1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli Reja


Xalqaro moliya bozorining rivojlanish va xalqaro kapital haratining zamonaviy tendentsiyalari



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə62/106
tarix15.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#143871
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   106
маъруза матни ХММ

13.2. Xalqaro moliya bozorining rivojlanish va xalqaro kapital haratining zamonaviy tendentsiyalari

Jahon iqtisodiyotida xalqaro moliya bozorining segmentlari tadrijiy ravishda muayyan bosqichlarda shakllangan. Mazkur bozor taraqqiyotining oxirgi bosqichida fond segmenti va xalqaro derivativlar bozorlari jadal rivojlangan.




Xalqaro moliya bozorining tarkibiy tuzilishi va uning shakllanish bosqichlari

Bosqichlar

Yillar

Xalqaro moliya bozorining tarkibiy tuzilishidagi o’zgarishlar

Birinchi bosqich

1860 yillar

Tashqi savdoning rivojlanishi. Xalqaro oltin-valyuta bozorining paydo bo’lishi.

Ikkinchi bosqich

1950 yillar

Milliy kredit bozorlaridagi operatsiyalarning baynalminallashuvi.

1960 yillar

Xalqaro kredit bozorining shakllanishi.

Uchinchi bosqich:

1970 yillar

Uzoq muddatli kapitallar xalqaro bozorining shakllanishi. Milliy fond bozorlarining erkinlashtirilishi. Xalqaro fond bozorining shakllanishi.

1980 yillar

Transmilliy banklar va kompaniyalarning jadal sur’atlarda rivojlanishi. Xalqaro fond bozorlarining yanada kengayishi. Xalqaro sug’urta bozoridagi dastlabki tizimli operatsiyalarning amalga oshirilishi. Xalqaro kredit bozoridagi operatsiyalarning rivojlanishi.

To’rtinchi bosqich

1990 yillar

Xalqaro moliya bozori fond segmentining jadal rivojlanishi. Xalqaro derivativlar bozorining shakllanishi.

2000 yillar

Xalqaro derivativlar bozorining jadal rivojlanishi.

Zamonaviy xalqaro moliya bozorining rivojlanish tendentsiyalari quyidalarda namoyon bo’ladi:



  1. Moliya bozori barcha sektorlarining jadal sur’atlarda rivojlanishi bilan birga kechayotgan baynalminallashuv va globallashuv jarayonlarining chuqurlashuvi;

  2. Transmilliy kompaniyalar, banklar va global moliya muassasalari, shuningdek, alohida davlatlar va davlatlar guruhlari o’rtasidagi xalqaro raqobatning kuchayishi;

  3. Chegaralarni oshib o’tadigan moliyaviy oqimlarning yuqori sur’atlarda harakatlanishi va moliya bozorining tuzilmaviy sektorlari o’rtasidagi aloqadorlikning oshishi;

  4. Axborot tizimlari va elektron aloqa vositalarining jadal sur’atlarda rivojlanishi;

  5. Bozorni bevosita tartibga solishning susaytirilishi;

  6. Moliya bozori ishtirokchilari faoliyatining an’anaviy sohalari o’zgarishi (universal banklar fond sektorida anderrayter, tashkillashtiruvchi va treyderlarga aylanmoqda; investitsiya banklari sindikatlashgan kreditlarni tashkillashtirmoqda, shuningdek, loyihalarni moliyalash bilan shug’ullanmoqda; tijorat banklari, o’z navbatida, investitsiya banklarining an’anaviy faoliyatlariga aralashmoqda va h.k.);

  7. Moliya bozori ishtirokchilarining ixtiyoriy qo’shilishi yoki yirik ishtirokchilar tomonidan o’z tarkibiga olinishi jarayonlari kuchaymoqda, bu esa, o’z navbatida, moliya bozorining barcha sektorlarida operatsiyalarni amalga oshirish imkoniga ega bo’lgan universal moliyaviy xoldinglarning yuza kelishiga sabab bo’lmoqda;

  8. Moliya bozoridagi operatsiyalar riskini kuchayishiga sabab bo’luvchi derivativlar bilan bitimlar hajmi o’sish tendentsiyasiga ega;

  9. AQSh dollari mavqeining tushishi va qadrsizlanishi, bu, o’z navbatida, xalqaro moliya bozoridagi muvozanatning buzilishiga, zamonaviy moliya bozorining inqirozdan keyingi rivojlanishiga shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilishi mumkin.

Xalqaro kapital harakatining zamonaviy holati bilan bog’liq quyidagi tendentsiyalar jahon iqtisodiyoti amaliyotda kuzatilmoqda:

  1. Jahondagi kapitalni eksporti va importida rivojlangan mamlakatlar etakchilik qilmoqda.

  2. Xalqaro tadbirkorlik kapitali harakati tarkibida portfel investitsiyalar tomonga siljish tendentsiyasi mavjud. Xalqaro portfel investitsiyalar hajmining oshib borishi bugungi kun jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining kelib chiqishiga asosiy sabablardan bo’lmish “moliyaviy ko’pik”larning paydo bo’lishiga zamin yaratgan.

  3. Xalqaro kreditlar va depozitlarning jahon investitsiyalari tarkibidagi ulushi jahon moliyaviy inqirozidan keyingi davrda kamayib bormoqda.

  4. Jahon kapital eksportidagi Xitoyning ulushi o’sish tendentsiyasiga ega bo’lgan bir sharoitda, kapital importida AQShning ulushi kamayish tendentsiyasiga ega bo’lmoqda. Shunga qaramay jahon kapital importida AQShning ulushi hali-hamon saqlanib qolmoqda.

  5. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda chet el investitsiyalarini joylashtirishning asosiy sohasi bank – moliya sektori, xizmatlar sohasi (buning ichida axborot telekommunikatsiya sohasi eng etakchidir), farmatsevtika, biotexnologiya, elektron sanoat, ilmiy va texnologik mashinalar ishlab chiqarish bo’lsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda avvalgidek to’g’ridan – to’g’ri chet el investitsiyalar neft – gaz qazib chiqarishga, mashinasozlikning alohida sektorlariga, agrosanoat kompleksiga jalb etilmoqda;

  6. Tadbirkorlik kapitali migratsiyasida sanoati rivojlangan mamlakatlar orasida ayniqsa “Uchlik” (AQSh, G’arbiy Evropa, Yaponiya) mamlakatlari asosiy salmoqqa ega;

  7. Jahon chet el investitsiyalari bozorida asosiy sub’ekt sifatida TMKlarning roli oshmoqda;

Xalqaro fond bozori rivojlanishining asosiy tendentsiyalari quyidagilarda o’z aksini topmoqda:

    1. fond bozorining tobora kengayib va chuqurlashib borishi;

    2. xalqaro fond aktivlari bilan hosila moliyaviy vositalar savdosining o’sishi;

    3. jahonning etakchi moliyaviy markazlarida bozorning kontsentratsiyasi;

    4. bozorning yangi vositalarni yaratishi;

    5. bozorning kompyuterlashuvi;

    6. xalqaro fond bozorida rivojlanayotgan mamlakatlar qimmatli qog’ozlarining ahamiyatini ortishi.

Bundan tashqari, global moliyaviy inqiroz sharoitida fond bozorlarida quyidagi tendentsiyalar yuzaga keldi:

  • xalqaro fond bozorida kapitalni jalb etishning va operatsiyalarning asosini tashkil etgan holda, xalqaro qarz qimmatli qog’ozlari va xalqaro aktsiyalar bozorining oxirgi o’n yillikdagi hajmi olti barobardan ko’proqqa oshgan, 2008 yil inqiroz davrida ularning o’sishi sekinlashgan, xalqaro aktsiyalar bozorining hajmi asosan rivojlanayotgan mamlakatlar hisobiga qisqargan bo’lsada, hozirda ularning hajmi yana o’sish tendentsiyasiga ega bo’lmoqda. etakchilik qilmoqda;

  • xalqaro qarz qimmatli qog’ozlar va aktsiyalar bozorida rivojlangan mamlakatlar, xalqaro qarz qimmatli qog’ozlar bozorida moliyaviy institutlarning etakchiligi saqlanib qolmoqda.

  • rivojlanayotgan mamlakatlar fond bozorining iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha diversifikatsiyalashuv darajasini kichikligi inqiroz davrida uning barqarorligiga salbiy ta’sir ko’rsatgan;

  • moliyaviy inqiroz sharoitida jahonning rivojlangan mamlakatlari fond birjalarida aktsiyalar bozori kapitallashuvining YaIMga nisbatan salmog’i keskin pasaygan. Jahon mamlakatlari YaIMga nisbatan aktsiyalar bozori kapitallashuvi inqiroz davrida 55%ni, oxirgi besh yillikda rivojlangan mamlakatlarda qarz munosabatini ifodalovchi qimmatli qog’ozlar YaIMga nisbatan kamida 100%ni tashkil etishi kuzatilgan;

  • rivojlanayotgan mamlakatlar fond birjalarida jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi sharoitida aktsiyalar va obligatsiyalar bo’yicha savdolar hajmi kamaygan.




Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin