1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli Reja



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə85/106
tarix07.01.2024
ölçüsü1,47 Mb.
#203812
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   106
1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosa

Forfeyting bitimida bir qator cheklovlar mavjud:

  • sotib oluvchi avvaldan ogohlantirilgan bo’lishi va qarzni so’ndirishga rozi bo’lishi lozim;

  • agar kompaniya xalqaro kompaniya yoki davlat tashkiloti hisoblanmasa, kreditor tanlovi asosida qarzni qaytarish majburiy ravishda bank yoki davlat tomonidan kafolatlangan bo’lishi lozim;

  • forfeyting bitimlari bank kreditlaridan farqli ravishda sir saqlanadi, tashkil etilgandan so’ng reklama va e’lonlarda nashr qilinadi. Boshqa tomondan esa forfet-kreditor ikkilamchi bozorda qarz qimmatli qog’ozlarini sotsa, bitim shartlari barchaga ma’lum bo’ladi. Shuning uchun ushbu holat forfeyting bitimida ko’rsatilishi lozim.

Forfeyting va faktoringni o’zaro o’xshash va farqli tomonlari (jadvalga qarang). Faktoringda moliya instituti (faktor) eksportyor bilan kelishgan holda eksport bitimini amalga oshirish bilan bog’liq moliyaviy majburiyatini o’z zimmasiga oladi. Ya’ni xorijiy sotib oluvchidan tushadigan to’lovlarni undirish asosida eksportyorning asosiy faoliyatini yuritishini qo’llab-quvvatlaydi. Faktoringa nisbatan forfeyting bir qator afzalliklarga ega.

  • faktoring qisqa muddatli moliyalashtirishda (90 kundan 180 kungacha bo’lgan oraliqda) foydalaniladi. Bunda valyutalar miqdori nisbatan kam bo’ladi va ekportyor uchun risk yuzaga keladi (ya’ni moliya institutlari odatda qarzning 80 %gacha bo’lgan qismini qabul qilishadi va importyorning to’lov qobiliyati bo’lmaganda ekportyordan regress huquqini saqlashni talab qiladi);

  • faktoring forfeytingdan ko’ra qimmatroq hisoblanadi. Ya’ni faktoringni foiz stavkasi forfeytingli moliyalashtirish shaklidan odatda yuqori bo’ladi;

  • faktoring operatsiyasidan farqli ravishda forfeytingda bank to’liq muddat bilan jami summani veksel ko’rinishida barcha tijorat risklari bilan birga va regress huquqisiz o’z zimmasiga oladi. Bu esa eksportyor uchun ko’proq foydali hisoblanadi.

Forfeyting ham faktoring kabi debitorlik qarzlarini sotish operatsiyasi hisoblanadi. Shunday bo’lsada ular orasida bir qator farqlar mavjud.
Forfeyting operatsiyasining mohiyati quyidagilarda namoyon bo’ladi:
- sotuvchi xaridorga to’lov muddatini o’zaytirishga imkon bergan holda sotib oluvchidan qarz tilxati (veksel)ni yozib berishini talab qilishi mumkin. Majburiyatlarni bajarish muddati kelganda veksel bo’yicha sotib oluvchi hech qanday mojarosiz to’lovlarni olish huquqiga ega bo’ladi. Muddati uzaytirilga to’lovlar bo’yicha veksel aylanma veksel hisoblanadi. Riskni kamaytirish uchun sotuvchi veksel bo’yicha majburiyatlarni bajarish uchun uchinchi shaxs kafolatini talab qilishi mumkin. Vekselda uchinchi shaxs kafolati aval deb nomladani va bunday veksellar avallangan veksellar hisoblanadi. Veksel o’z xususiyatiga ko’ra kuponsiz (davriy foiz to’lovi bo’lmagan) obligatsiyalar turkumiga kiritish mumkin. Vekselni ixtiyoriy vaqtda unga yozgan holda uchinchi shaxsga (forfeytorga) sotish mumkin. Vekselni qayta yozib uzatuvchi indossament hisoblanadi. Vekselni sotgan holda uning egasi qarzni talab qilish huquqini forfeytorga beradi. Shunday qilib, tovarlarni etkazib beruvchi vekselni sotgan holda to’lov muddati kelgunga qadar mablag’larni olish imkoniyatiga ega bo’ladi.
- vekselni sotishda uning egasi komission harajatlarni to’lamaydi. Vekselning nominal qiymatidan forfeytor tomonidan uning egasiga taqdim etiladigan chegirma hisobiga amalga oshiriladi. Bu chegirma “diskont” deb yuritiladi. Uning hajmi bitimni tuzuvchi tomonlar bilan kelishilgan holda o’rnatiladi. Bunda pul bozoridagi foiz stavkalar va risklar hisobga olinadi.
Faktoring operatsiyalari debitorlik qarzlarini o’z vaqtida so’ndirolmaslik va ularni kreditlash manbalarining cheklanganligi oqibatida doimiy moliyaviy qiyinchiliklarga duchor bo’luvchi kichik va o’rta biznes korxanalari uchun samarali bo’ladi. Bu usul bunday korxonalarga ko’shimcha elementlari, ya’ni buxgalteriya, axborot-targ’ibot, reklama, sotish, yuridik, sug’urta va boshqa xizmatlarni taqdim etishi bilan ham ma’qul hisoblanib, ularni ishlab chiqarish faoliyatini rag’batlantiradi va ish haqi xarajatlarini qisqartirish imkonini beradi.
Forfeyting operatsiyasi uzoq muddatli va qimmat loyihalarni amalga oshirishga pul mablag’larini to’plash uchun yirik korxonalarga samaraliroq hisoblanadi.



Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin