1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli Reja



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə81/106
tarix07.01.2024
ölçüsü1,47 Mb.
#203812
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   106
1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosa

Xalqaro kredit tamoyillari. Xalqaro kredit munosabatlarini tashkil qilish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

  1. Qaytarib berishlilik: agar olingan mablag’lar qaytarilmasa, pul kapitalini qaytarib bermaslik shakli namoyon bo’ladi, ya’ni moliyalashtirish yuzaga keladi;

  1. Muddatlilik, ya’ni kredit shartnomasida ko’rsatilgan muddatda kreditni qaytarilishini ta’minlash;

  2. Ta’minlanganlik, ya’ni olingan kreditni to’lashni kafolatlanganligi;

  3. Maqsadlilik, ya’ni ssudani aniq ob’ektlarga yo’naltirishni ko’zlash va uni birinchi navbatda kreditor davlatning eksportini rag’batlantirish uchun qo’llash;

  4. Foiz to’lashlilik.

Xalqaro kreditning tamoyillari uning bozor iqtisodiyoti qonunlari bilan aloqalarini ta’minlaydi, bozor sub’ektlari va davlatning joriy hamda strategik vazifalariga erishishi uchun ishlatiladi.
Xalqaro kreditning funktsiyalari. Xalqaro kredit xalqaro iqtisodiy aloqalarda ssuda kapitallari harakatini o’ziga xos xususiyatini namoyon etib, quyidagi funktsiyalarni bajaradi:

  1. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni talablarini qondirish uchun ssuda kapitallarini mamlakatlar o’rtasida qayta taqsimlash. Ssuda kapitallari xalqaro kredit mexanizmi orqali foydasi ko’proq, daromadliroq bo’lgan tarmoqlarga intiladilar. Shu orqali kredit milliy daromadni o’rtacha daromadga tenglashishiga imkoniyatni yuzaga keltiradi va uning massasini oshishiga olib keladi.

  1. Haqiqiy pullarni kredit pullarga almashtirish, naqdsiz to’lovlarni rivojlantirish va tezlashtirish hamda naqd valyuta aylanmasini xalqaro kredit operatsiyalari bilan almashtirish orqali xalqaro hisob-kitoblar muomalasidagi sarf-xarajatlarni iqtisod qilish. Xalqaro kredit asosida xalqaro hisob-kitoblarning kredit vositalari - veksellar, cheklar, shu jumladan, bank o’tkazmalari, depozit sertifikatlari va boshqalar yuzaga keldi. Ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi muomalasi vaqtini tejash kapitalning ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanilish davrini uzaytiradi va shuning asosida, ishlab chiqarishni kengaytirish va foydaning o’sishini ta’minlashga xizmat qiladi.

  2. Kapitalning jamlanishi va markazlashishini tezlashtirish. Xorijiy kreditlarni jalb qilish tufayli qo’shimcha qiymatni kapitalga aylanish jarayoni tezlashadi, shaxsiy jamg’armalar chegarasi kengayadi, bir davlat tadbirkorlarining kapitallari boshqa davlatlarning mablag’lari qo’shilishi oqibatida ko’payadi. Xalqaro kredit avvaldan yakka korxonalarni aktsionerlik jamiyatlariga aylanishiga, yangi firmalar va monopoliyalarni paydo bo’lishiga xizmat qiladi. Kredit boshqa mamlakatlarning kapitali, mulki va mehnatidan belgilangan me’yorlarda foydalanish imkoniyatini beradi. Yirik kompaniyalarga taqdim etiladigan imtiyozli xalqaro kreditlar va kichik hamda o’rta hajmdagi firmalarni jahon ssuda kapitallari bozoriga chiqishining qiyinligi jahonda kapitalni bir joyga to’planishi va markazlashuvining kuchayishiga olib keladi.

Xalqaro kreditning funktsiyalarining ahamiyati katta va u milliy va jahon xo’jaligi rivojlanishiga qarab o’zgarib turadi. Hozirgi sharoitda xalqaro kredit iqtisodiyotni tartibga solish funktsiyasini bajarmoqda va o’zi ham tartibga solinish ob’ekti bo’lib hisoblanmoqda.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin