1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli Reja


Xalqaro kredit operatsiyalarida faktoring va forfeyting



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə83/106
tarix07.01.2024
ölçüsü1,47 Mb.
#203812
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   106
1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosa

16.3. Xalqaro kredit operatsiyalarida faktoring va forfeyting


Faktoring (“factoring” inglizcha “factor” – vositachi so’zini anglatadi) – ixtisoslashgan moliyaviy kompaniya tomonidan mahsulotni sotuvchining sotib oluvchiga bo’lgan pul talablarini sotib olish shaklidagi kreditdir. Xalqaro faktoring – eksportyorning importyorga to’lanmagan mablag’lari bo’yicha to’lov talabnomasini faktoring kompaniyasi (odatda bank) tomonidan sotib olish orqali eksportni kreditlash shakli hisoblanadi. Faktoring fompaniyalarining rivojlanishi 1960 yillardan boshlangan bo’lib, to’lovlarni kechikishi, amalga oshmasligi hamda eksportyorlarni kreditlarga bo’lgan talablarini ortib borishi bunga sabab bo’lgan. Uning tarixiy shakli “koloniya” ko’rinishidagi faktoring hisoblanadi. Unda tovarlar oldi-sotdisi, omborxona va komission operatsiyalar amalga oshirilgan. Qadimda va o’rta asrlarda xaridorlar guruhi yangi bozorlarda tovarlarni sotish bo’yicha agentlar rolini o’ynaganlar. Bu tovar faktoring deb yuritilgan. Moliyaviy faktoringlar dastlab AQShda 1890 yillarda Evropadan gazlama importini qisqartirish va shu yo’l bilan milliy ishlab chiqaruvchilarni himoyalash maqsadida paydo bo’lgan. Bu kabi operatsiyadar ikkinchi jahon urishidan so’ng keng ko’lamda taraqqiy topdi.
Mablag’larni talab qilish muddati kelguncha ekportyorni avanslagan holda faktoring kompaniyasi uni kreditlaydi. Kreditlash hajmi mijozning kreditni to’lash qobiliyatiga ko’ra hisob-faktura summasining 70-90 foizi miqdorida bo’ladi. Qolgan 10-30 foizi kreditning foizi qilib hisoblanadi va komission hizmatlar xarajati mijoz hisobidan to’lanadi. Ushbu hisobvaroq mablag’lari faktoring kompaniya o’z zimmasiga olmagan tijorat risklarini (tovar sifatining talabga javob bermasligi, bog’lamining butligi, narx bo’yicha tortishuv va boshqalar) qoplashga hizmat qiladi. To’lov talabnomasini inkassatsiya qilingandan keyin faktoring kompaniyasi hisobni yopadi va eksportyorga uning qoldig’ini, shuningdek muddati o’tkazib yuborilganligi uchun iprotyor to’lagan jarimalar bilan birga qaytaradi.
Shartnomani tuzish nuqtai-nazaridan xalqaro faktoringni quyidagi turlari farqlanadi:

  • o’zaro (ikki faktoringli) - eksportyor va importyor mamlakatiga mos ravishda tashqi iqtisodiy bitimlarga xizmat ko’rsatuvchi ikkita faktoring kompaniyasining o’zaro munosabatlari ko’rib chiqiladi;

  • to’g’ridan-to’g’ri import – eksport tushumlarini inkassatsiya qilish yo’li bilan yoki importyorga to’lov kafolatini berish orqali eksportyor bilan tuziladigan iportyor mamlakatlarida faktoring xizmat ko’rsatish (doimiy bitim) shartnomalari;

  • to’g’ridan-to’g’ri eksport – eksportyorning mamlakatida o’z zimmasiga kredit riskini oluvchi faktoring kompaniya bilan faktoring shartnomasini tuzish. Bunda faktoring kompaniyasi importyorni to’lov qobiliyatiga baho beradi va unga taqdim etilgan hisob-fakturalarni inkassatsiya qiladi.

Faktoring operatsiyalarining qiymati (to’lov talabnomasi sifatida importyorning to’lov qobiliyatiga bog’liq holda bitim summasidan 0,5-2 foiz) komission xarajatlarini o’z ichiga oladi va kredit uchun foiz hisob-fakturaga avans to’lov shaklida bo’ladi.
Faktoring kreditlari uchun foiz odatda faktoring kompaniyalarini foydasini ta’minlash uchun rasmiy hisob stavkasidan 2-4 foiz yuqori bo’ladi. Nisbatan qimmat bo’lishiga qaramasdan eksportyorlar faktoring operatsiyasini o’tkazishdan manfaatdor bo’lishadi. Ya’ni faktoring operatsiyalari eksportyorlarga quyidagi afzalliklarni taqdim etadi:

  • muddati 120 kun bo’lgan faktoring kreditlari orqali valyutaviy tushumlar shaklida asosiy summani muddatidan oldin olish imkoniyati;

  • importyorlarning qarzlarini inkassatsiya qilishdan ozod etish va inkassatsiya muddatini o’rtacha 15-20 foiz qisqarishi;

  • faktoring kompaniyasi importyor bilan hisob-kitob operatsiyalariga malakali xizmat ko’rsatishi hisobiga buxgalteriya, boshqaruv va boshqa xarajatlarni qisqarishi

  • importyor tomonidan to’lov muddatini o’tkazib yuborish yoki kechiktirish hisobiga shubhali debitorlik qarzdorlikni paydo bo’lishidagi risklarni bartaraf etish. Faktoring kompaniya to’lanmagan hisob-fakturalarni sotib olish orqali undagi barcha risklarni o’z zimmasiga oladi. Shuning uchun u importyorning to’lov qobiliyati nuqtai-nazaridan o’zi egallaydigan to’lov talabnomalarini diqqat bilan tekshiradi. Alohida importyorlar qarzlari bo’yicha limitlarni o’rnatadi;

  • faktoring kompaniyasining turli-xil ya’ni yuridik, axborot-targ’ibot, maslahat va boshqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini mavjudligi.

Faktoring xizmat ko’rsatish to’g’risidagi shartnomaning mavjudligi bankdan kredit olishni engillashtirgan holda eksportyorning kredit qobiliyatini oshiradi. Bu esa o’z navbatida eksportyorni ishlab chiqarish faoliyatini takomillashtirish uchun sharoitni yaratib beradi va uning foydasini oshiradi.
Yirik transmilliy kompaniyalar tomonidan turli mamlakatlarga korxonalarga faktoring xizmatlarini ko’rsatish uchun maxsus tarmoqlar-filiallar ochiladi va ularning soni borgan hozirda ortib bormoqda.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 2000 yil 15 iyunda 476-son bilan tasdiqlangan “Tijorat banklari tomonidan O’zbekiston Respublikasi hududida faktoring operatsiyalarini o’tkazish tartibi to’g’risida”gi Nizom (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000 yil 3 avgustda 953-son bilan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan) mamlakatimizda faktoring operatsiyalarini amalga oshirish uchun asosiy me’yoriy hujjat hisoblanadi.
Ushbu hujjatga ko’ra faktoring – bu xo’jalik-yurituvchi sub’ektlar-ta’minotchilar (mijoz)ni bank (aktseptlangan (mijoz roziligi asosidagi) to’lovlarni olish huquqiga ega bo’lgan moliyaviy agent, ya’ni mijoz kontragenti uchun to’lovchi) tomonidan etkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlarga berilgan to’lov talabnomalarini regress (muomala) huquqisiz moliyalashtirilishi bilan bog’liq bank xizmat turlaridan biridir.
Mamlakatimizda to’lovchi moliyaviy agent (bank) tomonidan ko’rsatilgan faktoring xizmatlari bo’yicha pullik talabnomalarni mijoz tomonidan ijro etish muddati 90 kundan ortiq bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi. Faktoring operatsiyasi bo’yicha mijoz tomonidan muddatida to’lanmagan to’lovlarni yoki majburiyatlarni qonuniy asosda tugatish choralarini ko’rishlari lozim.
Xorijiy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvarag’iga ega bo’lgan tashkilotlar, korxonalarga o’zlarining vakolatli banklari eksport operatsiyalari bo’yicha faktoring operatsiyalari xizmatini ko’rsatishi mumkin.
Forfeyting (inglizcha “forfeiting”, frantsuzcha “a forfait” degan so’zlardan olingan bo’lib, butunlay, to’laligicha, umumiy, yalpi summa degan ma’nolarni anglatadi) bir martalik to’liq to’lov evaziga to’lovchiga ma’lum bir huquqlar taqdim etilishini bildirib, forfet kompaniya yoki bank tomonidan veksellarni hamda boshqa qarz majburiyatlarini to’liq muddatga, oldindan belgilangan shartlar asosida sotib olinishi hisoblanadi. Forfeyting xalqaro savdo va xizmatlar ko’rsatish sohasida mahsulotlar va xizmatlar bo’yicha kelajakda olinishi lozim bo’lgan tushumlar o’rniga mablag’larni o’sha kunning o’zida olish imkoniyatini yaratganligi uchun ham keng qo’llaniladi.
Eksport forfeytingi bu chet ellik importyordan eksportyorning to’lov talabnomalarini forfeytor tomonidan sotib olish shaklidagi kredit hisoblanadi. Forfeytor o’zi to’langan summani o’rnini qoplash uchun eksportyordan importyor jo’natgan to’lov qimmatli qog’ozini regress (muomala) huquqisiz to’liq muddatga sotib oladi. “Regress huquqisiz” tushunchasi barcha risklar va javobgarlik qarzdor zimmasiga olinishini bildiradi.
Forfeyting qimmatli qog’ozlarining asosiy turlari oddiy va o’tkazma veksellar hisoblanadi. Ular bilan operatsiyalar oson va sodda amalga oshiriladi. Veksellardan tashqari forfeyting ob’ekti bo’lib akkreditiv shaklidagi majburiyatlar olinishi mumkin. Akkreditiv xisob-kitob va pulli xujjat hisoblanadi. Bir bankning (kredit tashkilotining) boshqasiga transportga yuklab jo’natilgan mahsulot hujjatlari asosida maxsus hisobda saqlanayotgan mablag’larni o’tkazish yoki akkreditivni taqdim etuvchiga ma’lum bir summani to’lash to’g’risidagi topshiriig’ini o’zida namoyon etadi. Hujjatli akkreditiv chaqirib olinadigan va chaqirib olinmaydigan bo’lishi mumkin. Chaqirib olinmaydigan akkreditivda uning barcha shartlarga rioya etgan holda tijorat hujjatlarini bank-emitentga taqdim etilganda to’lovlarni amalga oshirish belgilangan.
Eksportni kreditlash shakli sifatida forfeyting quyidagi xususiyatlarga ega:

  • amalda ma’lum to’lov talabnomalarini sotib olish. Forfeyting shartnoma qiymatining 100 foizigacha kreditlashni o’z ichiga olishi mumkin (bunda bojxona xarajatlari hisobga olinmaydi);

- yirik summadagi (250 ming AQSh dollaridan ortiq) va uzoq muddatli bitimlarda (6 oydan 10 yilgacha bo’lgan bitimlarda) foydalaniladi. Bunda eksportyor roziligi talab etiladi;
- importyor qarzlari birinchi toifali banklar tomonidan avallangan (kafolatlangan) veksellar shaklida rasmiylashtirilgan bo’lishi kerak, bu shart ularni qayta hisobga olib borish uchun zarurdir. Veksellarni uzatish indossament orqali rasmiylashtiriladi;
- yuqori qiymat. Veksellar hisobi ma’lum bir davlatning yoki LIBOR stavka orqali amalga oshiriladi, shuningdek qa’iy stavkadan ham foydalanish mumkin. Diskont hajmi (LIBOR+% (valyuta shartnomalarida o’rtacha 7-12,5% yillik stavka bo’ladi)) forfeytor o’ziga qabul qilgan risk, veksel muddati va valyutaga bog’liq.;
- faktoringga xos bo’lgan barcha risklar (to’lovni, o’tkazmalarni amalga oshmasligi, valyutaviy va boshqalar) mavjud bo’lib, shuningdek, unga uzoq muddatli qarz talabnomalariga ega bo’lish bilan bog’liq bo’lgan risklar ham ko’shiladi;
- forfetingdagi risklar hisobiga veksellar va boshqa qarz majburiyatlari bo’yicha to’lovlarni o’tkazish usullari muhim ahamiyat kasb etadi. Odatda shuning uchun ushbu operatsiyaga qatnashuvchi banklar o’zaro korrespondentlik tarmoqlaridan foydalanishadi;
- forfeyting lizingdan oddiy xujjatlarni rasmiylashtirish bilan farq qilib, keyinchalik tasdiqlash hisobiga odatda telefon orqali amalga oshiriladi;
- forfeytingdan davlat va mahalliy tizimda foydalanish mumkin, shuningdek, eksport kafolat ostida moliyalashtiriladi.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin