Moliyaviy derivativlar quyidagi o’ziga xos xususiyatlarga ega:
derivativning bazis aktivlari (foiz stavkalari, tovarlar yoki qimmatli qog’ozlar bahosi, valyuta (ayirboshlash) kursi, baholar va foiz stavkalar indeksi, kredit reytingi yoki kredit indeksi, va boshqalar) bahosining o’zgarishi uning bozordagi qiymatining o’zgarishiga olib keladi;
boshqa moliyaviy vositalarga nisbatan, katta bo’lmagan birlamchi xarajatlar asosida zarur aktivlarga derivativ orqali ega bo’lish, o’z-o’zidan ushbu bozor konyunkturasiga ta’sir qiladi;
bitimlar bo’yicha hisob-kitoblar kelajakda amalga oshiriladi;
derivativlarning asosiy belgilari:
hosila moliyaviy vositalar bazis aktivga asoslanadi. bir hosila moliyaviy vosita boshqa bir hosila moliyaviy vositaga bazis aktiv bo’lishi mumkin. masalan, fyuchers shartnomalariga optsion.
hosila moliyaviy vositalar odatda bazis aktivni oldi-sotdi qilish maqsadida foydalanilmaydi, balki ularning narxlari o’rtasidagi farqdan foyda olish uchun foydalaniladi.
hosila moliyaviy vositalar moliya bozori (ayniqsa, qimmatli qog’ozlar, valyuta va ssuda kapitallari bozori) va mahsulotlar bozori bilan bevosita bog’liq. chunki, ushbu bozorlar bir xil tamoyillar asosida shakllanadi, naxlarni shakllanishi bir xil qonun asosida sodir bo’ladi, ularda asosan bir xil ishtirokchilar savdo qilishadi.
Hosila moliyaviy vositalarning asosiy bazis aktivlari quyidagilar hisoblanadi:
bir yoki bir nechta yuridik shaxslar, davlat va munitsipial ta’lim orqali ijro etib bo’lmaydigan yoki etilmagan majburiyatlar to’g’risida ma’lumot beruvchi holatlar;
moliya bozorida ijro etiladigan, hukumat tomonidan qo’rib chiqilgan qonun loyihalari, yoki me’yoriy-huquqiy hujjatlarning amalga kiritilishi yoki kiritilmaslik holatlari;
bir yoki bir nechta iqtisodiy, ijtimoiy ko’rsatkichlar asosida hisoblanadigan indikatorlar, boshqa moliyaviy vosita belgilariga asoslanuvchi shartlar va narxlar.