14-mavzu. Моliyaviy derivativlar bozori
Reja
14.1. Moliyaviy derivativlar mohiyati va ularga xos xususiyatlar.
14.2. Hosila moliyaviy vositalarning asosiy turlari
14.3. Kredit va foiz derivativlari.
14.4. Hosilaviy moliya instrumentlarining global bozori rivojlanishi.
Tayanch so’z va iboralar
Moliyaviy derivativlar, bazis aktivlari, forvard, fyuchers, optsion,. svop, moliya injiniringi, moliyaviy innovatsiyalar, aktivlar bilan ta’minlangan qimmatli qog’ozla, kredit derivativlari, konvertirlanadigan qimmatli qog’ozlar, obligatsiyalar, depozitar tilxatlar, REPO, kredit notalari, kredit defolt svopi, foiz derivativlari, foiz svopi, foiz kafolatlari, “shift” va “pol” shaklidagi optsionlar.
14.1. Moliyaviy derivativlar mohiyati va ularga xos xususiyatlar
Hosilaviy moliyaviy vosita, derivativ (inglizcha derivative) –bazaviy aktivga nisbatan tomonlar bir qator harakatlarni amalga oshirish bo’yicha huquq yoki majburiyatlarni oluvchi shartnoma (kelishuv)dir. Odatda, bunday shartnomalarda mu’lum bir tovar yoki qimmatli qog’ozlarni olish, taqdim etish, sotib olish, sotish imkoniyatlari ko’rib chiqiladi. To’g’ridan-to’g’ri shartnomadan farqli ravishda derivativlarni oldi-sotdisi ma’lum bir shaklga solingan va standartlashgan bo’ladi, shuningdek oldindan tomonlardan birining shartnomani minimum qancha miqdorini sotish imkoniyati ko’rib chiqiladi. Ya’ni ular ham qimmatli qog’ozlarning bir turi hisoblanadi. Derivativ bahosi va xususiyatlarining o’zgarishi uning bazis aktivlari bilan uzviy bog’liqdir, biroq har doim ham bir xil bo’lavermaydi. Derivativlar ikki tomon o’rtasidagi kelishuvni o’zida aks ettirib, tomonlar o’zlariga mazkur bitim bo’yicha turli majburiyatlarni qabul qilishadi, yoki ma’lum bir aktivni yohud summani aniq muddatda (muddat ichida) yoki kelishilgan narx darajasi amalda qayd etilgunda berish huquqiga ega bo’ladi. Derivativlarni sotib olishdan asosiy maqsad, odatda, uning bazis aktivlarni egallash hisoblanmaydi, balki ma’lum bir muddat davomida bazis aktivlarni baho va valyuta riskidan xedjirlash yoki bazis aktivlarning narxini o’zgarishidan spekulyativ foyda olish hisoblanadi. Har bir tomon uchun oxirgi moliyaviy natija ijobiy yoki salbiy yakun topishi mumkin.
Derivativlarning asosiy xususiyatlaridan biri majburiyatlar miqdori undagi bazim aktivlar miqdori bilan bog’liq bo’lmaydi. Masalan aktsiyalarga CFD9 (contract for difference) bitimlar hajmi o’sha kompaniya tomonidan chiqarilgan aktsiyalar hajmidan bir necha marta katta bo’lishi mumkin. CFDni sotib oluvchi va sotuvchilar oldindan aktsiyalarni haqiqatda etkazib berishni haqida o’ylashmadi, balki ular ma’lum muddatda oralig’ida va shartlar asosida shakllanadigan aktsiyalar narxlari o’rtasidagi farqqa qiziqishadi
Dostları ilə paylaş: |