1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli Reja


Reja Xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish asoslari va tartibi



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə91/106
tarix07.01.2024
ölçüsü1,47 Mb.
#203812
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   106
1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosa

Reja

    1. Xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish asoslari va tartibi

    2. Xalqaro hisob-kitob shakllari va uning turkumlanishi.

    3. Elektron to‘lov tizimi, pul o‘tkazmalari va ularni amalga oshirish texnikasi. Inkasso va uning turlari.

    4. Akkreditiv va uning turlari. Akkreditiv hisob-kitob shaklida hujjatlar aylanishi, afzalliklari va kamchiliklari.

17.1. Xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish asoslari va tartibi.
Xalqaro xisob-kitoblardagi o‘zgartirishlarning paydo bo‘lishi xamda ularning yanada takomillashib borishi tovar ishlab chiqarish va muomala jarayonining rivojlanishi xamda baynalmilallashuvi bilan bog‘liqdir. Tovarlarni ishlab chiqarish va ularni sotish davrlarining o‘zaro muvofiq kelmasligi xamda iste’mol bozorlarining uzoqligi tufayli, xalqaro muomaladagi qiymatlar xarakatining nisbatan mustaqil bo‘lib qolgan shakli xalqaro xisob-kitoblarda o‘z aksini topadi. Xalqaro xisob-kitoblar tovarlar va xizmatlar bilan tashqi savdo xamda notijorat operatsiyalar, kreditlar va mamlakatlararo kapitallar xarakati bo‘yicha xisob-kitoblarni qamrab oladi.
Xalqaro xisob-kitoblar – turli mamlakatlar fuqarolari va yuridik shaxslari orasida iqtisodiy, siyosiy va madaniy munosabatlar tufayli vujudga keladigan pul talablari va majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlarni muvofiqlashtirishdir.12 Xalqaro xisob-kitoblar bir tomondan, amaliyotda shakllangan va xalqaro xujjatlar xamda udumlar bilan mustaxkamlangan to‘lovlarni amalga oshirish shartlari va tartibini, ikkinchi tomondan, ushbu xisob-kitoblarni amalga oshirish yuzasidan kunlik amaliy faoliyatni o‘z ichiga oladi. Xisob-kitoblarning eng katta xajmi bank xisobvaraqlarida yozuvlarni amlga oshirish orqali naqdsiz pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda, jaxonning eng yirik banklari xalqaro xisob-kitoblarda yetakchilik rolini o‘ynaydi. Mazkur banklarning xalqaro xisob-kitoblarga bo‘lgan ta’sir darajasi ular joylashgan mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalari, milliy valyutasining ishlatilish masshtablari, ixtisoslashganligi, moliyaviy axvoli, ishbilarmonlik mavqei, vakil-banklar tizimiga bevosita bog‘liqdir.
Xalqaro xisob-kitoblar – turli mamlakatlar fuqarolari va yuridik shaxslari orasida iqtisodiy, siyosiy va madaniy munosabatlar tufayli vujudga keladigan pul talablari va majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlarni muvofiqlashtirishdir.13 Xalqaro xisob-kitoblar bir tomondan, amaliyotda shakllangan va xalqaro xujjatlar xamda udumlar bilan mustaxkamlangan to‘lovlarni amalga oshirish shartlari va tartibini, ikkinchi tomondan, ushbu xisob-kitoblarni amalga oshirish yuzasidan kunlik amaliy faoliyatni o‘z ichiga oladi. Xisob-kitoblarning eng katta xajmi bank xisobvaraqlarida yozuvlarni amlga oshirish orqali naqdsiz pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda, jaxonning eng yirik banklari xalqaro xisob-kitoblarda yetakchilik rolini o‘ynaydi. Xalqaro xisob-kitoblarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish uchun banklar odatda kutilayotgan to‘lovlarning tarkibiy tuzilishi va muddatlariga muvofiq ravishda zarur bo‘lgan va turli valyutalarda ifodalangan valyuta pozitsiyalarini ta’minlab turadilar va o‘z valyuta zaxiralarini diversifikatsiyalash siyosatini o‘tkazadilar. Banklar, nisbatan yuqori foyda olish maqsadida o‘z valyuta aktivlarini jaxon ssuda kapitallari bozorida, shu jumladan yevrobozorda joylashtirishni afzal ko‘rgan xolda “nostro” xisobvaraqlaridagi minimal qoldiqlarni ta’minlashga xarakat qiladilar.
Xalqaro xisob-kitoblar borasidagi banklar faoliyati bir tomondan, milliy qonunchilik bilan muvofiqlashtiriladi, boshqa tomondan esa – o‘rnatilgan qoidalar va udumlar yoki aloxida xujjatlar bilan mustaxkamlangan ko‘rinishda mavjud bo‘lgan, shakllangan amaliyot bilan belgilanadi.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin