esa ochiq iqtisodiyot tushunchasining bir qismi xolos. Iqtisodiyot ochiqligi ko‘rsatkichi esa
murakkabroq kompleks ko‘rsatkichdir.
1.3. Zamonaviy jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish
xususiyatlari
Jahon iqtisodiyotining XXI asr boshlarida rivojlanishi quydagi tamoyillarga asosan amalga
oshmoqda:
- milliy iqtisodiyotlar xo‘jalik hayotida baynalminallashuv jarayonlarining chuqurlashuvi;
- tashqi iqtisodiy aloqalarning erkinlashuvi;
- hududiy integratsion jarayonlarining kuchayishi;
- ishlab chiqarish va kapitalning transmilliylashuvi;
- jahon xo‘jalik aloqalarini davlatlararo tartibga solish tizimining barpo etilishi va iqtisodiy
qoidalarning birxillashuvi;
- jahon xo‘jaligining globallashuvi;
O‘z navbatida mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar ham ma’lum bir tamoyillar
asosida rivojlanmoqda. Jumladan intensiv davlatlararo iqtisodiy aloqalarning hozirgi darajasi
quyidagilarni ko‘rsatadi:
- jahon xo‘jaligida xalqaro mehnat taqsimoti darajasining chuqurligi;
- an’anaviy xalqaro tayyor mahsulotlar savdosi miqyoslarining kengayishi va
xarakterining o‘zgarganligi (u ko‘p jihatdan milliy ishlab chiqarish jarayonlariga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri xizmat qila boshlaydi);
- kapital migratsiyasining intensivlashganligi;
- ilmiy-texnik bilimlar almashuvining tezlashganligi
va shuningdek xizmatlar
sohasining rivojlanganligi;
- ishchi kuchi migratsiyasining sezilarli darajada o‘sganligi (xalqaro ishchi kuchi
migratsiyasi xalqaro xo‘jalikning baynalminallashuvining muhim qismi bo‘lib qolmoqda);
- davlatlar va mintaqalar o‘rtasidagi iqtisodiy integratsiyalashuv jarayonlarining
tezlashishi va kengayishi.
Sanoati rivojlangan davlatlarning savdo, ishlab chiqarish va kredit-moliya sohasida
erishilgan yutuqlar darajasi jahon xo‘jaligining shakllanishida omil bo‘lib xizmat qiladi. Uning
ishtirokchilari davlat chegaralarining mavjudligiga qaramay umumiy xo‘jalik tizimining tarkibiy
qismi sifatida faoliyat ko‘rsatadilar. Xo‘jalik hayotining baynalminallashuvi
tushunchasi ortida
alohida davlatlarni global jahon majmuiga birlashtiruvchi ko‘p darajali jahon xo‘jalik aloqalari
tizimining samarali faoliyati turadi.
Baynalminallashuv alohida milliy iqtisodiy tizimlarning o‘sib borayotgan o‘zaro aloqa va
o‘zaro bog‘liqligini xarakterlaydi. XX asrda ayirboshlashning baynalminallashuvi kapital va
ishlab chiqarishning
baynalminallashuviga aylanadi, ITI ta’sirida rivojlanishda sezilarli turtki
oladi. Xalqaro ixtisoslashuv va ishlab chiqarish kooperatsiyasi keskin o‘sdi. Yirik miqyosdagi
ixtisoslashgan ishlab chiqarish uchun ichki bozorlar doirasi torlik qila boshlab, u ob’ektiv ravishda
milliy chegaralardan chiqa boshladi.
ITI ta’sirida ishlab chiqarishning baynalminallashuvi shunday holatni yuzaga keltiradiki, u
har qanday mamlakat uchun “shaxsiy ishlab chiqarishga” ega bo‘lish foydasiz bo‘lib alohida milliy
iqtisodiyotlar esa yanada ko‘proq jahon xo‘jaligiga integratsiyalashadilar. Ishchi kuchi harakati,
kadrlar
tayyorlash, mutaxassislar bilan almashish yanada baynalminal xarakterga ega bo‘ladi.
Ushbu aloqalar va rivojlanishning istiqboli shakllanish qonuniyatlarini tekshirish shuni
ko‘rsatmoqdaki, jahon xo‘jaligini rivojlanishining asosiy tendensiyasi bo‘lib kapital, tovar va
xizmatlarning Yagona planetar bozorini tashkil qilish va alohida
davlatlarni Yagona jahon
xo‘jaligi majmuiga birlashtirishga bo‘lgan harakat hisoblanadi. Bu esa global iqtisodiyot
masalalarini xalqaro iqtisodiyot munosabatlar tizimi majmui sifatida o‘rganish zaruriyatini keltirib
chiqaradi. Bu esa xalqaro iqtisodiy munosabatlarning boshqacha qilib aytganda yuqoriroq
darajasidir.
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda globalizatsiya
fenomenini ikki
tomonlama, ya’ni makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy darajada ko‘rib chiqish mumkin.
Makroiqtisodiy darajada globalizatsiya - bu, davlatlar va alohida mintaqalarning chegaralaridan
tashqarida iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishga bo‘lgan umumiy intilishlari tushunuladi. Bunday
intilishlarning ko‘rinishlari - liberalizatsiya, savdo va investitsion to‘siqlarning olib tashlanishi,
erkin tadbirkorlik zonalari tashkil etish va h.k.lar hisoblanadi.
Mikroiqtisodiy darajadagi
globalizatsiya esa korxona faoliyatining ichki bozor chegaralaridan tashqarida kengayishi
tushiniladi. Tadbirkorlik faoliyatining millatlararo yoki ko‘pmilliy yo‘nalganligidan farqli
ravishda globalizatsiya jahon bozori yoki “jahon uchligi” (Shimoliy Amerika, g‘arbiy Yevropa,
Yaponiya) bozorlarini o‘zlashtirishda Yagona yondashishni bildiradi.
Dostları ilə paylaş: