Valyuta siyosatining quyidagi shakllari mavjud: diskont, deviz siyosati va uning ko’rinishlari: valyuta interventsiyasi, valyuta zaxiralarini diversifikatsiya qilish, valyutaviy cheklashlar, devalvatsiya, revolvatsiya.
Diskont (foiz stavkasi) siyosati.Markaziy bankning foiz siyosati, odatda milliy valyutaning amaldagi massasiga ta’sir ko’rsatish, ya’ni uni kamaytirsh yoki ko’paytirish orqali valyuta kursiga ta’sir etish mexanizmidir. Foiz stavkasi- ssuda kapitalining yillik daromadini uning mutloq kattaligiga nisbatidan kelib chiqadi.Foiz o’zining iqtisodiy ma’nosi bo’yicha, ssuda kapitalidan foydalanganlik uchun to’lanadigan qo’shimcha qiymatdir. Foiz stavkalari odatda foyda me’yori orqali aniqlanadi, lekin amaliyotda foiz stavkasi darajasi ssuda kapitallariga bo’ladigan talab va taklifdan kelib chiqadi. Bu talab va taklif bir qancha fundamental iqtisodiy hamda boshqa, ya’ni davriy o’zgarishlar, inflyatsiya darajasi, iqtisodiyotga davlatning aralashuv darajasi, Markaziy bank va davlatning byudjet-soliq siyosati va h.k. omillarga bog’liq.
Foiz stavkalari tarkibi asosida ob’ektiv tarzda pul bozori stavkasi yotadi. Ya’ni, tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalari asosida Markaziy bankning qayta moliyalash kreditlari stavkalari, pul bozori vositalari, shuningdek, banklararo kredit va depozit bozori foiz stavkalari, turadi.
Pul-valyuta bozorining stavkalar tarkibini asosiy elementlariga xazina veksellari stavkalari kiradi. Ba’zan bumamlakatlarda rasmiy foiz stavkasidan past bo’ladi. Chunki, xazina veksellariga kafolatlovchi sifatida hukumatning o’zi turganligidir. Shuningdek, hukumatning o’zi kafolat beruvchi sifatida turganligi uchun bu veksellar eng likvidli aktivlar toifasiga kiradi.
Xalqaro ssuda kapitallari bozorining rivojlanishi bilan LIBOR stavkasiga o’xshash boshqa stavkalar paydo bo’ldi: PIBOR (Parij), SIBOR (Singapur), NIBOR (Nyu-York, Norvegiya), KUBOR (Quvayt), LYuKSIBOR (Lyuksem-burg) va shu kabilar.
Bularning barchasida valyutadagi foiz stavkalari “tenglashish” an’anasiga ega, chunki ular Evrobozorda hududiy jihatdan yaqin joylashgan.
Deviz siyosati.Markaziy bankning deviz siyosati muomaladagi xorijiy valyuta miqdoriga ta’sir etish orqali valyuta kursiga ta’sir ko’rsatish, shuningdek, chet el valyutasidagi aktivlar barqarorligini ta’minlashga qaratiladi.