1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli Reja


Xalqaro kreditning asosiy shakllari



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə82/106
tarix07.01.2024
ölçüsü1,47 Mb.
#203812
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   106
1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosa

16.2. Xalqaro kreditning asosiy shakllari

Ishlab chiqarishning va ayirboshlashning baynalminallashuvi, jahon xo’jaligi aloqalarini yangi shakllarini vujudga kelishi xalqaro kredit shakllarini xilma-xilligini rivojlanishiga ob’ektiv asos bo’lib xizmat qiladi.


Xalqaro kredit shakllarini bir necha turga bo’lib guruhlash mumkin:
1. Manbalari bo’yicha tashqi savdoni ichki, tashqi (chet) va aralash kreditlash va moliyalashtirish farqlanadi. Ular o’zaro bog’liq bo’lib, tovar harakatining eksportyordan importyorgacha bo’lgan barcha bosqichlariga xizmat ko’rsatadi. Tovar sotuv jarayoniga qanchalik yaqin bo’lsa, odatda xalqaro kreditning shartlari ham qarz oluvchiga shunchalik qulay bo’ladi;
2. Qarz valyutasiga ko’ra qarzdor-mamlakat yoki kreditor-mamlakat valyutasida, uchinchi mamlakat valyutasida, SDR va xalqaro hisob-kitob valyutalarida taqdim etiladigan xalqaro kreditlar farqlanadi;
3. Mudatlariga ko’ra qisqa muddatli – 1 yilgacha, ayrim holatlarda 18 oygacha (o’ta qisqa muddatli – 3 oygacha, bir sutkalik va bir haftalik), o’rta muddatli – 1 yildan 5 yilgacha, uzoq muddatli – 5 yildan uzoq muddatlarga beriladigan xalqaro kredit turlari farqlanadi. Ba’zi mamlakatlarda 7 yilgacha muddatga berilgan kreditlar o’rta muddatli, 7 yildan ortiq muddatga berilgan kreditlar esa uzoq muddatli bo’lib hisoblanadi. Qisqa muddatli kredit odatda tadbirkorlarni aylanma kapital bilan ta’minlaydi va nosavdo xarakteridagi, sug’urta hamda spekulyativ operatsiyalarga xizmat ko’rsatgan holda tashqi savdo va xalqaro to’lovlarda qo’llaniladi. Uzoq muddatli xalqaro kredit odatda asosiy ishlab chiqarish vositalariga investitsiya qilish uchun mo’ljallangan bo’lib, mashinalar va butlovchi jihozlar eksportining 85 foizi hajmiga hamda tashqi iqtisodiy munosabatlarning yangi shakllari (yirik ko’lamdagi loyihalar, ilmiy tekshirish ishlari, yangi texnikani joriy etilishi)ga xizmat ko’rsatadi. Agarda qisqa muddatli kreditning muddati uzaytirilsa, unda u o’rta muddatli, ayrim holatlarda esa uzoq muddatli kreditga aylanadi. Qisqa muddatli kreditlarning o’rta va uzoq muddatli kreditlarga aylanish jarayonida odatda davlat kafil sifatida faol ishtirok etadi;
4. Ta’minlanganlik tamoyiliga ko’ra xalqaro kreditlar ta’minlangan va blankali kreditlarga farqlanadi. Kreditning ta’minoti bo’lib odatda tovarlar, tovarga egalik huquqini beruvchi va boshqa tijorat hujjatlari, qimmatli qog’ozlar, veksellar, ko’chmas mulk hamda qimmatliklar xizmat qiladi. Kredit olish uchun tovar garovi 3 shaklda amalga oshiriladi: qat’iy garov (tovarlarning ma’lum bir massasi bank foydasiga garov qilinadi); muomaladagi tovar garovi (ma’lum bir summadagi, tegishli assortimentdagi tovarning qoldig’i hisobga olinadi); qayta ishlovdagi tovar garovi (mazkur mahsulotlarni bankka garovga bergan holda garovga olingan tovardan mahsulotlar ishlab chiqarish mumkin).
Blankali kredit qarzdorning qarzini ma’lum bir muddatda so’ndirish majburiyati bo’yicha beriladi. Odatda bunday kredit hujjati bo’lib qarz oluvchining yagona imzosiga ega bo’lgan solo-veksel xizmat qiladi. Blankali kreditning turlari bo’lib asosan kontokorrent (bankning mijoz bilan barcha operatsiyalarini hisobga oluvchi yagona hisobvaroq) va overdraft (mijoz hisobidagi ortiqcha qoldiq mablag’lar krediti) kreditlar hisoblanadi.
5. Taqdim etilishi bo’yicha xalqaro kreditlar qarz oluvchi ixtiyori bilan uning hisobvarag’iga o’tkaziladigan moliyaviy (naqd ko’rinishdagi) kreditlar, importyor yoki bank tomonidan aktseptli tratta shaklidagi aktseptli kreditlar, depozit sertifikatlari, obligatsiyali qarzlar, konsortsial yoki sindikatlashgan kreditlar va boshqa shu kabilarga farqlanadi.
6. Kreditni qarzdorga kim taqdim etishiga qarab xalqaro kreditlar - firmalar, banklar, ayrim holatlarda vositachilar (brokerlar) tomonidan taqdim etiladigan xususiy kreditlarga; hukumat kreditlariga; xususiy tashkilotlar va davlat ishtirok etuvchi aralash kreditlarga; xalqaro, hududiy valyuta-kredit va moliyaviy tashkilotlarning davlatlararo kreditlariga bo’linadi.
7. Tashqi iqtisodiy bitimning qarz mablag’lari hisobidan qoplanishi bo’yicha xalqaro kreditlar quyidagilarga bo’linadi:

  • tijorat krediti (asosan tashqi savdo va xizmatlar bilan bog’liq kreditlar);

  • moliyaviy kredit (istalgan boshqa maqsadlarda foydalaniladigan, shu jumladan, kapital quyilmalar, investitsion ob’ektlarni qurish, qimmatbaho qog’ozlarni sotib olish, tashqi qarzni to’lash, valyuta interventsiyasi maqsadlaridagi kreditlar);

  • “oraliq” kreditlar (kapitallar, tovar va xizmatlarning chiqib ketishining aralash shakllariga xizmat qilishga mo’ljallangan).

8. Xalqaro kreditni ko’rinishi bo’yicha 2 ta asosiy shaklga bo’lib ko’rsatish mumkin:

  1. Xalqaro bank krediti;

  1. Xalqaro tijorat krediti.

Xalqaro bank krediti asosan valyuta (pul) ko’rinishida bo’lib, importyorlar tomonidan avans to’lovlari shaklida ham taqdim etilishi mumkin. Ayrim holatlarda valyuta krediti jihozlar etkazib berish bo’yicha tijorat bitimining shartlaridan biri hisoblanadi. Xalqaro tijorat krediti esa, odatda tovar ko’rinishiga ega bo’lib, asosan eksportyorlardan importyorlarga taqdim etiladi.



Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin