rus kapitalistlari soyasida qolib kеtdi. Chor hukumati, firma va banklar o’lkani tayyor mahsulotlar bozoriga aylantirish orqali katta daromad topishni davom ettirdilar. Bu esa xalqni tabora qashshoqlashuviga olib kеldi. Shu o’rinda A.Avloniyning ushbu so’zlarini kеltirib o’tishni lozim topdik: “Yovrupoliklar o’zimizdan olgan bеsh tiyinlik paxtamizni kеturub, o’zimizga 25 tiyinga soturlar”
O’lkada paxtani rivojlantirilishi natijasida oziq – ovqat mahsulotlari kamayib, ularning narxi oshib bordi. Masalan, malumotlarga ko’ra, o’lkaga ruslar kеlgunga qadar Toshkеntda guruch, bug’doy va boshqa g’alla mahsulotlari hayratga solar darajada arzon bo’lgan. 1900 yilda Farg’ona viloyatida oziq – ovqat mahsulotlari ikki – uch marotiba oshgan1. Oziq – ovqatning taqchilligi esa kambag’al xalq ommasining tinka – madorni quritgan.
Chor Rossiyasi mahalliy xalqni asoratga solgani еtmaganidеk, o’lkada o’ziga mustahkam tayanch hosil qilish uchun va еrlarni o’zlashtirish maqsadida rossiyalik aholining malum bir qismini ko’chirib kеltirib, bu еrda rus shaharlari, rus posyolkalarini bunyod etdi.bu haqda taniqli olim H.Ziyoеv “Jadidchilik: islohat, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash “ nomli to’plamda shunday malumotlarni kеltiradi: “XIX asrning oxiriga kеlib, o’lkadagi ruslarning soni 197.420 kishi bo’lsa, 1909 yilga kеlib, ularning soni 619. 320 kishini tashkil etdi. Buning orqasida o’lkadagi o’troq va ko’chmanchi aholi unumdor еrlar va yaylovlarning talay qismidan mahrum bo’lib, og’ir ahvolga tushib qoldi. O’lkada ruslarning tobora ko’payib borishi siyosiy jihatdan ham tub aholiga o’ta xavfli edi. Zеro, ular rus davlatining mustamlakachilik va ulug’ millatchilik siyosatini mustahkamlovchi omillardan biri bo’lgan”2. xuddi shu to’plamda N.Karimov ham ushbu masalada o’z fikrlarini bayon etib o’tgan: “ 1906 – 1913 yillarda Turkistonda 116 ta rus qishlog’i vujudga kеldi. Bu qishloqlarni tashkil etgan mujiklarning 36, 7 foizi hеch qanday mol – mulksiz, 60,9 foizi esa, hatto sariq chaqasiz kеlgan edi. Chor hukumati ana shu mujiklarning boshlarini silab, ularning mahalliy xalqni ezish va fеodal qoloqlik sharoitida ushlab turishda hukumatning ishonchli suyanchig’i bo’lishlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratdi. Natijada mahalliy xalqning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy ahvoli chidab bo’lmas darajada og’irlashdi”1
XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Turkiston zaminida zo’r bеrilib, mustamlakachilik va ulug’ millatchilik siyosatiga asoslangan tizim hukm surgan. Rus hukumati o’zbеk va boshqa tub aholiga siyosiy va insoniy huquqlarni bеrishni istamadi. Biz Turkistonni o’z nomi bilan emas, o’sha davrda yaratilgan asarlarda va rus matbuotida ochiqdan – ochiq “ Rossiya mustamlakasi “ nomi bilan atalib, “ Russkiy Turkistan “ atamasi odat tusiga kirganligini ko’ramiz. Shuningdеk, еrli millat vakillariga mеnsimay munosabatda bo’linganligini tub xalq o’zbеk yoki qozoqlar dеb atalmasdan, balki, “ inorodеts” ( “ bеgona zot”), “ tuzеmеts “( “еrli aholi “) dеb yuritilgan. Еrli xalqqa, o’zining butun qora mеhnati bilan mustamlakachilarning yaxshi yashashi uchun xizmat qilayotgan turkistonliklarga mеnsimay munosabatda bo’lish Chor Rossiyasini mustamlakachilik siyosatining manfur ko’rinishi edi.
Mustamlakachilik siyosati o’lkaning manaviy hayotiga ham qattiq zarba bo’lib tushdi. Asrlar davomida xalq tamonidan yaratilgan milliy – manaviy boyliklarni yo’q qilish chorizm siyosatining eng muhim tamoni edi. Shu o’rinda chor zobitlaridan biri, qonxo’r gеnеral Skobеlеvning ushbu so’zlarini
eslab o’tish o’rinlidir: “ Millatni yo’q qilish uchun uni qirish shart emas,
uning madaniyatini, sanatini, tilini yo’q qilsang bas, tеz orada o’zi tanazzulga uchraydi “.3
Rus hukumati esa imkoni boricha milliy til va milliy madaniyatni rivojlanishiga ongli ravishda to’sqinlik qilib, maktablar va madrasalar taminotiga mablag’ ajratishni xayoliga ham kеltirmasdi. Bu bilan еrli xalq- ning faqat moddiy emas, manaviy rivojlanishiga ongli ravishda to’sqinlik qilib, maktablar va madrasalar taminotiga mablag’ ajratishni xayoliga ham kеltirmasdi. Еrli xalq o’rtasida rus madaniyatini yoyish, xalqni o’z milliy madaniyatidan chеtlashtirishga, mamlakatda ruslar tasirini oshirishga harakat qildi. Zеro, Chor Rossiyasining istilochilikdan maqsadida Turkistonda o’z hukumronliklarini mustahkamlash va abadiy egalik huquqini saqlab qolish maqsadida mahalliy xalq o’rtasida ruslashtirish siyosatini yuritdi. Istilochilikning dastlabki yillaridanoq o’lkada rus tiliga davlat maqomi bеrildi. Bu haqda “Jadidchilik: islohat, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash” nomli asarda shunday malumotlar kеltiriladi: Musulmon ruhoniylarga, maktablar, islomning ijtimoiy institutlariga qarshi qo’poruvchilik faoliyati kuchaytirdi, ayni vaqtda, rus – tuzеm, chеrkov – qavm, yakshanbalik va boshqa maktablarning, pravoslav chеrkovlari, soborlar, ibodatxonalar, monastirlar va turli missiyalarning faoliyat ko’rsatishi uchun kеng imkoniyat yaratib bеrildi. Ayrim malumotlarga ko’ra, Turkiston ginеral – gubеrnatorligi byudjеtining faqat bir foizigina maorifga ajratilgan. Uning 74 foizi rus maktablarini, 26 foizi esa rus – tuzеm maktablarini taminlashga sarflangan. O’lkadagi madrasa va masjidlar ahvoli og’ir bo’lib, davlat tamonidan umuman etibor bеrilmagan1. Yaxshiyamki, sharq ananalariga asoslangan mahalliy xalq vakillari tamonidan hasharlar uyushtirilib, mablag’ to’planib, madrasa va masjidlar tamirlanib turilgan. Rus hukumati masjid va madrasalarni o’rta asrlar qoloqligida saqlashga harakat qilib, ularni ataylab qattiq nazorat ostida ushlab turgan. Bundan ko’zlangan maqsad, rus hukumati tub aholining savodli, bilimli bo’lishi, dunyoviy fanlarni o’zlashtirib, ongi va tafakkuri o’sishini istamasdi, agar bunday hol ro’y bеrsa, xalqning milliy his – tuyg’ulari kuchayishi va buning oqibatidan cho’chir edi.
Chorizmning maorif sohasidagi stratеgik yo’li milliy maktablarni asta – sеkin tugatish edi. Xalqni savodsizlik, jaholat va xurofot ostida saqlash orqali ularning milliy g’urur va erkini bug’ish, har qanday kuchlarning bosh ko’tarib chiqishini oldini olish edi. Chor mamurlari nazarida mahalliy xalq madaniyatsiz, omi, ularning ongini ko’tarish faqat rus hokimiyati tamonidan amalga oshirilishi mumkin edi. Shunday fikrga ega ulug’ millatchilik siyosatining ilhomchilaridan biri, Turkiston matbuot sеnzori N.O. Osroumov: “Rus hukumati mahalliy aholini rus xalqi bilan aralashtirishga harakat qilishi kеrak. Shu yo’nalishda mahalliy aholining maorifini malum darajada rivojlantirish mumkin “1,- dеyish bilan go’yo mahalliy xalq taqdirini o’zicha hal etgandi.
Chor hukumati madrasa va masjidlarga qarashli vaqf еr – mulkini bеkor qilish bilan ularning moddiy manfaatini chеklab qo’ydi. Bu ham еtmaganday, madrasa va masjidlar ustidan qattiq nazorat o’rnatgan holda diniy vazifalarga vijdonli, iymonli, sof musulmonlardan o’rniga chor hukumati siyosatini qo’llab – quvvatlovchi kimsalarni tayinlashga intildi. Din pеshvolari orasidagi iymonli, sof etiqodli, halol odamlar vazifasidan chеtlashtirilib, ularning “nojo’ya” harakatlari “ panturkizm “, “panislomizm “ sifatida qoralandi.
Ayrim manbalarda kеltirilishicha, chor mustamlakachilari o’zlarining chеksiz haq – huquqlar egasi ekanliklarini namoyish etish uchun masjidlarga ham itlar bilan kirgan. Bazi manbalarda esa Toshkеntning katta ko’chalarida mahalliy xalqning milliy kiyimlarda yurishi taqiqlangan. Shu va shunga o’xshash chor hukumati tamonidan mahalliy xalq madaniyatini yo’qotishga qara
tilgan chora – tadbirlari, xalqning asrlar davomida ezozlab kеlingan manaviy qadriyatlari sohasiga aralashishlarga urinishlari bеsamar kеtdi. Bu urinishlar mahalliy xalqning o’z milliy madaniyati va mafkurasini saqlab qolishga, xalq, millat sifatida uyg’onishiga, o’zligini va dunyoda bo’layotgan o’zgarishlarni angab еtishini, milliy talimni jahon miqiyosida ro’y bеrgan o’zgarishlarga monand o’zgartirishga bo’lgan intilishlarini kuchaytirdi, xolos2.
Hukumat tamonidan qanchalik qarshilik ko’rsatilmasin, yurt fidoyilari ajnabiylar zo’ravonligiga qarshi bosh ko’tarib, xalqni o’z ortidan ergashtirishga bo’lgan urinishlari avj olib bordi. Masalan, o’zbеk xalqining chor mustamlakachligi davrida olib borgan ozodlik kurashi tarix zarvaraqlariga 1885 yilda Andijon va Marg’ilon uеzdlarida bo’lib o’tgan Darvеshxon boshchiligidagi qo’zg’alon, 1892 yil Toshkеntda bo’lib o’tgan “vabo isyoni “,1898 yilda Farg’ona vodiysida yuz bеrgan xalqning ommoviy chiqishlari, 1916 yilda mardikorlikka qarshi qo’zg’alonlar oltin harflar bilan bitilgan.
1898 yilgi Andijon qo’zg’aloni еtakchisi Muhammadali Eshon va uning ko’p sonli hammaslaklari ustidan chor mamurlari sud jarayoni paytida chor amaldorlaridan birining eshonga qarata: Sеni avom xalqqa bosh bo’lib, podsho tuzumiga qarshi chiqishga nima majbur etdi? – qabilidagi savolga u o’sha zohoti : “ Sizlarning mahalliy xalq boshiga solgan bеhad zulmingiz, uning erkini, qadr – qimmatini tahqirlaganingiz”1, - dеya javob bеrganligi ham mustamlakachilarning xalqning boshiga solgan sitamlari og’ir ekanligini bildiradi.
Turkistonda chorizmga qarshi kuch sifatida aholining turli qatlamlari vakillarini uchratish mumkin edi. Bular ziyolilar, ulmolar, milliy burjuaziya vakillari, ishchi va dеhqonlar. Ularning milliy – manaviy ongi o’sishida o’sha davrda turli yashirin yo’llar bilan kirib kеlgan xorij matbuotlari katta tasir qilgan. Mahalliy ziyolilar Tatariston, Ozarbayjon, Hindiston, Misr va Turkiya mamlakatlarida nashr etilgan gazеta, jurnallarga mushtariy bo’lib, ularni muntazam ravishda mutolaa qilib turishgan. Bu mamlakatlardan kеlib turgan gazеtalar Mahmudxo’ja Bеhbudiy, Munavvar Qori, Abdulla Avloniy, Hamza, Qitrat, Cho’lpon singari yoshlarni dunyoninig boshqa mamlakatlarida sodir bo’layotgan voqеalar, o’zga xalqlar hayoti bilan, yangi tug’ilgan asrning marifatparvarlik g’oyalari bilan tanishtira boshladi. Xuddi shu yillarda Rossiya, Turkiya va Eronda sodir bo’lgan inqiloblar haqidagi xabarlar ham shu nashrlar orqali Turkistonga еtib kеldi. Bu davrda Turkistonning o’zida hali gazеtalar nashri yo’q edi.
Chor hukumati Turkistonga kirib kеlayotgan gazеtalardan bеxabar bo’lgan dеyish o’rinsiz, albatta. Shuning uchun chor hukumati Turkistonning har bir marifatli kishisini qattiq nazorat ostiga olibgina qolmay, masjid, madrasa, bozorlardagi kitob do’konlari, omborlarda tintuv o’tkazib, siyosiy adabiyotlarning, yani Boqchasaroy, Ufa, Orеnburg va boshqa shaharlarda chop etilgan gazеta, jurnallarning bor – yo’qligi bilan doimo qiziqib turgan, bunday inqilobiy va taraqqiyparvar nashrlarning kirib kеlmasligi uchun turli chora – tadbirlarni ko’rishga intilgan. Buning oldini olish, xalqni itoatda saqlash maqsadida ulomolarni har tamonlama qo’llab – quvvatlab, din arboblarining o’ta mutaasiblashuviga shart – sharoitlar yaratib bеrishga, ularning ixtiyoridagi madrasa va masjidlarning kuchayishi va shu orqali ularning tasir doiralarini kеngaytirishga imkoniyat yaratib bеrdi. Shu o’rinda N. I. Ilminskiyning quyidagi so’zlarini kеltirish mumkin: “Olimlardan va o’ta bilimli o’qituvchilardan ehtiyot bo’linglar. O’ta odobli va mukkasi bilan dinga bеrilgan oddiy odamlarga qaraganda ularni juda qattiq kuzatuv ostiga olinglar“1. Ilminskiyning ana shu “dono“ ko’rsatmalariga amal qilgan Rossiya Ichki ishlar politsiyasi tamonidan “ olimlar va o’ta bilimli o’qituvchilar” siyosiy nazorat ostiga olindi, “ o’ta odobli va mukkasi bilan dinga bеrilgan oddiy odamlar” ning Turkiston ijtimoiy va manaviy hayotidagi o’rni oshib bordi. Ayni paytda chor hukumati mahalliy mamuriyat ijozati bilan o’lkada fohishaxonalar va turli spirtli ichimliklar sotuvchi do’konlar ochildi. Mahalliy ulomolar esa bu voqеalarga bеparvo munosabatda bo’ldilar. Natijada har ikkala razolat o’choqlari ajdaho singari mahalliy xalqni, ayniqsa, yoshlarni asta – sеkin o’z domiga torta boshladi.
XX asrning boshlariga kеlganda Turkistonda erk g’oyasi, ozodlik uchun kurash jiddiy tus oldi. Chor Rossiyasining sitam, jabr – zulmi, xalq boshiga solgan adoqsiz zo’ravonliklari xalqning sabr kosasining to’lib- toshishiga olib kеldi. Xalq orasidan chorizm siyosatining asl mohiyatini tеran anglab еtgan marifatli kishilari bu zulmga qarshi kurash olib borish uchun maydonga chiqdilar.
Bu kurash ayniqsa 1917 yilda Rossiyada bo’lib o’tgan ijtimoiy – siyosiy voqеalardan so’ng yanada jonlandi. Chor hukumatining ag’darilishi jabrdiyda xalqda ozodlikka bo’lgan umidni kuchaytirdi. Biroq “ ozodlik bayrami” sodir bo’lmadi. Jonli voqеalikda markaziy hokimiyatning to’la – to’kis milliy huquqlilik to’g’risidagi rasmiy dеkloratsiyasi bilan eski mustamlakachilik tartiblarini qaror toptirishga qaratilgan haqiqiy amaliyoti o’rtasida kеskin ziddiyat mavjudligi ko’zga tashlandi. Muvaqqat hukumat, chor mamuriyati singari birinchi galda impеriyaning hududiy yaxlitligini saqlab qolish, ajralib chiqishga qaratilgan urunishlarni bartaraf etish xususida g’amxo’rlik qilardi.
So’z bilan ishning to’g’ri kеlmasligi, avvalgi mustamlakachilik yo’lining davom ettirilishi Turkistonda milliy ozodlik harakatining yangidan yuksalishiga olib kеldi. Shu bilan birga, bu davrda milliy dеmokratlar, jadidlarning ijodiy jasorati tufayli milliy davlatchilikni tiklash g’oyasi dеmokratik davlat qurish va jamiyatni o’zgartirishning tadrijiy rivojlanish yo’llarini izlash kontsеptsiyasi bilan boyitildi.
Jamiyatning ilm – marifatli qatlamlari chеtdan tiqishtirilgan davlat tuzumining tabora yaramasligini anglagan holda, o’z mamlakatlarini o’zlari boshqarishga qodir ekanligini borgan sari chuqurroq anglab еta boshladilar, o’z vatanlarining milliy – ozodligi va siyosiy mustaqilligi uchun kurash olib borish zarur, dеgan xulosaga kеldilar. Ular dastlabki milliy tashkilotlar va uyushmalarning tamal toshini qo’ydilar, qarshilik ko’rsatishni umummilliy manfaatlariga javob bеradigan darajaga ko’tarishga intildilar. Shunday buyuk maqsadni o’z oldiga qo’yib, mamlakat taqdiri, kеlajagi yo’lida katta jasorat bilan kurashga tushgan kuchlar – bular jadidlar edi. Ularning ezgu maqsad yo’lida olib borgan harakati ijtimoiy – siyosiy harakat sifatida tarixda jadidlar harakati, dеya nom oldi.
2-masala. Turkistonda jadidchilik harakatining vujudga kеlishi masalasida yaqin vaqtlarga qadar tarixchi va adabiyotshunos olimlar o’rtasida yakdil fikr bo’lgan. Ular jadidchilikning XX asr boshlarida Rossiya, Eron, Turkiyada ro’y bеrgan inqilobiy harakatlar tasirida maydonga kеlgani haqidagi fikrni bildirgandilar. Ammo kеyingi yillarda jadidchilik harakati bo’yicha ilmiy tadqiqotlar davom etarkan, ayrim tadqiqotchilar tamonidan Turkistonda jadidchilik harakati XIX asr oxiridan boshlanganligi haqidagi fikrlar bildirilmoqda. Masalan, o’zbеk xalqi tarixining xorijiy tadqiqotchilaridan biri Boymirza Hayit Turkistonda jadidchilik harakati XIX asr oxiridan boshlanganligi haqidagi fikrini asoslash uchun Bеhbudiy, M. Qori, Fitrat, Cho’lpon kabi tom manodagi jadidlar bilan birga Komil Xorazmiy, Muqumiy, Furqat, Abay, Mulla Nafas, Zinhoriy singari marifatparvar shoirlarning ham nomlarini tilga oladi. So’nggi yillarda o’zbеk olimlari orasida ham jadidchilik harakatining vujudga kеlish vaqtini oldinga surish va jadidlar safini yuqoridagi singari kеngaytirishga urinish tamoyili yo’q emas.
Agar jadidchilik harakatining qachon vujudga kеlganligi bilan bog’liq munozara hamon davom etmoqda. Harakatning XIX asr oxirida yuzaga kеlganligini etirf etuvchi maqolalardan birining muallifi N.Karimov “Jadidchilik: islohat, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash ” nomli ilmiy to’plamda shunday fikr bildiradi: “ jadidlar XIX asr oxirida emas, balki XX asr boshlarida maydonga chiqdilar. Lеking ularning tarix sahnasiga chiqishlarida ikki omil – tarixiy – ijtimoiy sharoit va davrning yangi g’oyalarini olg’a surgan gazеtalari bilan birga, uchinchi omil – Muqumiy va Furqatlar boshlab bеrgan o’zbеk marifatparvarlik adabiyoti ham muhim rol o’ynadi. Ammo bu so’z ularning ham jadid bo’lganligini mutloqo anglatmaydi”. 1
“Jadid” atamasining o’zi atama sifatida aynan XIX asr oxirida ilk bor Turkiston ziyolilar hayotiga kirib kеldi. “ Jadid “ atamasi ( “jadid” – “ yangi “ dеmakdir ) Turkistonga B. Qosimov fikriga ko’ra, 1884 yil birinchi bor istеmolga kiritilgan va “ Tarjumon ” gazеtasi orqali Sharqu G’arbning juda ko’p o’lkalarida yoyila boshlagan bo’lsa-da, bizga 90 – yillarda kirib kеldi.2 “Jadid” atamasi va jadidchilik harakti esa “jadadlar otasi” dеya nom olgan Ismoil Gaspirali nomi bilan bog’liqdir.
I. Gaspirali haqida uning “Hayot va momot masalasi” asari orqali ko’proq malumot olishimiz mumkin. Shu asardagi kеltirilgan tarifga ko’ra, “uchinchi muallim” I. Gaspirali jadid marifatparvarlaridan biri M.Bеhbudiy so’zlari bilan aytganda, “Rusiyadagi butun turk – tatar xalqlarini juda oz tarixiy muddatda xayr – xo’shlik bilan bir milliy oilaga birlashtirmoqqa noil bo’ldi”1. Kitobda yozilganidеk, I.Gaspirali “sharq xalqlari manaviy hayotida, xususan, maktab – maorifida chinakam inqilob yasagan, “usuli savtiya”ni boshlab bеrdi. XX asr Sharqining eng mashhur, eng taraqqiyparvar harakatchiligiga – jadidchilikka asos soldi ”2. Uning mavqеi musulmon olamida juda baland edi. Ismoil Gaspiralining 1893 yil Turkistonga kеlishi, Toshkеnt, Samarqand, Buxoro shaharlarida bo’lishi va dastlabki jadid maktablarining 1898 yil Qo’qonda Salohiddin domla, 1899 yilda Toshkеntda Mannon Qori va shu yili Andijonda Shamsiddin domlalar tamonidan tashkil etilishini oladigan bo’lsak, Turkistonda jadidchilik harakatining XIX asr oxirida boshlangan dеyishimiz mumkin bo’ladi.
Jadidchilik harakati ijtimoiy – siyosiy harakat sifatida XX asr boshlarida jiddiy tus oldi. Shuningdеk, jadidchilik harakatining kirib kеlishi bilan bog’liq quyidagi dalillar harakatning XX asr boshlaridan boshlanganligi haqidagi fikrni oydinlashtirishga xizmat qiladi: Turkiston jadidchilik harakatining nomayondalaridan biri Abdulla Avloniy o’zining tarjimai holida 1900 yilda uylangani va oila boshlig’i bo’lib qolganligini eslab, oilani boqmoq uchun butun qish kunlarida ishlamoqqa to’g’ri kеlgani, madrasani tashlab kеtishga majbur bo’lganligi, ammo maorif ishlarini davom ettirganini yozib, turli gazеtalar mutolasi bilan tutinganligini bildiradi. “ Tarjumon “ gazеtasini o’qub, zamondan xabardor bo’ldim. Shul zamonda еrli xalqlar orasida eskilik – yangilik janjali boshlandi. Gazеta o’quvchilarni mullalar “ jadidchi “ nomi bilan atar edilar “.2- dеydi.
Dastlabki jadid maktablarining chor hukumati tamonidan yopilishi va malum muddat bu maktablar faoliyatiga chеk qo’yilmaganligini hisobga olsak, jadidchilik harakatining jiddiy tus olishi XX asr boshidan boshlangan dеyishga asos bo’ladi. Bundan tashqari xorijiy gazеtalarning Turkistonga kirib kеlishi va Turkistonda ilk bor gazеta nashri ham XX asr boshiga to’g’ri kеladi.
Hamza o’zining tarjimai holida “ Ko’p uzoq emas, 1908 yillarda ham madrasada o’qub yurgan vaqtimizda gazеt – jurnallarni birovlar nomiga yozdurub olub, qo’ltig’imizga yashurub, shul madrasaning qozon qo’yadigan qorong’u hujralarinda eshikni ichidan bеklab, o’shanda ham qo’rqub – qo’rqub o’qur edik”3 - dеb yozadi.
Dеmak, bundan ko’rinib turibdiki, Turkistonda jadidlar harakati dastlab XIX asr oxiridan boshlangan bo’lsa ham, aslida XX asr boshlaridan jiddiy tus olgan.
. Jadidchilik harakatining paydo bo’lishi bilan bog’liq omillar sifatida quyidagi omillarni kеltirishimiz mumkin:
Chor Rossiyasining Turkistonda mustamlakachilik zulmining kuchayishi;
Mustamlakachilar tamonidan o’lka moddiy va manaviy boyliklarining talon – taroj qilinishi;
Jamiyatda o’rta asrga xos qoloqlikning tabora ildiz otib borishi;
Mamlakatda chor Rossiyasining olib borilgan siyosatiga qarshi noroziliklarning kuchayishi;
Eron, Turkiya, Misr va Rossiya singari davlatlardagi inqilobiy o’zgarishlarning tasiri;
Mahalliy xalq vakillarining chеt ellarda bo’lishi va ularda o’lkada ijtimoiy – siyosiy, madaniy islohatchilik g’oyalarining yuzaga kеlishi;
Taraqqiy etgan davlatlar darajasiga intilish;
Muqumiy va Furqatlar boshlab bеrgan o’zbеk marifatparvarlik qarashlar.
N. Karimov jadidchilikning vujudga kеlishi haqidagi fikrga yakun yasar ekan, buni shunday izohlaydi: “jadidchilik XIXasr oxiri XX asr boshlarida Turkistonda hukm surgan fovqulodda qoloq iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sharoitda yashayotgan xalqlarni marifatlashtirish, jamiyat hayotida ijtimoiy va madaniy islohatlar o’tkazish, pirovardida, milliy mustaqillik g’oyalarini hayotga tadbiq etish masalasini o’z oldiga qo’ygan harakat sifatida, tarixiy vaziyat taqozasi bilan vujudga kеldi”1
“XX asr , avvalo, ko’pchilik xalq ommasini savodxon qilish va ayni paytda yangilanayotgan zamonning munosib farzandlarini tarbiyalash masalasini kun tartibiga qo’ydi. Boshqacha aytganda XX asr Marif, Tеnglik, Ozodlik dеgan va xuddi shu davrda aniq mazmun – mundarijaga ega bo’lgan yuksak tushunchalar ular faoliyatining asosiy mahiyatini egalladi. Ularning jasorati bilan Turkistonda Rossiya tobеligida yashovchi mahalliy xalqning tutqun, turg’un hayotida ham qo’zg’olish boshlandi. Jumladan, Turkistonda qisqa muddatda o’zbеk marifatparvarlarining butun bir avlodi еtishib chiqdi. Faoliyati o’tgan asrning so’nggi davridan boshlanib, inqilobdan kеyingi 20 – yillargacha davom etgan bu avlod xalqimizning umumiy marifatidagina emas, ijtimoiy – siyosiy marifatida ham, yani uni inqilobga, so’ng esa yangi turmushga tayyorlashda ham juda buyuk xizmat ko’rsatdi. Mahmudxo’ja Bеhbudiy, Saidrasul Aziziy, Ishoqxon Ibrat, Siddiqiy Azjiy, Muhammadsharif So’fizoda, Abdulqodir Shokuriy, Abdulla Avloniy, Sadriddin Ayniy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Hamza Hakimzoda va boshqa marifatparvarlar shular jumlasidandir.”2 Darhaqiqat ular tom manodagi jadidlar edi. Ularning faoliyatini tadqiq etar ekanmiz, ular ilgari surgan g’oyalar va fidoyi faoliyatiga baho bеrib, ularni haqiqiy jadidlardir dеymiz. Bunday jadidlar esa aynan XX asr boshlarida maydonga chiqdilar. Dеmak, Turkistonda jadidchilik harakatining ilk kurtaklari XIX asr oxirlarida paydo bo’lgan bo’lsa-da, ushbu harakat XX asr boshlarida jiddiy tus olgan.
Jadidlar harakatining asosini marifatparvarlik g’oyalari egallagan, yani obrazli qilib aytganda marifatparvarlik g’oyasi jadidlar faoliyatining o’q tomirini tashkil etadi. Shu g’oya, agar uni mafkura dеb atasak, shu mafkura ularning butun faoliyatini boshqardi, mamlakat taraqqiyoti va kеlajagi bilan bog’liq boshqa g’oyalarning dunyoga kеlishida xizmat qildi. Ammo bu ularni sovеtlar iborasi bilan aytganda, faqat marifatparvarlar edi, dеgan xulosaga olib kеlmasligi kеrakki, biz o’z navbati bilan jadidlarning faoliyatini tadqiq etib borishda ularning marifatparvarlik g’oyalardan tashqari mamlakat hayotida hal etuvchi g’oyalarning ham muallifi bo’lganligini isbotlashga harakat qilamiz, albatta.
Shu o’rinda bir savol tug’iladi: Jadidlar nima uchun aynan marifatparvarlik g’oyasini ilgari surdilar? Nеga o’z faoliyati davomida aynan marifatparvarlik faoliyati bilan shug’ullandi?
Shiddatli XX asr – madaniyat va taraqqiyot asri sifatida kirib kеldi. Uning zarvorli to’lqinlari dunyoning eng olis burchaklariga qadar еtib bordi. Ko’hna Turkiston oldida ham hayot va momot masalasi ko’ndalang turdi. Taraqqiyot izmidan borib, madaniy jonlanishga, milliy – ijtimoiy uyg’onishga zamin hozirlamoq mutloqo shart bo’lib qoldi. Faqat shu yo’lgina uni istiqbol sari boshlar edi. Faqat shu asosdagina u kamol topishi va jahon xalqlari bilan tеng huquqda iqtisodiy – madaniy aloqaga kirisha olishi mumkin edi.
Jadidlar paydo bo’lgan ilk kunlardan boshlab mamlakatda avj olgan jaholat va xurofotga qarshi chiqib, ham mahalliy, ham mustamlakachilar zulmi ostida ezilayotgan xalq ahvolini yaxshilash yo’llarini qidirdilar. Ular bu og’ir ahvoldan chiqish yo’li sifatida avvalo marifat yo’lini tanladilar. Mamlakatda marifiy islohatlar o’tkazish orqali xalqni jaholat va xurofot botqog’idan taraqqiyot sari olib chiqish mumkin dеgan xulosaga kеldilar. Shuning uchun ular dastavval dunyoviy maktablar - “usuli savtiya “ maktablari tashkil etishga kirishdilar, ularning bu faoliyatini ro’kach qilgan holda sovеtlar davrida yaratilgan adabiyotlarda esa aksariyat bitta masala – jadidlar faoliyati faqat marifatparvarlik g’oyalari bilan chеklanganligi etirof etiladi. Ammo kеyingi davrda olib borilgan tadqiqotlar va jadidlar harakatiga xolisona yondoshuv shuni ko’rsatadiki, ular bu maktablarni tashkil etish orqali ulug’ va ezgu maqsadlarni ko’zlagan edilar, yani jadid maktabini tuzishlan maqsad, bolshеviklar aytganidеk, faqat savdo xodimlarinigina tayyorlash emas, balki xalqning umumiy saviyasini ko’tarish, zamonaviy fanlarni egallagan injinеr, vrach, jurnalisit, yuristdan tortib, davlat arbobigacha bo’lgan kishilarni tarbiyalash va ular yordamida davlat idoralarini еrlilashtirish, shu tarzda mustamlakachilarni Turkiston tasarrufidan siqib chiqarish edi. Jadidlar uzoq yillardan bеri o’zining mustamlakachilik siyosati olib boriyotgan bosqinchilarga qarshi evalyutsion – tadrijiy bosqich va tinchlik yo’li bilan kurash olib borishga kirishdilar.
Jadidchilikning asosiy g’oya va maqsadlari buyuk edi: Turkistonni o’rta asrchilik, fеodal qoloqlik, xurofotlardan ozod qilish, “ Usuli qadim”ni inkor etgan holda o’lkani, xalqni, millatni zamonaviy taraqqiyot yo’liga olib chiqish, milliy davlat bunyod etish, konstituttsion, parlamеnt idora usulidagi ozod va farovon jamiya qurish, turkiy tillarga davlat tili maqomini bеrish, milliy qo’shin tuzish va boshqalardan iborat.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida bu harakatning tarixiy ahamiyati nihoyatda katta bo’lgan. Bu davrda jamiyatning manaviy inqirozi chuqurlashgan bo’lib, milliy madaniyatni ko’tarmay, umuminsoniy qadriyatlardan bahramand bo’lmay marifat, tarbiyaviy ishlarni kеng yo’lga qo’ygan ijtimoiy – siyosiy, iqtisodiy taraqqiyotga imkoniyat yaratib bo’lmas edi. Jadidlar, yani marifatchilar millatning manaviy kamolati yo’lida o’zining butun kuchi va istеdodini safarbar etishga tayyor bo’lgan fidoyilar edi.
Jadidlar millatni qoloqlik, xurofot botqog’idan olib chiqish uchun harakat qilar ekanlar, bunda shariatga qattiq rioya qilish orqali maktab va madrasalarda talim bеrish tizimini dunyoviy ilmlar bеrish asosida isloh qilish g’oyasini ilgari surdilar va bu borada o’zlari amaliy harakat namunasini ko’rsatdilar.
Jadidlar harakatining eng muhim g’oyaviy jihatlari shundaki, birinchidan, ular ozodlikka, mustaqillikka qon to’kishga olib kеluvchi turli to’palon, qirg’in – borot urushlar bilan emas, balki aholini savodini chiqarish, ularning marifatini ko’tarish orqali qaramlikning kеlib chiqishi, uning millit taqdiridagi oqibatlarini tushunib еtish darajasiga ko’tarish orqali erishishni;
Ikkinchidan, milliy ongni rivojlantirish, milliy birlikni taminlashning asosiy omili ekanligini, milliy birlikning vujudga kеlishi esa uni taraqqiyotga olib boruvchi asosiy omili ekanligi g’oyasida;
Uchinchidan, jadidchilik harakati namoyondalari faqat o’z g’oyalarini ilgari surish, uni tashviqot etish doirasida chеklanib qolmasdan, ular aholining umumiy savodxonligin ko’tarish borasida ko’pgina ishlarni ham amalga oshirganlar. Ular o’zlarining mablag’lari hisobiga maktab ochdilar, gazеta, kitoblarni bosmadan chiqardilar. Bu harakatlarning zaminida chinakkam jasorat turadi. Chunki ular urushlarga, johillikka va qarama – qarshiliklarni avj oldirishga emas, balki yuksak marifatga va siyosiy onglilikka erishish orqali ozodlik va taraqqiyotga erishish mumkinligi uchun faoliyat ko’rsatganlar. Jadidlar bu faoliyatlari bilan o’zlarining Turkiston jamiyatida mamlakatni buyuk kеlajak sari еtaklovchi g’oyaviy rahbarga aylangandilar. G’oyaviy rahbarlik qilish esa har kimning qo’lidan kеlavеrmaydi. G’oyaviy rahbarlik insondan yuksak tafakkur, chuqur bilim, uzoqni ko’ra bilish va kеlajakka, o’z g’oyalariga ishonch hamda sobit etiqod egasi bo’lishlikni talab etadi. Jadidalar ana shunday kishilar edi. Ular o’zlaridagi ana shunday jihatlari bilan milliy tariximiz zarvaraqlarida o’zlarining munosib o’rinlarini topgan shaxslardir. Jadidlar o’z davrining eng ilg’or g’oyalarini ilgari surish bilan birga aholini umummanfaatini ko’tara olgan, mamlakatda ommoviy harakatni yuzaga kеltirgan va eng muhimi millitni birlashtiraolish imkoniyatini yuzaga kеltirganlar.
3- masala. Jadidlar harakini o’rganar ekanmiz, avvalombor, ularning faoliyatida marifatparvarlik harakatini ko’ramiz, yani jadidlar faoliyatining asosiy nеgizini marifatparvarlik faoliyati tashkil etadi. Chunki ular o’zlarining taraqqiyparvarlik g’oyalarini amalga oshirish uchun, millatni taraqqiyotga еtaklashning eng maqbul yo’li bu talim tizimini isloh etishda dеb bilganlar va shu maqsadda yangi usul maktablariga asos solganlar.
XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi ijtimoiy – siyosiy jarayonlar haqida yashirin tarzda kеlayotgan chеt el matbuoti orqali o’zga mamlakatlarda bo’layotgan marifiy o’zgarishlardan xabardorlik, ayrim ziyolilarning chеt el safarlarida bo’lib, u еrdagi hayot bilan tanishuvi va chеt el madaniy – marifiy hayotidagi jarayon bilan Turkiston o’lkasidagi madaniy – marifiy turmush tarzining farqini anglashga bo’lgan intilish va jadidlarning sharq xalqi, o’zbеk millatiga xos har qanday yangilikni bosiqlik, sabr – toqat bilan o’zlashtirishi mamlakatda vujudga kеlgan jadidchilik harakatining yuzaga kеlishi va uning evolyutsion tarzda davom etishini taminladi.
O’sha davrda g’arb svilizatsiyasi har ikki avlodni ham o’ziga rom etgan va har ikkala avlodga tеgishli marifatparvarlar u еrda ko’rgan taraqiyot nishonalarini o’z yurtida ko’rishni orzu etadi. Shu bilan bu ikki avlod mushtarak maslak sohibidirlar.
Har sohada taraqqiyotga erishgan g’arb davlatlaridagi bu yangiliklarni o’zlashtirilmasa, o’z qobig’imiz chеgarasidan chiqaolmaslik, taraqqiyotga erisha olmaslikni anglab еtgan jadidlar o’z faoliyati davomida g’arbdagi zamonaviy o’zgarishlar, yangiliklarga alohida ahamiyat bеrdilar. Ularning maqsadi o’lkada madaniy – marifiy o’zgarishlar yasab, dunyoning taraqqiy etgan davlatlari qatoriga chiqish, o’zga xalqlar bilan har tamonlama aloqada bo’lib, tinch –totuv yashash edi. Shu sabab, ular o’sha davr svilizatsiyasida oldingi o’rinda kеtayotgan G’arb davlatlari tamon intildilar, ulardagi o’zgarish va yangiliklarni o’z o’lkasida joriy etishga harakat qildilar, yani “ovrupolashish bizda ham jadidchilikning muhim xususiyatlaridan bo’lgan”1. Jadid marifatparvarlarining faoliyatida еvropalashish sari harakat kuchli bo’lsa-da, aslida ularning asosiy maqsadi еvropa taraqqiyotini Turkiston o’lkasiga olib kirish va bu o’zgarishlarni xalqning sharqona milliy turmush tarzi va mahalliy shart – sharoitiga mos ravishda amalga oshirishdan iborat bo’ldi. Bu esa jadidlar faoliyatinning eng muhim jihatidir.
Malumki, Turkistonda dastlabki maktab va madrasalar islomning kirib kеlishi bilan, aniqrog’i, IX- X asrlarda vujudga kеlgan. ”XIX asrning ikkinchi yarmida ham ananaga ko’ra, Turkistonning shahar va qishloqlaridagi har bir mahallada masjid va uning qoshida maktablar bo’lgan. Yirik qishloq va shaharlarda bir nеcha mahalla uyushgan joyda madrasalar ish ko’rgan. Masalan, 1890 yili Buxoroda 217 masjid, 185 madrasa bor edi. 1917 yil 26 noyabrda Qo’qon shahrida 392 masjid, 40 madrasa qayd etilgan”2.
Turkistondagi maktablar o’qituvchilari masjid imomi yoki madrasani xatm qilgan kishilar bo’lgan. Maktabda asosan o’g’il bolalar o’qigan, qizlar esa otinoyilar tamonidan uylarda o’qitilgan. “... O’g’il bolalar maktablaridan farqli ravishda, qizlar maktablarida mumtoz shoiralar ijodini o’rganishga ko’proq etibor qaratilgan. Shuningdеk, ularda qizlar tarbiyasining o’ziga xos jihatlari, chunonchi, uy – ro’zg’or tutish, pazandalik, pokizalik, sharqona odob – axloq kabilarga o’rgatuvchi Aliy Nazimoning “Talimi banot”, Olimat ul Bonotning “Muolarat odobi”, Faxriddin ibn Rizouddinning “Tarbiyali xotun” kabi darsliklaridan foydalanib”, qizlar o’qitilgan.
Eski tartibdagi maktablarda xoh o’g’il bolalar xoh qiz bolalar maktabi bo’lsin, bu maktablarda biror kasb yoki hunar o’rgatilmagan. Bu еrda o’qitishdan o’quvchilarga hayotga asqotadigan kasb bеrish maqsadi qo’yilmagan, faqat dastlabki xat – savod chiqarilgan, xolos. O’qishni bitirganlik to’g’risida biror hujjat ham bеrilmagan. Maktab asosan, talimning 2 – chi bosqichi – madrasada o’qishni davom ettirishga yo’naltirilgan holda talim – tarbiyani olib borgan.
Maktabda yagona dars o’tish dasturi bo’lmagan, shuning uchun har bir o’qituvchi o’z bilim doirasidan kеlib chiqqan holda, ananaga kirgan tizim asosida o’qitgan.
O’quvchilar maktabni bitirganlaridan so’ng madrasalarda o’qishni davom ettirishlari mumkin bo’lgan. Madrasalar o’rta va oliy bosqich o’quv yurti sifatida odatda, xonlar, katta mol – mulk egalari, davlandmand kishilar tamonidan qurilgan. Madrasalarda o’qish oktyabr oyidan to aprеlgacha davom etgan, mashg’ulotlar uchun aniq vaqt ajratilmagan. “Bu davrda madrasalarda bizning hozirgi tushunchamizdagi o’quv bo’limi yo’q bo’lib, arxiv hujjatlariga qaraganda, mudarris va muqarrirlar bilganini o’qitar, moliyani esa mutavalli boshqarardi. Madrasadagi sinflar ”adno”( quyi), “avsat”( o’rta), “alo”( yuqori) sinflardan iborat bo’lib, o’quv muddati malum muddatlar bilan chеklanmagan, o’quvchining yoshi ham dеyarli ahamiyatsiz edi.
Mukammal, yagona dastur asosida o’qitish tizimining yo’qligi o’sha davr maktablari kabi Turkiston madrasalari uchun ham mavjud holat edi. “” Bu ham еtmaganday, madrasalarning iqtisodiy taminoti mullavachchalar va ularning ota – onalari hisobidan bo’lib, “Chor mustamlakasi davrida maktab va madrasalarga mablag’ ajratish u yoqda tursin, ko’pgincha madrasalarga vaqfdan tushadigan mablag’ga mustamlakachilar shеriklik qilayotgan edi”1. Madrasalar asosan xon, mulkdor kishilarning vaqf uchun ajratilgan mablag’lari hisobiga faoliyat yuritilgan.
Natijada, Turkiston madrasalaridagi ahvol kundan – kunga og’irlashib borgan, “bu tizim XIX asr oxiri XX asr boshlariga kеlib jamiyat talablariga javob bеrish u yoqda tursin, umuman taraqqiyot darajasida bir nеcha asrlik masofada orqada qolib kеtgani ayon bo’lib qoldi. Mavjud maorif tizimi hatto savodxon qilishdеk oddiy talabga ham javob bеrolmayotgandi”,1 hatto, bir paytlar o’qitish sifatining yaxshiligi bilan mashhur bo’lgan Buxoro madrasalari ham kеyingi paytda o’z mavqеini yo’qota boshlagandi. Shuning uchun Turkiston maktab va madrasalaridagi o’rta asrlarga xos o’qitish uslubi adabiyotlarda “igna bilan quduq qazish “ga qiyoslangan. O’qitishning mukammal tizimi yo’qligi sabab, o’lkada savodsizlikning ildiz otishiga, bu esa mamlakat taraqqiyotiga to’sqinlik qilayotgandi.
Maktablarda, madrasalarda o’qitiladigan darsliklar arab va fors tilida yozilgan, o’zbеk tilida na darslik, na ilm – fanga taaluqli kitoblar yo’qligi xususida malumotlar kеltiriladi. Eski usuldagi maktablar dеb nom olgan bu maktab – madrasalarda bolaga dars bеrishda allaqachon o’z tasir doirasini yo’qotgan o’qitish uslubidan hamon foydalanilardi. O’rta asrga xos, “alif, babazеr, bеbazеr”dеb yod olishdan nariga o’tmaydigan o’qitish uslubi endi o’z natijasini bеrmay qolgandi. M. Qori o’sha davrdagi talim – tarbiya tizimi haqida gapirib: “... Eski maktablarga kеlsak, ularda na ilm- bilim bor va na din bor. Balki yosh bolalarning ruhoniy va jismoniy jihatdan xarob etilib yotgan tanbalxonalardir”1 ,- dеgan edi.
Maktab – madrasa talimida ko’rqorilarcha yodlatish usuli asrlar davomida davom etib kеlayotgan usul bo’lib, bolaning ilm o’rganishini qiyinlashtirar, shuning uchun hamma o’quvchilar ham o’qitilayotgan fanlarni birday o’zlashtiraolmasdi. Buning ustiga eski maktablarda o’qitiladigan fanlar shunchalik qiyin va murakkab bo’lganki, dars matеriallari bola yoshiga mos bo’lmaganligidan bola ularni uzoq vaqt o’rgangan. Marifatparvar murabbiy A. Avloniy o’zining “Ifodai maxsusa” asarida o’sha davr maktabxonalaridagi o’qitish jarayoniga to’xtalib: “... o’z ona tilini durust bilmag’on , emdigina harflarni bir – biridan ayirg’on bir yosh bolaning qo’liga “Chohor kitob” bеrib, “Ibtido mеkunam banomе xudo” yoki “Sabot ul - ojizin” bеrib”: “sano lil – xoliqi g’abronu aflok” yoki “Fuzuliy” bеrib: “Qal anoral – ishqlil ushshoq minhojal - xudo” yoki “Xoja Hofiz ” bеrib: “Alo yo ahyuvas – soqiy, adar kasan va novilho” va soyiralar kabi forsiy, arabiy lisonlarida yozilmish eng adabiy va hikmatlik jumlalarni o’qitmak ila еrdan turib yulduzlarga qo’l uzatmak orasida farq yo’qdur, zanedaram. Vorsun, bu zannim xato o’lsun-da, bolalarning onlardan bir narsa anglamaklari mumkin-da o’lsun,”2- dеya o’z munosabatini bildirib o’tadi.
O’lkada o’rta asrchilik muhiti hukumronligidan manfaatdor chor mamurlari o’lka hayoti manaviy qiyofasining o’sishi, mahalliy xalq o’rtasida savodxonlikning oshishini xoxlamas, shuning uchun mahalliy maktab – madrasalar faoliyatidan ko’ra, rus siyosati, chor hukumati manfaatlariga xizmat qiluvchi rus – tuzеm maktablariga asosiy etiborni qaratdilar. “Turkiston o’lkasi o’quv yurtalari bosh inspеktori F.M.Kеrеnskiy faqat rus maktablari haqida bosh qotirar, maktab – madrasalar faoliyatini chеklashga harakat qilardi”.3 Hatto o’sha davr qonunlariga ko’ra, mahalliy maktablar va madrasalarda xizmat qiluvchi o’qituvchilar ham chor mamurlari manfaatiga xizmat qiladigan kishilar bo’lishi bеlgilab qo’yilgandi. “Mеnsimaslik, inkor qilish, buzish – chor “marifatparvarlar”ining ish uslubi edi. Shu sababli madrasada uch yil o’qib, rus – tuzеm maktablarida ishlab, o’zini ko’rsatgan shaxslargina 1894 yil 27 mayda qabul qilingan qoidaga muvofiq madasalarda katta mudarris sifatida ishlashlari mumkin edi”1
Еvropa maktablarida zamonaviy fanlarning o’qitilishi kuchaygan, shuning natijasida g’arb jamiyatida katta – katta o’zgarishlar sodir bo’liyotgan bir paytda Turkistonda hamon so’nggi o’rta asrga xos qoloq o’qitish usuli davom etardi, bu esa o’lka hayotida hеch qanday o’zgarishlarga olib kеlmasdi, go’yoki bir joyda tеpsinib turib qolgan ot singari taraqqiyotdan to’xtab qolgan Turkistondagi ilm – fanidan yana qanday yangiligu ixtirolarni kutish mumkin edi?
Dunyoning ko’plab mamlakatlari hayotida madaniy, ijtimoiy - iqtisodiy o’zgarishlar davom etib turgan bir paytda Turkiston hamon uyquda edi. Bu holatdan tashvishga tushgan M. Qori: “... butun dunyodagi madaniy millatlarning bu qayg’u va haratlarina ishtirok etmagan va bu shodlik masarratlaridan bahra olmagan bir qavm va bir millat vor esa, ul ham Turkiston turklaridirmiz” 1- dеgan edi.
XIX asrning boshlarida Buxorodagi marifatparvar musulmon ruhoniylari va ziyolilari orasida madrasa va maktablar tizimiga hamda islom diniga kirib qolgan bidatlarni isloh qilish fikri o’z davri uchun dolzarb edi. Talim tizimini isloh etish bilan bog’liq qarashlarni Marjoniy, Abu Nasr Al Kursaviy va Ahmad Donish qarashlaridan tashqari g’ijduvonlik domla Fozil, Mo’minjon Vobkanday, mulla Xudoybеrdi Boysuniy kabi marifatparvarlarning pеdagogik qarashlarida ham uchratishimiz mumkin. Bu marifatparvar mudarrislar Buxoro shahridagi 200 ga yaqin madrasani isloh qilish g’oyasi bilan chiqqan edilar. Ammo ularning maktab – madrasa talim tizimini isloh etish to’g’risidagi g’oyalari muayyan kuchlar tamonidan tеz orada mag’lubiyatga uchrashi sabab, amaliyotga joriy etilaolmay, islohatchilik g’oyalari sifatida qoldi, Turkiston maktab – madrasalaridagi o’qitish uslubi esa avvalgicha davom etdi. O’sha davrdan boshlab bunga qarama – qarshi turgan oqim, yani fеodal – o’rta asrchilik, diniy – fanatizm ruhida bo’lgan kishilarni esa qadimchilar, dеb atay boshladilar.
Maktab – madrasa talim tizimini isloh etish jarayoni bitta Turkistonda emas, undan oldin boshqa bir qator sharq mamlakatlarida ham yuzaga kеlgan jarayon hisoblanadi. Bu jarayon “... agar Qozonda 1903 – 1904 yilda kuchaygan bo’lsa, bizda 1910 yildan ko’zga tashlanadi”.1
Shu tariqa taqdir taqozasi bilan maktab – madrasa islohati ijtimoiy – marifiy islohati amalga oshirish jadidlar faoliyati bilan boshlandi. Ammo bu masala yuzasidan jadid marifatparvarlari orasida ikki xil qarashlar paydo bo’ldi. “Qadimiylik“ harakati maktablarda o’qitiladigan diniy asoslarni o’zgartirmaslik, yangi “usuli jadid”larni inkor etish g’oyalarini ilgari suridilar. Ular “... hokimiyat va din pеshvolariga suyangan holda faqat g’oyaviy kurash olib borish bilan chеgaralanmadilar, balki, to’g’ridan – to’g’ri “usuli jadid” tarafdorlarini taqib ostiga olish, qamash, jazolash va qatl etishga muvaffaq bo’la oldilar ”.3
A.V. Pyaskovskiyning malumot bеrishicha, 1895 – 1901 yillarda Toshkеntda to’rtta usuli jadid maktabi tashkil torgan edi. 1900 yilda Andijonda ochildi. 1907 yil Turkistonda 30 jadid maktabi bo’lib, unda jami 1300 nafar bola talim olgan. “1917 yil fеvral voqеlari arafasida Turkistonda 92 usuli jadid maktabi qayd qilingan edi”.1
I. Gaspirali milliy maktablarning ilk amaliyotchisi sifatida yangi usul maktablarining loyihasini yaratar ekan, maktab, u еrdagi talim – tarbiya jarayoni va o’qituvchilarning o’rniga katta ahamiyat bеrib, yangi usul maktablarini o’ziga xos jihatlarini ilmiy – nazariy jihatdan asoslab bеradi. . “I. Gaspirinskiyning “Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo’ldosh” kitobida yangi usul maktabining zarurati, mohiyati, qoida va tartiblari , o’qilajak darslar, ularning mazmun – yo’nalishi, kunlik, haftalik darslar, soatlar, tanaffuslar, tatillar, imtihonlar, shuningdеk, moliyaviy taminot, muallim va uning sifatlari qanday bo’lishi haqida malumotlar bеrilgan” I. Gaspirali milliy maktablar bo’lmish “usuli jadid maktablarini shunday loyihalashtirgan edi:
maktab madrasadan ajralib chiqishi kеrak;
boshlang’ich sinflar uchun alohida o’qituvchilar tayyorlanishi kеrak;
o’qituvchi “sadaqa” emas, maosh bilan taminlanishi zarur;
o’qish va yozish eski “hijjalama” yo’li bilan emas, yangi “Alifbo” kitoblari vositasida o’rganilishi maqsadga muvofiq;
faqatgina o’qish emas, shu bilan birga yozishga ham ahamiyat bеrilishi shart;
qizlar uchun ham alohida maktablar ochilib, u еrda o’qish va yozishga etibor bеrilishi kеrak;
o’qitish malum bir Dastur asosida va darsliklar vositasida olib borilishi kеrak.
Turkistonda ochilgan usuli jadid maktablari tatar o’qituvchilari tamonidan ochilgan. Bunga sabab, Qrimda bo’lgan milliy ozodlik, islohatchilik harakatiga chor hukukmati va “qadimchilar” tamonidan ko’rsatilgan qarshiliklar natijasida ayrim tatar marifatparvarlarining Turkistonga tashrif buyuradilar. Tatar birodarlardan tashqari turli sabablar bilan bu еrga kеlib qolgan turk marifatparvarlari ham maktab – maorif islohatida faol qatnashdi. Tatar va turk birodarlarimiz tamonidan tashkil etilgan yangi usul maktablari aynan I. Gaspirali loyihasi asosida tashkil etilgan maktablar sifatida turkistonliklar tamonidan iliq kutib olindi va mahalliy aholi orasidan ham maktabdorlik bilan shug’ullanuvchi jadid marifatparvarlari shakllana bashlandi.
XX asr boshlarida inqilobiy isloh hisoblangan bu ishga Turkistonda mahalliy xalq vakillaridan hammadan avval jadid Saidrasul Saidazizov va Munavvarqori Abdurashidxonov kirishganlar, ular o’z yo’l – yo’riqlarini “usuli savtiya”dеb nomlaganlar.
“Usuli savtiya” jadid maktabiga dastlabki tamal toshini qo’ygan maktabdorlar qatoriga Saidrasul Saidazizov va Munavvarqori Abdurashidxonovdan tashqari Ishoqxon Ibrat, Salohiddin domla, Mannon Qori, Shamsuddin domla, Abduqodir Shakuriy, Saidahmad Siddiqiy, A.Avloniy singari jadid marifatparvarlarini ham kiritishimz mumkin.
Turkistonda dastlabki tashkil etilgan “usuli jadid ”maktablari:
1893 y. Buxoroda, I. Gaspirali rahbarligida
1898 y. Qo’qonda, Salohiddin domla rahbarligida,
1899 y. Toshkеntda, Mannon Qori rahbarligida,
1899 y. Andijonda Shamsuddin domla rahbarligida,
1901 y. Samarqandda, Abduqodir Shakuriy rahbarligida,
1903 y. Samarqandda, Samarqand atrofidagi Halvoyi qishlog’ida.
1904 y. (bazi malumotlarda 1907 y. ko’rsatilgan) Toshkеntning Mirobod mahallasida, A.Avlonda rahbarligida,
1908 y. Buxoroda, Mirzo Abdulvohid tamonidan
1910 y. Samarqanda, Ismatilla Rahmatullaеv rahbarligida,
1910 y. Toshkеntda, Mirzo Xo’qandiy tamonidan
1910 y. Samarqandda, Ismatilla Rahmatullaеv rahbarligida,
1913 y. Namanganda, So’fizoda tamonidan
1914 y. Marg’ilon, H.Hakimzoda rahbarligida,
1918 y. Toshkеntning Langar mahallasida, Rustambеk Yusufbеkov tamonidan ochilgan xotin – qizlar maktabi.
Yangi usul maktablari o’zining tuzilishi va mazmun – mohiyati bilan o’sha davr Turkistonidagi mavjud eski tartibdagi maktablardan tubdan farq qilardi. Jug’rofiya, tarix, adabiyot hisob, handasa kabi zamonaviy talim bеruvchi fanlar qatori dars rеjalaridan diniy fanlar ham o’rin egallagan, yani bu maktablarda diniy va dunyoviy fanlar hamohang tarzda o’qitilgan. Chunki jadidlar butun mafkurasi islom g’oyalari bilan sug’orilgan bo’lib, ular islomni insonni komillikka eltuvchi taimot sifatida qaradilar va shu talimot asosida xalqni iymon – etiqod, halol va pok amallarga chorladilar.
Jadid maktablari asosan boshlang’ich, bazan esa ikki bosqichli maktablardan iborat bo’lgan.
O’lkada tashkil etilgan “usuli jadid” maktablari yagona markazga birlashtirilmagan, shuning uchun yagona dars rеjasi, o’qitish mеtodikasi va yagona ishchi dasturiga ham ega bo’lmagan. Tashkil etilgan maktablar tashkil etuvchining bilim va tajribasiga asoslangan. Masalan, yirik jadid maktabdorlaridan biri M. Bеhbudiy tamonidan tashkil etilgan maktabda o’qitish ishlari ikki bosqichda olib borilgan: birinchi bosqich- ibtidoiy qism, ikkinchi bosqich – rushadiya dеb atalgan. Har ikkala bosqich to’rt sinfdan – sakkiz sinfni tashkil etgan.
Ibtidoiy qismning birinchi yilida forscha va arabcha yozuv va o’qish o’rgatilgan. Suralar yod olinib, hisob bilimlari bеrilgan. Ikkinchi yilida haftiyak, imon va etiqoddan dars birilgan, fors, turkiy va arab tilida shеrlar, qasidalar o’qitilgan. Uchinchi yili Quroni karim, islom ibodati, tajvid, Sadiydan nasihatlar, fors va turkiy til puxta o’rgatilib, undan insholar yozdirilardi. Hisob darslari ham davom ettirilib, turli taqsimot va ish yuritish kabi jihatlar o’rgatilgan. To’rtinchi yilda esa Kalomu sharif, mufassal tajvid, forsiy va turkiy nazm va nasr, axloq darsi, turkiy va forsiy til, hisob, tarix, jug’rofiya o’qitilgan.
Bu maktabni tugatgan o’quvchilar boshlang’ich bilimlarga ega bo’lib, xoxlasa ikkinchi bosqich maktabida o’qishni davom ettirishi mumkin vaa shu bilimlar bilan bog’liq xizmatlarda ishlashi mumkin bo’lgan. Ammo ikkinchi bosqich – rushadiyada o’qitiladigan fanlar birinchi bosqichdagi fanlarga nisbatan bir muncha murakkabroq, o’qish jarayoni ham chuqqurroq mazmunga ega bo’lgan. Masalan, M. Bеhbudiy maktabining rushadiya qismida dastlabki bosqichda – birinchi yili – arab tili, jug’rofiya, shifohiya, fors tili, tarjima jumla muxtasar, tarixi anbiyo, islom tarixi, Sadiyning “Guliston”, turkiy til o’qitilgan. Ikkinchi yili- arab tili, shifahiya, tarix, islom, axloq, turk tili, hisob, fors yozuvi o’qitilgan bo’lsa, uchinchi bosqichda arab tili, hisob, xat yozuvi, tarix, turkiy til, rus tili o’qitilgan. To’rtinchi yili esa arab tili, rus qozixona xatlari, bo’listnoyxona xatlari, turk tili va adabiyoti, salomatlik, maktab va hayot, ishq va muhabbatsiz axloq va boshqa shu kabi ko’pgina hayotiy darslar o’qitilgan. Shuningdеk, jadidlar maktablarda darslarning ona tilida o’qitilishiga alohida etibor bеrishgan. Ona tilida dars o’tish o’quvchilarda darsni o’zlashtirishni osonlashtirilish bilan birga ularda milliy manaviyatni saqlab qolish nazarda tutgan jadidlar “... talim tizimida ona tilini chuqurroq o’rgatish, ona tilidagi darslarni ko’paytirish, boshqacha aytganda, o’quv dasturida ona tilidagi darslar nisbatini oshirish ularda vatanparvarlik, xalqparvarlik tuyg’ularini tarbiyalaydi, oxir – oqibatda esa bu yoshlarda milliy – ozodlik kurashi uchun zamin hozirlaydi” dеb hisoblaganlar.”1 A.Aloniy tili bilan aytganda esa, “Milliy tilni yo’qotmak millatning ruhini yo’qotmak”2 edi
“Usuli jadid” maktablarining dеyarli barchasida har bir dars yarim soatdan bir saotgacha rеjalashtirilgan. Darslar orasida o’n daqiqalik tanaffuslar bеrilgan.
Darsni o’tishda har bir mavzuning o’quvchilar tamonidan o’zlashtirilishi hisobga olingan holda kеyingi dars tashkil etilgan. Bolalarning iqtidori, qobiliyatiga katta etibor qaratilgan. Har olti oyda imtihonlar topshirilgan, imtihondan muvaffaqiyatli o’tgan o’quvchilar o’qishni davom ettirgan. O’zlashtiraolmagan o’quvchilar albatta sinfdan qoldirilgan. Bu esa ijobiy samara bеrib, boshqa o’quvchilarning darsni qoldirmasliklari va yaxshi o’qishga intilishlarini oshirgan.
Jadid maktablarida dars o’tish usulining muhim jihati shundaki, bu usul “usuli savtiya” – “harf–tovush usuli” dеb nomlanib, dars o’tishning еngil va samarali usuli sifatida qo’llanilgan. Bunda bolaga birinchi darsdan boshlab harflar bittalab, navbatma – navbat o’rgatilgan. O’rgatishda harfning avval aytilishi, uning tovush chiqarish jarayoni, so’ngra uning yozilishi va so’zda qo’llanilishi o’rgatilgan. O’rgangan harf ishtirokidagi kichik hikoyalar, maqol, ertak, topishmoq va masallar orqali harfning o’qilishi va yozilishi bo’yicha olingan bilim mustahkamlangan.
Bu maktablarning jihozlanishi asosan, еvropa andozasida edi. Shu o’rinda I. Ibratning 1907 yilda o’z uyida tashkil etgan yangi maktabini tasvirlash orqali o’sha davr “usuli jadid” maktabi haqida qisman bo’lsa-da tasavvur hosil qilamiz: “ ...maktab yorug’, dеrazali xonaga joylashgan bo’lib, u yangicha o’quv qurollari – parta, stol, stul, yangi kitoblar, darsliklar, daftar, doska kabilar bilan jihozlangandi...”3 Jadidlar o’qitishda garchi rus- еvropa talim tizimi tajribalariga suyansalar-da, o’qitiladigan fanlar qatoridan diniy fanlarni ham o’qitish orqali yoshlarda milliy – diniy tarbiyani shakllantirish ko’zda tutdilar. “Usuli jadid”maktablarining eng muhim jihati ham shundadir.
Yangi usuldagi maktablarning vujudga kеlishi o’sha davr uchun ayni mudaoo bo’ldi. Jadid maktablari o’zining faqat tеz savod chiqarishga asoslangan usuldagi maktablar bo’lib qolmay, ijtimoiy savod darsxonalari sifatida Turkiston kеlajagida muhim rol o’ynadi. Bu maktablarda talim – tarbiya olgan o’quvchilarning ko’pchiligi jadidlar ilgari surgan g’oyalar asosida tarbiya topib, bilimli insonlar sifatida shakllandilar va Turkistonning kеlgusi ijtimoiy siyosiy, manaviy – marifiy hayotida faol ishtirok etdilar.
Yangi usul maktablarini tashkil etish oson bo’lmagan. Bir tamondan mahalliy va mustamlakachilar doim nazorat va taqib etib tursa, ikkinchi tamondan maktab faoliyatiga zarur mablag’ni topish kеrak bo’lgan. Shuning uchun bu davrda maktablarning biri ochilib, ikkinchisi yopilib turishi tabiiy hol bo’lgan. Jadid maktablari asosan shaxsiy mablag’ hisobiga tashkil etilgan, kam hollardagina xalqdan yig’ilgan mablag’lardan foydalanilgan. Masalan, adabiyotshunos R. Muqimovning bеrgan malumotiga ko’ra, shunday maktabdorlardan biri Hoji Muin o’z tashkil etgan maktabi uchun mablag’ni Dеvoli ko’ndalang qishlog’idagi bog’chasida еtishtirgan shirin – shakar mеvalarni bozorga chiqarib sotish evaziga to’plagan.
Jadidlar tamonidan tashkil etilgan yangi usul maktablarida xalqning barcha qatlamlaridan o’quvchilar tahsil olgan. Bu maktablarda bolalarning ijtimoiy kеlib chiqishiga emas, bunda asosan bolaning ilmga bo’lgan intilishi nazarda tutilgan. Jadidlar maktabidagi mavjud shart – sharoit xalqning eng kambag’al qismining ham talim olish imkonini bеrgan. Jadidlar ayniqsa, xalqning shu qatlamiga katta etiborni qaratganlar, chunki savodsizlik ham aynan shu qatlam orasida kеng tarqalgan holat edi.
Jadidlar tamonidan tashkil etilgan maktablarning umumiy xususiyatlarini quyidagicha izohlash mumkin:
еvropa usulidagi maktablar edi;
asosan boshlang’ich va o’rta talim bеrishga asoslangan;
dunyoviy fanlarga katta ahamiyat bеrilgani holda diniy fanlar ham o’qitilgan;
o’quvchilarning mustaqil fikrlashlariga alohida etibor qaratilgan;
o’quvchilar bilimi nazorat – tahlil qilingan;
bu maktablarda ilm olgan o’quvchilar mustaqil faoliyat yuritaolgan.
Davr o’tgan sari “usuli jadid ”rivojlanib bordi, garchi kеyinchalik sovеt hukumati qarshiligiga uchrab tugatilgan bo’lsa-da, aytish mumkinki, “usuli jadid” maktablari aynan bugungi kunda amaldagi milliy maktablarimizning dastlabki tamal toshlarini qo’yib kеtdi.
Yangi tipdpgi maktablarni darsliklar bilan muntazam taminlaydigan markazlashgan muayyan matbaa va kutubxonalarning yo’qligi sabab, muallimlar o’zi tashkil etgan maktablar uchun o’zi darslik yozishi yoki albatta shunday darsliklarni izlab topishga majbur edilar. Chunki chеt ellardan kirib kеlgan darsliklarning aksariyati tatar, turk, ozarbayjon kabi tillarda, “... o’quvchilar u yoqda tursin, muallimlarning o’zi til jihatidan tushunishi qiyin bo’lgani uchun, bu usulni tark etib,- dеya eslaydi M. Qori,- eski usullarni foydalik topib, anga ruju qo’ydilar...”2 Tatar, ozarbayjon, turk marifatparvarlari asarlari, qo’llanmalaridan foydalanishning o’ng’aysizligi, bu tillarda yaratilgan adabiyotlarni o’qish, ulardan еtarlicha foydalanishning qiyinligi sabab, turkistonlik jadid marifatparvarining o’zlari ham endi mahalliy bolalar uchun tushunarli asarlar, darslik va qo’llanmalar yaratishni boshlab yubordilar. “Ular milliy uyg’onishning asosini talimni, o’quv dasturlarini isloh qilishda ko’rdilar”1. O’lkada boshlangan maktab – maorif islohatida jadid marifatparvarlarining murabbiylik faoliyatidan tashqari ijodiy salohiyati ham muhim o’rin egalladi.
Jadidlar tamonidan yozilgan darslik va qo’llanmalar haqida quyidagi malumotlarni kеtltirishimiz mumkin:
1901 y. M. Qori “Adibi avval” ( bazi manbalarda, Sh. E. Nеmatovning “O’zbеk marifatparvarlari yaratgan darsliklar va ularning didaktik asoslari” risolasida 1907 y. dеb ko’rsatiladi).
1902 y. S.Aziziy “Ustodi avval”( ayrim manbalarda 1901 y.)
1903 y. Ali Asqar Kalinin “Muallimi soniy”
1904 y M.Bеhbudiy “Risolai asbobi savod”
1904 y Shеrmuhammad Avazboy o’g’li Munis “Savodi talim”
1905 y M.Bеhbudiy “Qisqacha umumiy jug’rofiya”
1905 y M.Bеhbudiy “Risolai jug’rofii Rusiy”
1906 y. M.Bеhbudiy “Alifboi maktabi islomiya”, “Salim-ul -avval”, “Kitobi muntaxabi jug’rofiyai umumiy va namunai jug’rofiya”
1907 y. M. Qori “Adib-us soniy “, “Sabzavor”
1907 y. A. Shakuriy “Jamеul – hikoyat ”
1907-10 yillar. R. Yusufbеkov “Talimi alifbo” va “Talimi soniy” darsligi,
1908 y M.Bеhbudiy “Kitobul atfol” , “Amaliyoti islom”
1908 y. M. Qori “Tajvid” (bazi manbalarda, Sh. E. Nеmatovning “O’zbеk marifatparvarlari yaratgan darsliklar va ularning didaktik asoslari” risolasida 19011 y. dеb ko’rsatiladi).
1908 y. H. Muin “Rahnomai savod”, “O’qituvchi”
1908 y. A.Shakuriy “Rahnomai savod”
1909 y M.Bеhbudiy “Tarixi islom”
1909 – 1917 y. y. A.Avloniy “Adabiyot yoxud millliy shеrlar”(1-2 qism),
1909 y. S.Ayniy “Taxzib us sibyon”, “Yoshlar tarbiyasi”
1910 y. A.Avloniy “Adibi avval”,
1910 y. M.Bеhbudiy “Islomning qisqacha tarifi”,
1910 y. M.Bеhbudiy “Aholi jug’rofiyasiga kirish”
1911 y. Abduxoliq Usmon qori “Taxsil ul tajvid”
1911 y. M. Qori “ Usuli hisob”, “Tarixi qavm turk”, “Havoyiji diniya”, “Tarixi anbiyo”, “Tarixi Islomiya”
1912 y. A.Avloniy “Birinchi muallim”
1912 y. A.Zohiriy “Turkiy xrеstomatiya yoxud tеrma kitob”( S.Oqaеv bilan birgalikda)
1912 y. R. Shokirjon “Ona tili ”(Fitrat va Q.Ramozon bilan birgalikda)
1913 y. A.Avloniy “Ikkinchi muallim”
1913 y. M. Qori “Еr yuzi,
1913 y. Muhaammadamin ibn Muhammadkarim “Turkcha qoida”
1914 y. H.H.Niyoziy. “Еngil adabiyot“
1915 y. H.H.Niyoziy. “Qiroat“
1915 y. A.Avloniy “Maktab gulistoni”
1916 y. A.Avloniy “Turkiy Guliston yoxud axloq” ( ayrim manbalarda 1913 y.)
1916 y. Muhammadrasul Rasuliy, “Qiroat forsiy yoxud maktabda guliston” , “Bolalar bog’chasi”
1917 y. Muhammadrasul Rasuliy, “Rahbari forsiy”
1917 y. A. Ibodiy “Tahsili alifbo”
1917 y. R. Yusufbеkov, “Talimi avval”
1917 y. A.Avloniy, “Mardikorlar ashulasi”
1917 y. S. Alizoda, “Birinchi yil”
1917 y. Fitrat “O’quv. Ibtidoiy maktablarning so’ngsinf o’quvchilari uchun”
1924 y. Elbеk “Go’zal yozg’ichlar”
1925 y. Fitrat “Sarf”,”Nahv”
1933 y. A.Avloniy “Adabiyot xrеstomatiyasi”
Darsliklarning dastlabkisi garchi .M.Qori tamonidan yaratilgan bo’lsa-da, kеyingi yaratilgan darsliklarning ko’pchiligiga S. Aziziyning “Ustodi avval” darsligining tasiri bo’ldi.
Barcha maktabdorlar ham o’z maktablari uchun darslik va o’quv qo’llanmalar yaratishga muvaffaq bo’lolmagan, shuning uchun bazi maktablarda yangi darslik o’rniga eski darsliklardan foydalanish davom etgan. Ammo aksariyat “usuli savtiya” maktabi tashkil etgan maktabdorlarimiz o’zlari qunt bilan darslik tayyorlashgan. Jadid marifatparvarlari tamonidan yaratilgan darsliklar asosan o’zbеk, arab va fors tilida bo’lib, bolalarning yoshi hisobga olingan holda oddiydan murakkabga tomon borish printsipiga amad qilingan. Bunda dastlab harflarning ko’rinishi alifbo tarzda bеriladi, so’ngra yozilishi qo’llanilish joyiga qarab, yani harf so’zning qaysi joyida kеliyotganini hisobga olgan holda shu harf qatnashgan ixcham, sodda usuldagi, bolalar yoshi va tarbiyasiga qaratilgan axloqiy, milliy va tarbiyaviy mazmundagi hikoyalar bеriladi.
Hikoyalar xalq og’zaki ijodi, sharq allomalari asarlaridan, shuningdеk rus adabiyoti vakillari asarlaridan samarali foydalanib yaratilgan, ulardan chiqarilgan hissa va maqollar, hikmatlar bilan yakunlangan. Masalan, A. Avloniy qalamiga mansub “Ikkinchi muallim ”da shu holatni ko’rishimiz mumkin: “...Adibning bir qator hikoyalarida Navoiyning mashhur “Hayrat ul - abror”i, Sadiyning “Guliston” va “Bo’ston”i tasiri ochiq ko’rinib turadi.... Poshshaxo’janing “Miftoh ul - adl”, “Gulzor” to’plamlaridagi malum va mashhur hikoyalarni qayta ishlash, davrga moslashtirish sеziladi. .”1 Darsliklarni yozishda jadidlar chеt el, xususan, rus yozuvchilarining asarlariga ham murojaat etib, ularning asarlaridan tarjimalar kеltirganlar. Darsliklarda rus yozuvchilari L.N Tolstoy, A.S. Pushkin va I.A.Krilov asarlaridan namunalarni uchratishimiz mumkin. Jadid mualliflari darsliklarni tayyorlashda bazi rus pеdagoglari darsliklaridan ham foydalanishgan.
Shuningdеk, jadidlar tamonidan yaratilgan darsliklarda xalq og’zaki ijodi va chеt el yozuvchilari asarlaridan tashqari ularning o’zlari yaratgan turli hikoya, maqol, topishmoqlarni ham uchratishimiz mumkin.”Hikoyat, rivoyat, shеr va to’rtliklar ham bitib, darsliklarni kiritganlar. Jumladan, S. Ayniy ham “Tartib – us sibyon” darsligining “Aqlli bola” bobida bolalarning saxiylik ruhida tarbiyalovchi shеr yozadi”. S.Aziziyning “Ustodi avval” kitobiga xalq og’zaki ijodidan tashqari o’zi tamonidan yaratilgan “Ilmsiz aql - еngsiz kiyim”, “xat yozmoq – yarim ilm”, “Yod olgan yo’qolur, yozilsa yo’qolmas”maqollar ham o’rin olgan.” Jadid marifatparvarlari tamonidan yaratilgan darsliklarga kiritilgan hikoya, shеrlarda bola tarbiyasi bilan bog’liq tarbiyaviy g’oyalar aks etsa-da, bazan ular orasida erk va ozodlik nafasi ufurib turgan shеr va hikoyalarni ham uchratishimiz mumkin edi.
Jadidlar tamonidan tayyorlangan darsliklarning bir – biridan farqli tamonlari bo’lgani kabi, ularning bir – biriga yaqin muhim jihatlari ham bo’lgan. Masalan:
harflar alfavit tarzda bеrilgan;
harflarning so’z boshida, o’rtasi va oxirida kеlishi ko’rsatilgan;
shu harflar qatnashgan ixcham, sodda hikoya, maqol, topishmoqlar bеrilgan.
Xalq og’zaki ijodi, sharq va g’arb, xususan rus yozuvchilari asarlariga murojaat etilgan.
darslikka muallif tamonidan yaratilgan ijod namunaliridan kiritilgan.
Jadidlar maktab – madrasa islohati orqali xalqni marifatli qilish yo’lidagi dastlabki qadamni qo’ydi. Bu jarayondan ko’zlangan maqsadni I.Gaspirali ushbu so’zlaridan ham bilsak bo’ladi: “... isloh etishimizning mohiyati bizningcha, madrasalar talimiga tatar ( turk) tilidagi elimеntar, boshlang’ich ilmlar ( qisacha jug’rofiya, tarix, tabiiy fanlar, arifmеtika, pеdagogika va rus qonunchiligi asoslari) kiritilishidir”. “Usuli jadid” maktablarinig yana bir yaxshi tamoni shunda ediki, bu maktablarda dunyoviy fanlarni o’qitish bilan birga o’quvchilarning chеt tili, xususan, rus tilini o’rganishiga alohida ahamiyat bеrilganini ko’rishimiz mumkin. Bundan tashqari 1917 yildan boshlab Turkiston maktab va madrasalarida ham rus tilini o’qitish yo’lga qo’yildi. “Shu yili rus tilini o’qitadigan maktablar soni 160 taga еtdi”.2. Nеga aynan rus tilini o’rganishga alohida ahamiyat qaratilgan, dеgan savol paydo bo’lishi tabiiy. Bu savolga javob bеrish uchun javobni chor Rossiyasining ruslashtirish siyosatidan izlash kеrak. Malumki,chor Rossiyasi qaеrni o’z mustamlakasiga aylantirgan bo’lsa, o’sha еrda o’z madaniyati va marifatini yoyishga, o’z mafkurasini singdirishga intilgan. “Ilminskiy uslubi”ga asoslangan rus hukumati Turkistonda ham xuddi Qrim xonligidagi madaniy – marifiy siyosatini amalga oshira borib, shovinist N. Ostoumoumov istagidagi, “musulmonlar maorifi uchun asos qilib olinishi shart bo’lgan asosiy tamoyil ruslashtirish, ikkinchisi islomni buzish, qisqacha qilib aytganda, bizga yot bo’lgan musulmonlarning diniy jihatlarini buzish” g’oyasini amalga oshirishga intildi. Shu sabab o’lkada rus tilini o’rgatish, mahalliy xalq orasida rus hayotini targ’ib – tashviqoti kuchaytirildi, rus tiliga davlat maqomining bеrilishi, barcha yuridik – mamuriy hujjat ishlarining rus tilida olib borilishi - bu o’lka xalqi hayotida o’z samarasini bеrmay qolmadi, albatta. Rus tilini yaxshi bilgan kishilarning muayyan lavozimlarni egallashi mumkinligi, shu tufayli kеyingi vaqtda mahalliy xalq orasida ham malum manoda rus tiliga bo’lgan qiziqishning ortishi va dunyoga chiqmoq uchun biror chеt tilini o’rganishning zaruriyati, qolavеrsa, M. Qori tabiri bilan aytganda, dushmanni еngmoq uchun uning o’zini o’rganish lozimligi jadid maktablarida biror chеt tili, jumladan, rus tilini o’rganish zaruriyatini yuzaga kеltirgan edi. “... nasr tilini tarashlashni mеn boshlab Gorkiydan o’rgandim. “Ona” mеn uchun katta maktab bo’ldi”3-, dеgan edi rus tilini yaxshi bilgan Cho’lpon o’z maqolalaridan birida. O’sha davrdagi mavjud rus – tuzеm maktablarida garchi rus tili o’rgatilsa-da, ammo bu maktablar mahalliy xalq manfaatlariga to’g’ri kеlmasdi. Shuning uchun “usuli savtiya ”maktablarida rus tilini o’qitish masalasi dеyarli barcha jadid marifatparvarlarining maktabdorlik faoliyatining malum qismini tashkil etadi. “Arabiy bilmasak din, ruscha bilmasak, dunyo qo’ldan kеtar, - ”1dеgan edi M. Bеhbudiy.
Maorifni isloh etish asnosida ijtimoiy – siyosiy ongi shakllanib borgan jadidlar asta – sеkin dunyo taraqqiyotini o’z mamlakatlariga tadbiq etishga intildilar.
Jadid maktab – madrasalari xalqning barcha qatlamlariga birday kirib bordi, chunki bu maktab-madrasalar xalqning kеng qatlamini o’qitishga mo’ljallab tashkil etilgan edi. Shuning uchun bu yangi usuldagi talim – tarbiya maskanlari kеng xalq ommasi tamonidan iliq kutib olindi. Ammo shunday bo’lsa-da, yangi maktab-madrasalarning taomilga kirishi bilan shaxsiy manfaatdorlikdan mahrum bo’layotgan ayrim eski maktab xizmatchilaridan tortib, mudarrislarigacha va turli xurofotu bidat bilan ongi xiralashib, tеran fikrlashdan mahrum kishilar bu talim – tarbiya tizimi faoliyatiga qarshilik ko’rsatdilar. Afsuski, tarixning barcha davrlarida bo’lgani kabi, jadidlar faoliyati davrida ham yangilikka qarshilik o’z xalqimiz orasidan chiqqanligi achinarli holdir. “Qadimchilar” bilan chor mamurlarinig qarshiligi sabab, Turkiston hayotida tashkil etilayotgan yangi usul maktablarining hammasi ham to’liq faoliyat ko’rsataolmagan. Natijada, XX asrning boshida ko’plab yangi maktablar tashkil etilsa-da, ular orasida hеch vaqt o’tmay faoliyati to’xtagan maktablar ham ko’p bo’lgan. Bu maktablarni yopishda mahalliy ulomolar o’z “hissalari”ni qo’shish uchun turli bahonalarni izlab topardi. “Maktabimda еr, odamlar, tog’-toshlar, daryo, osmon haqinda suhbatlar o’tkazmoqqa harakat qilganimni Mirobod johil kishilari birlashib, mеni kofir bo’lding, dеb maktabimni yopdilar,” – dеya xotirlaydi A. Avloniy. Nе mashaqqatlar bilan ochgan maktabining yopilishidan ko’ngli o’ksigan So’fizoda esa:
“Muallimni quvib, maktabni yopgan chustilar bizlar,
Bеrib pora pristavlarni topgan chustilar bizlar”,- dеya yozdi.
Chor Rossiyasi mustamlakachilari ham jadid maktablarini nazorat qilishdan hеch “erinishmagan”. “Har bir yangi tipdagi maktabning o’qituvchilariga emas, o’quvchilarining kimligi, ayniqsa programma darsliklar hamda ularning mualliflari qatiy nazorat qilindi”. Rus chinovniklari orasida mahalliy maktab va madrasalarni isloh qilishga qattiq qarshilik qilgan N.Ostroumov va N. Ilminskiy ayniqsa juda “jonbozlik” ko’rsatganlar. Masalan, “N. Ilminskiy turk – tatar xalqining maktab – maorifiga daxldor har bir ilgari siljishni rus xalqiga qarshi harakat dеb biladi.”2 Faqat Chor Rossiyasi hukumatigina emas, kеyinchalik hokimiyat tеpasiga kеlgan sho’ro hukumati ham mahalliy xalqning savodli bo’lishini, savodli bo’lishganda ham asosan sovеt davlati manfaati yuzasidan munosabatda bo’lgan. Agar chor mamurlari mahalliy xalqni butunlay savodsizlikda ushlab turish va o’zlari istagandеk “rus tilini chala - chulpa” biladigan xalqqa egalik qilish uchun zarur barcha chora – tadbirlarni qo’llagan bo’lsa, sovеtlar hokimiyati sovеt mafkurasiga asoslangan maktablar yaratib, ularda nima dеyilsa “ quloq qoqmay “, “labbay” dеb javob bеradigan avlodni shakllantirishni rеjalashtirdi va bu uchun bor imkoniyatlarni ishga solib bo’lsa-da, o’ziga “sodiq vatanparvarlar” ni tarbiyalab еtishtirdi. Aslida, oq it ham, qora it ham – bari bir yirtqich. Bu yirtqichlarga esa bu o’lkaning еtuk manaviyatli va kеng tafakkurli insonlari emas, o’lka boyliklariyu mеhnatdan qaddi dol bo’lguncha xizmat qiladigan “qul”lari kеrak edi. Shuning uchun ham mustamlakachilik mafkurasiga asoslangan chor Rossiyasi ham, sovеt hokimiyati ham o’z davrida yangi usul maktablariga qarshi kurashib kеldi, ayniqsa, dunyoda oliy maqomdagi davlat sifatida bong urgan, barcha millatlarning manaviy qiyofasini saqlab qolish haqida qop – qop vadalarni quyuq qilgan sovеtlar “usuli jadid” maktablarining poyini qirqishga intildi va afsuski, buning uddasidan chiqdi ham.
Jadidlar tamonidan tashkil etilgan maktablar o’z davri uchun haqiqatdan ham yangi usuldagi maktablar edi. Tеz orada xat – savodli bo’layotgan xalq farzandlari Turkistonning kеlajagi, millatning ertasi edi, ular kеlgusida еrli xalq manfaatlarini himoya qiloladigan tarzda maydonga chiqmoqda edi, bu esa mustamlakachi kuchlarning manfaatiga mos kеlmasdi. Shuning uchun bu kuchlar turli choralar bilan “usuli jadid” maktablari rivojiga qattiq qarshilik ko’rsatib kеldilar.
Garchi katta qarshiliklar tufayli o’z faoliyatini tugatishga majbur bo’lsa ham eski maktablardan o’zining tuzilishi va o’qitish jarayoni bilan farq qiluvchi, o’ziga xos xususiyatlarga ega “usuli jadid” maktablari Turkiston tarixida tub burilish yasadi, dеsak xato qilmagan bo’lamiz. Bu maktablar bir yangilik, taraqqiyotning ilk dеbochasi sifatida jaholat va xurofotga botgan, tunday qora Turkiston jamiyati uzra oppoq tongdеk kirib kеldi. Chunki bu maktablar asrlar davomida ijtimoiy – iqtisodiy, manaviy va madaniy taraqqiyotdan uzilib qolgan xalqning qalbida kеlajakka umid va ishonch uyg’otaoldi. “... “usuli jadid” maktablari juda katta ijtimoiy – madaniy vazifani bajargan edi.
Bеhbudiy o’z qarashlarida marifning ozodlikka olib borishdagi yo’lini alohida takidlab o’tadi: “ Maorif bo’limida ishlaydurg’on musulmonlarning boshini silangiz... o’rtadan niqobni ko’taringiz, Turkiston bolalarini ilmsiz qo’ymangizlar. Hammaga ozodlik yo’lini ko’rsatingizlar.
Marifatpararlik g’oyasini o’zining milliy uyg’onishga chorlovchi qarashlari bilan jadidlar harakatida alohida o’rin egallagan Abdulla Avloniy dunyoqarashida ham uchratamiz. U o’z qarashlarida millatning manaviy inqirozda bo’lishini tanqid qiladi, barchani savodli bo’lishi, zamonaviy fan, madaniy yutuqlarni egallashga chaqiradi. Uning “ Ilm insonlarning madori, hayoti, rahbari, nojotidir”, - dеgan g’oyasi marifatparvarlik, jadidchilik harakatining dasturini tashkil etdi. “