1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli Reja


Xalqaro moliya bozorining tarkibiy ko’rinishi



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə61/106
tarix15.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#143871
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   106
маъруза матни ХММ

Xalqaro moliya bozorining tarkibiy ko’rinishi
Xalqaro kapital harakatida ssuda kapitali ham ikki xil ko’rinishda: o’rta, uzoq muddatli hamda qisqa muddatli xalqaro kapital qo’yilmalar shaklida namoyon bo’ladi. Xalqaro kapital harakatida ssuda kapitalini qisqa muddatli tashkillashtirish afzal hisoblanadi. Ssuda kapitalini shartlari o’zgaruvchanlikka moyilligi kamligi uchun, mamlakatda iqtisodiy muhit o’zgara boshlasa, ushbu kapitalning iqtisodiy risk darajasining oshishi, uni qisqa muddatda tashkillashtirishni afzal qilib ko’rsatadi.
Oxirgi o’n yillikda xalqaro kapital harakati tarkibida jiddiy o’zgarish yuz berdi. To’g’ridan – to’g’ri investitsiyalar miqdori o’sdi, undanda jadalroq sur’atda portfel investitsiyalar miqdori o’sdi. Kapitalni ssuda shaklida chiqarish miqdori 2004 yildan boshlab portfel investitsiyalar hajmidan ortib ketdi. 2008 yilda sodir bo’lgan inqirozning salbiy ta’siridan ko’proq xalqaro ssuda kapitallar bozori (boshqa investitsiyalar) aziyat chekdi. Jahonda to’g’ridan-to’g’ri va portfel investitsiyalardan ko’ra, ssuda kapitali miqdorining ko’payishiga asosiy sabab xalqaro moliya bozorda arzon kreditlarga asoslanuvchi transmilliy jarayonlarning bo’lishidir.
Mamlakatdan chetga chiqarilgan kapitallar xalqaro moliya bozori orqali dunyoning qolgan mamlakatlariga qayta taqsimlalandi. Xalqaro moliya bozori xalqaro kapitallarga bo’lgan talab va taklif shakllanadigan, baho beriladigan, jahon iqtisodiyotning moliya sektorida xalqaro moliyaviy aktivlar oldi-sotdi qilinadigan sohadir.
Xalqaro moliya bozori xalqaro valyuta, kredit (depozit), investitsiya, qimmatli qog’ozlar, sug’urta, oltin va hosila moliyaviy vositalar kabi segmentlaridan tashkil topadi (11.2-rasmga qarang).
Xalqaro moliya bozori orqali mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarish bilvosita (kredit (depozit) bozori) va bevosita (qimmatli qog’ozlar) moliyalashtirilishi mumkin.
Xalqaro moliyaviy aktivlar o’zida quyidagi xususiyatlarni jamlaydi:

  1. Mehnat natijalarini o’zida mujassamlashtirgan holda mustahkamlik, ishonchlilik xususiyati. Moliyaviy aktivlarning ishonchli bo’lishiga tovarlar iste’moli, ayirboshlash va ishlab chiqarishning barcha jarayonlari hamda vaqt omili sabab bo’lgan.

  2. Likvidlilik. Moliyaviy aktivlarning bu xususiyati ularni istalgan vaqtda, tezda boshqa tovarlarga ayirboshlash xususiyatini ko’rsatadi.

  3. Harakatchanlik. Zamonaviy iqtisodiyotda aynan moliyaviy aktivlar jahonning qaysi bir joyida samarali foydalanish imkoniyati paydo bo’lsa, shu erga tezda etib borish xususiyatiga ega.

  4. Universallik. Hozirgi davrda barcha iqtisodiy munosabatlar moliyaviy munosabatlar bilan birga bo’lmoqda.

  5. Real aktivlar taqsimlanmagan holda moliyaviy aktivlarni bo’linish xususiyati. Ularning bunday xususiyati investitsiyalarni tashkil etishda nafaqat yirik investorlarni, balki kichik investorlar mablag’larini ham jalb etish imkonini yaratadi, vaqt omilini tejaydi, investitsiyalar aylanish tezligini oshiradi, kapitalning daromadligini ko’paytiradi. Kichik investorlar uchun investitsion portfellarini diversifikatsiyalash va o’z daromadlarini ko’paytirish imkonini beradi.

  6. Qimmatli qog’ozlarning tovarga o’xshash xususiyati. Qimmatli qog’ozlarni oldi – sotdisidan keyin u iste’mol qilinmaydi, qimmatli qog’ozlar so’ndirilmaguncha muomaladan chiqmaydi. Qimmatli qog’oz egasi ixtiyoriy vaqtda ularni bozorga olib kelib sotishi mumkin.

Bir mamlakat moliya bozoridagi salbiy va ijobiy o’zgarishlarni boshqa bir mamlakat moliya bozoriga ta’siri moliya bozorining globallashuv darajasiga bog’liq bo’lib, bu jarayon milliy fond bozorini xalqaro fond bozoriga integratsiyasini ta’minlovchi vositalar orqali amalga oshiriladi va ularning nechog’lik rivojlanganligini o’zida namoyon etadi. Milliy fond bozorini xalqaro fond bozoriga integratsiyasini ta’minlovchi vositalar bu xalqaro qimmatli qog’ozlar hisoblanadi.
Xalqaro qimmatli qog’ozlar erkin konvertatsiya qilinadigan valyutalarda nominal narxi o’rnatiladigan, xalqaro fond bozori qoidalari asosida xalqaro anderrayterlar orqali ushbu bozorga joylashtiriladigan qimmatli qog’ozlar hisoblanadi. Xalqaro qimmatli qog’ozlarning quyidagi asosiy shakllari mavjud.
Agar xalqaro qimmatli qog’ozlar bir mamlakat ichidagi ikkilamchi qimmatli qog’ozlar bozorida turli investorlar orasida muomalada bo’lsa, bir vaqtning o’zida ular mamlakat ichidagi kapitalni qayta taqsimlash vositasiga aylanishi mumkin, shuningdek, xalqaro qimmatli qog’ozlarni birlamchi joylashtirish mamlakatlar o’rtasidagi kapitalni qayta taqsimlash xususiyatiga ham ega bo’ladi.



Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin