1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli Reja


-mavzu. Xalqaro kredit va investitsiya munosabatlarining rivojlanishi



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə80/106
tarix07.01.2024
ölçüsü1,47 Mb.
#203812
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   106
1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosa

16-mavzu. Xalqaro kredit va investitsiya munosabatlarining rivojlanishi


Reja
16.1. Xalqaro kredit, uning funktsiyalari va tamoyillari.
16.2. Xalqaro kreditning asosiy shakllari.
16.3. Xalqaro kredit operatsiyalarida faktoring va forfeyting.
16.4. Tashqi iqtisodiy faoliyatni uzoq muddatli moliyalashtirish shakllari.
16.5. Investitsiya loyihalarni uzoq muddatli xalqaro kreditlash.
16.6. Xalqaro lizing operatsiyalari.


Tayanch so’z va iboralar


Xalqaro kredit, xalqaro kredit tamoyillari, funktsiyalari va shakllari, kredit diskriminatsiyasi, firmaning (tijorat) krediti, vekselli kredit, ochiq hisobvaraqlar bo’yicha beriladigan kredit, xarid bo’naki, bank kreditlari, eksport krediti, iste’mol kredi, moliyaviy kredit, aktseptli-rambursli kredit, broker krediti, faktoring, forfeyting, tashqi iqtisodiy faoliyatni uzoq muddatli moliyalashtirish, kompensatsion bitimlar bo’yicha kreditlar, qo’shma moliyalashtirish, xalqaro sindikatlashgan yoki konsortsium kreditlari, byudjet mablag’lari hisobdan ajratiladigan uzoq muddatli xalqaro kreditlar, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish tamoyillari, risk darajasi yuqori bo’lgan loyihalar, venchurli moliyalashtirish, kreditni sekyuritizatsiyalash, kontsession shartnomalar asosida loyihalarni moliyalashtirish, loyihalarni moliyalashtirish bo’yicha moliyaviy maslahat berish, xalqaro lizing, bevosita va bilvosita lizing, muddatli va qayta tiklanuvchi lizing, operatsion va moliyaviy lizing, andozali (standart), sof, qaytariluvchi (liz-bek), yaxlit, to’la xizmatli, mol etkazib beruvchiga, qayta tiklanuvchi, vendor lizing, harakatlanadigan va harakatlanmaydigan (ko’chmas mulk) mulk, asbob-uskunani qoldiq qiymati lizingi, xalqaro kreditning valyuta-moliyaviy va to’lov shartlari, xalqaro kreditning to’lov valyutasi, summasi, muddati, bahosi va ta’minoti.


16.1. Xalqaro kredit, uning funktsiyalari va tamoyillari


Xalqaro kredit – bu tovar va valyuta ko’rinishidagi mablag’larni qaytarib berishlilik, muddatlilik, foiz to’lashlilik shartlari asosida berish bilan bog’liq bo’lgan xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi ssuda kapitali harakatidir.
Xalqaro kredit munosabatlarining sub’ektlari sifatida tijorat banklari, markaziy banklar, davlat organlari, yirik korxonalar, mintaqaviy va xalqaro moliya-kredit tashkilotlari qatnashadi.
Xalqaro kreditni yuzaga kelishiga sabab bo’lib, ishlab chiqarishning milliy doiradan chiqishi, xo’jalik aloqalari baynalminallashuv jarayonining tezlashishi, xalqaro kapitallarning markazlashuvi hamda ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi hisoblanadi.
Xalqaro kredit kapital ishlab chiqarishning dastlabki bosqichlarida vujudga kelgan va kapitalni jamg’arishning asosiy usullaridan biri bo’lgan.
Xalqaro kreditning asosiy manbalari bo’lib korxonalarning bo’sh turgan pul mablag’lari, bank va kredit tashkilotlariga jalb qilinadigan davlat va xususiy sektorning pul jamg’armalari hisoblanadi.
Mahsulotlarni takror ishlab chiqarish jarayonida xalqaro kreditga ob’ektiv zarurat yuzaga keladi va u xo’jalik sub’ektlarida mablag’larning doiraviy aylanishiga, mahsulotni ishlab chiqarish va sotish xususiyatlariga, tashqi iqtisodiy bitimlarning hajmi va muddatidagi farqlarga, iqtisodiyotda ishlab chiqarishni kengaytirishga mo’ljallangan yirik kapital qo’yilmalarini amalga oshirishga bog’liq bo’ladi.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin