1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli Reja


Kapitalni kirishi va chiqib ketishi



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə57/106
tarix15.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#143871
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   106
маъруза матни ХММ

Kapitalni kirishi va chiqib ketishi. Kapitalni chiqishi va kirib kelishi to’lov balansiga ikki tomonlama ta’sir qiladi.Xususan,kapitalni chiqishi uning passivini oshiradi.Bunda, eksport tarmoqlarini modernizatsiyalash uchun foydalanish mumkin bo’lgan mablag’larni o’ziga jalb etadi (ya’ni tortib oladi).Shuningdek, kapital eksporti ma’lum bir davrdan so’ng dividend va foiz, foyda ko’rinishida mamlakatga xorijiy valyutada mablag’larni kirib kelishini ta’minlaydi.
Xorijiy kapitallarni mamlakatga kirib kelishi importyor mamlakat to’lov balansiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Chunki, tarmoqlarga xorijiy kapitalni kiritish natijasida tarmoqlarning iqtisodiy samaradorligi ortsa, undan olingan daromad tashqi qarzlarni so’ndirishga yo’naltiriladi. Aks holda esa, u to’lov balansiga salbiy ta’sir etishi mumkin.
Inflyatsiya. Inflyatsiyamamlakatto’lov balansiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Mamlakat ichida narxlarning ortishi mahalliy tovarlar raqobatbardoshligini kamaytiradi, ularning eksportini qiyinlashtiradi, tovarlar importini kuchaytiradi, chet elga kapitalning chiqib ketishi “qochishi” sodir bo’ladi.
Favqulotda holatlar. Hosilning yo’qolishi, stixiyali (o’z-o’zidan sodir bo’lgan) qashshoqlik, tabiiy ofatlar va h.k. kabi favqulotda holatlar mamlakat to’lov balansiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Savdo cheklovlari. To’lov balansigamamlakatlarning bir-biriga nisbatan qo’llayotgan diskriminatsiyalari, protektsionistik harakatlari, xususan mamlakatlarning o’zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlik munosabatlariga qarshilik qiluvchi bojxona to’siqlari to’lov balansida o’zgarishlar sodir bo’lishiga olib keladi.
To’lov balansining davlat tomonidan tartibga solinishi – bu, davlatni to’lov balansining asosiy moddalarini shakllantirishga hamda paydo bo’lgan taqchillikni moliyalashtirishga yo’naltirilgan iqtisodiy, jumladan, valyuta, moliya, pul-kredit tadbirlarini amalga oshirishga yo’naltirilgan faoliyatining umumiy yig’indisidir.
Mamlakatning xalqaro hisob-kitoblari va valyuta-iqtisodiy holatiga bog’liq holda to’lov balansini boshqarishning, tashqi iqtisodiy operatsiyalarni rag’batlantirish yoki qisqartirishga yo’naltirilgan turli usullari mavjud. To’lov balansida taqchillik mavjud bo’lgan davlatlar tomonidan, eksportni rag’batlantirish, import qilinayotgan tovarlarni kamaytirishga, xorijiy kapitalni jalb qilishga, kapitalni olib chiqib ketishni chegaralashga qaratilgan quyidagi tadbirlar qo’llaniladi:

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin