1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli Reja


Yevrovalutadagi qimmatli qog‘ozlar bozori



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə78/106
tarix07.01.2024
ölçüsü1,47 Mb.
#203812
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   106
1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosa

15.3. Yevrovalutadagi qimmatli qog‘ozlar bozori
Jahon ssuda kapitallari bozori faoliyati qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va oldi-sotdisi amalga oshiriladigan jahon fond bozori bilan uzviy bog‘liq holda rivojlanadi. Ushbu bog‘liqlik aktivlar sekyuritizatsiyasi (inglizcha securities — qimmatli qog'ozlar), xususan bank kreditlari bilan ta’minlangan qimmatli qog‘ozlarni chiqarish jarayoni bilan, hosila moliyaviy vositalar yangicha turlarini amaliyotda ko‘payishi bilan kuchayib bormoqda. Aktivlar seyuritizatsiyasiga asoslangan qimmatli qog‘ozlar bankdan qarzdorning kreditni so'ndirish uchun to‘lagan mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Yevromoliyaviy bozorda nominali yevrovaluta, masalan AQSH dollari, yevro yoki Yaponiya ienasi bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi qilinadi.
Yevroqimmatli qog‘ozlar (euro-securities) bu erkin muomalada bo'luvchi (transferable securities), sindikat anderrayterlar, yoki turli mamlakatlardan bo‘lgan ikki ishtirokchi orqali joylashtiriladigan, ularni bir yoki undan ortiq mamlakatlarga sotish rejalashtirilgan, faqat moliya-kredit tashkilotlari orqali ega bo'lish mumkin bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar hisoblanadi.
Bugungi kunda jahon fond bozorida qimmatli qog‘ozlarning yillik emissiyasi hajmi barcha manbalar hisobidan talabgorlarga berilgan xalqaro kreditlar va moliyaviy mablag‘larning qariyb yarmini tashkil etadi. Xalqaro qarz qimmatli qog‘ozlar xalqaro fond bozorida kapitalni jalb etishning va operatsiyalarning asosini tashkil etadi. Ularning tarkibida xalqaro obligatsiyalar va notalarni, turli kompaniyalar (korporativ), moliyaviy institutlar va davlatlarning xalqaro qarz qimmatli qog‘ozlarini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin.
Xalqaro qarz qimmatli qog'ozlarini fond bozorlarida muomalada bo‘luvchi asosiy ikki, ya’ni yevroobligatsiya va chet el obligatsiyalari shakllari rnavjud.
Nominal qiymati obligatsiya joylashtiriladigan mamlakatning rnilliy pul birligida bo‘lgan, ya’ni obligatsiya emitenti uchun xorijiy valutadagi va ushbu mamlakat fond birjasida kotirovka qilinadigan obligatsiyalar — chet el obligatsiyalari hisoblanadi. Masalan, Fransiyaning Angliyada joylashtirish uchun chiqarilgan qarz obligatsiyalari nominali funt sterlingda ifodalanadi, Angliya fond birjasidagi kotirovka natijalari asosida ingliz investorlari tomonidan sotib olinadi. Ya'ni chet el obligatsiyalari ma’lum bir mamlakatga ushbu davlat qonun-qoidalari asosida joylashtiriladi. Cliet el obligatsiyalari ham odatda, jahonning yirik moliyaviy markaz shaharlarida, masalan, Nyu-York, London, Yaponiya va boshqa shaharlarda joylashtiriladi. Chet el obligatsiyalaridan foydalanish amalivotga 500 yildan beri mavjud bo‘lsa, yevroobligatsiyalar paydo bo‘lganiga hozirda atigi 30 yil bo‘ldi.
Bugungi kunda chet el obligatsiyalarini asosan rivojlangan mamlakatlar emissiya qilishmoqda. Ba’zi mamlakatlar tomonidan emissiya qilingan chet el obligatsiyalari o‘ziga xos nom bilan ataladi. Masalan, Shveysariya obligatsiyalari — Chocolate Bonds, Yaponiya obligalsiyalari — Samourai Bonds, AQSH obligatsiyalari — Jankee Bonds, Buyuk Britaniya obligatsiyalari — Bulldog va h.k. Jahon fond bozorining ushbu segmenti yevroobligatsiyalarni ko‘payishi hisobiga qisqarib bormoqda.
Yevroobligatsiya — xorijiy investorlar orasida xalqaro sindikat anderrayterlari orqali joylashtiriladigan, emitent va xorijiy investorlar uchun chet el valutasida chiqarilgan qarz munosabatli qimmatli qog‘oz hisoblanadi. Yevroobligatsiyalar joylashtirilayotganda jahonning hech qaysi bir mamlakatida ro‘yxatga olinmaydi. Yevroobligatsiyalar asosan bank konsorsiumlari, sindikatlari va xalqaro tashkilotlari tomonidan emissiya qilinadi.
Yevroobligatsiyalarning turi sifatida «dragon» (inglizcha «dragon bonds» atamasidan olingan) obligatsiyalarini qayd etish mumkin. Ular yevrodollar obligatsiyalar bo'lib, osiyo bozorida joylashtirilgan (birinchi navbatda Yaponiyada) va ma’lum bir osiyo birjasida (odatda, Gongkong yoki Singapur birjalarida) listingga ega bo‘lgan qimmatli qog‘oz hisoblanadi.
Yevroobligatsiyalar va chet el obligatsiyalari o‘rtasidagi o‘xshashlik ularni mamlakatlar o‘rtasida kapitalni qayta taqsimlash vositasi bo'lib hisoblanishida, shuningdek, ularni emitent mamlakatlar milliy valutasidan farqli boshqa valutada emissiya qilinishida namoyon bo’ladi.
Yevroobligatsiyalar va chet el obligatsiyalari o‘rtasidagi farq esa quyidagilardan iborat:
Birinchidan, yevroobligatsiyalar erkin konvertatsiya qilinadigan valutada emissiya qilinadi. Chet el obligatsiyasi esa uning emitenti uchun ixtiyoriy xorijiy valutada emissiya qilinadi, ya’ni bunday valutalar erkin konvertatsiya qilinadigan valuta bo‘lmasligi ham mumkin.


Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin