1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosa
15.2. Yevrokredit bozori Yevrokreditlarning asosiy qismini xalqaro bank sindikatlari taqdim etishadi. Shuning uchun yevrokreditlarni berish mexanizmini sindikatlashgan kreditlar misolida ham ko'rib chiqish maqsadga muvofiq.
Yevrobozordagi kredit operatsiyalari bir mln AQSH dollaridan bir necha yuz mln AQSH dollari hajmida amalga oshiriladi. Shuningdek, bunda kreditlar garov bilan ta'minlanmasdan va foydalanish maqsadi aniq ko‘rsatilmagan holda ham berilishi mumkin.
Yevrokredit bozoridagi foiz stavkalarni turli davlatlarning foiz stavkalariga nisbatan erkin shakllanishi yevrobozorga xos xususiyatlardan hisoblanadi. Xalqaro foiz stavkalar odatda kredit liniyasi bo'yicha kreditlash limiti ochilayotganda olinadi. Yevrovaluta bozorida kredit foiz stavkalari asosan LIBOR (LIBOR — qisqa muddatli (odatda 6 oylik) yevrovalutalar (asosan AQSH dollari) bo‘yicha London banklararo mablag‘lar taklifi stavkasi)ga o‘zgarmas kattalikdagi foiz stavkasi (spred (spread) bank xizmatlari uchun ustama)ni qo‘shish orqali aniqlanadi. Yevrokreditlar bo‘yicha spred darajasi odatda 3/4% dan 3% gacha bo‘lib, uning miqdori kreditga bolgan talab va taklifning o‘zaro nisbaliga, kredit muddatiga, mijozning kredit bo‘yicha to'lovga qobilligiga, kredit riskiga bog‘liq. Umuman olganda, yevrokreditlar bo‘yicha foiz stavka bazaviy (asosiy (LIBOR)) stavkaga spredni qo‘shish orqali aniqlanadi.
Yevrobozordagi depozitlarning foiz stavkasi London banklari aro qisqa muddatli depozitlarning toiz stavkasi LIBID (LIBID) orqali aniqlanadi.
Yevrobozordagi foiz stavkalari milliy bozorlardagi foiz stavkalariga nisbatan mustaqil bo‘lishlariga qaramasdan, ular bilan o‘zaro bir-biriga bog‘liq holda shakllanadi. Shuningdek, xalqaro foiz stavkalari ham milliy foiz stavkalariga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin, ya’ni ular o‘zaro bir-biriga aks ta’sirga ega. Jahon ssuda kapitallari bozoridagi foiz stavkalar milliy foiz stavkalarni o‘zaro bir-biri bilan muvofiqligini ta’minlashga xizmat qiladi, ya’ni xalqaro foiz stavkalarining tebranish doirasi bo'yicha milliy foiz stavkalari ham o‘zgarib boradi. Yevrobozordagi foiz stavkalar muddati, valuta turi va boshqa jihatlar bo‘yicha diversifikatsiyalashgan. 1960-yillardan boshlab jahon bozorida kredit va depozitlar bahosini aniqlashda bozor konyunkturasiga mos ravishda o‘zgaruvchi suzuvchi foiz stavkalar asosiy rol o‘ynamoqda.
Yevrokreditlarning shakllari. Yevrokreditlar yevrovalutada odatda 10 oydan 12 yilgacha (o‘rtacha 7 yilga) va asosan 100 mln AQSH dollaridan 500 mln AQSH dollari miqdorida beriladi. Yevrokreditlar bo‘yicha foiz stavkalari suzuvchi bo‘lib, doimo xalqaro foiz stavkalari (LIBOR, PIBOR, FIBOR) asosida ko‘rib chiqiladi. Yevrobanklar yevrokreditga xizmat ko‘rsatgani, ishtirok etgani va ushbu jarayonni boshqargani uchun komission to'lovlar oladi yoki kredit foiziga bank o‘z spredini qo‘shadi. Yevrokreditlarni olish juda qulay va tez amalga oshiriladi hamda ushbu kreditlarni uzoq muddat davomida so‘ndirishga imkon beriladi. Yevrobanklar mijozning to‘lov va kreditni qaytarish qobiliyatini, kredit tarixini o‘rgangan holda turli shakldagi muzokaralar natijasida ssuda shartlari to‘g‘risidagi yozma shartnoma asosida o‘z mijoziga yevrokreditlarni taqdim etishadi. Foiz stavkaning o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan zararlarni oldini olish maqsadida banklar qisqa muddatli yevrokreditlar bozorida turli ko‘rinishdagi moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiradilar. O’rta va uzoq muddatli yevrokreditlar odatda stend-bay va qayta yangilanish (rollover) shartlari asosida taqdim etiladi.
Birinchi holatda bank qarz oluvchiga shartnomada kelishilgan summani turli qisqa (3, 6, 9, 12 oylik) muddatlar bo‘yicha alohida-alohida taqdim etish majburiyatini oladi. Shartnomada belgilangan har bir muddat bo‘yicha kredit foizi ham alohida-alohida, yevrovaluta bozoridagi asosiy suzuvchi foiz stavkalar (masalan, LIBOR)ning o‘zgarishini inobatga olgan holda ko'rib chiqiladi. Bu esa, yevrobanklarga o‘rta va uzoq muddatli kreditlarni qisqa muddatli resurslardan foydalangan holda taqdim etish imkoniyatini yaratadi.
lkkinchi holatda, rollover yevrokreditlar turli shartlar asosida berilishi mumkin. Xususan:
1. Yevrobank bitim tuzilgandan so‘tig, investitsion loyihani kreditlash uchun mo‘ljallangan barcha summani darhol bir martalik to‘lov orqali yoki ma’lum bir muddatdan keyin berishi, shuningdek, kreditni so'ndirish tartibi ham bir martalik to‘lov hisobiga yoki qisman, alohida to‘lovlar rejasi orqali amalga oshirilishi mumkin.
2. Amaliyotda keng tarqalgan rollover kredit turlaridan biri bu kreditning ma’lum bir oraliq muddati davomida mijozning rnaksimal olishi mumkin bo‘lgan kredit miqdorini nazarda tutadi. Bunday kreditni so‘ndirish tartibi bir martalik yoki qisman to‘lovlar orqali amalga oshiriladi.
3. Kredit shartnomasida ssuda hajmi va uning foiz stavkasini kreditning umumiy muddati davomida har chorakda, yarim yilda yoki bir yilda bir marta va h.k. oraliq muddatlarda qayta ko‘rib chiqish tartibi yoki sanasi belgilab qo‘yiladi.
4. Rollover kreditning maxsus turlaridan biri bu qarz oluvchiga kelishilgan ma’lum muddat davomida oldindan belgilangan shartlar asosida zarur bo‘lganda yevrobankdan kredit olish huquqini beradi.
Rollover kreditlarning shakli va shartlari turlicha bo‘lsada, ular uchun ham ba’zi bir elementlar majburiy hisoblanadi. Xususan, tomonlarning faoliyat tavsifi, kreditning summasi, maqsadi va to‘lov valutasi, so'ndirish muddati va tartibi, qiymati va kafolati hamda boshqalar.
Yevrodepozitlaming muddati 1 kundan 1 yilgacha, ba’zan 5 yilgacha cho‘zilishi mumkin, odatda ularning muddati 6 oy bo‘ladi. Mazkur bozorda banklararo depozitlarning o'rtacha summasi 5-10 mln AQSH dollarini, ba'zan esa undan bir necha marta katta miqdorni tashkil etadi.