inqilobining (FTI)ning ta’siri ostida bo‘lgan ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishidan kelib
chiqadi.
Xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish davlatlarga qo‘shimcha iqtisodiy
samara berib,
o‘z ehtiyojlarini eng kam harajatlar bilan to‘liqroq qondirish imkonini beradi.
Mehnat taqsimoti - bu tarixan belgilangan ijtimoiy mehnat tizimidir. U jamiyat rivojlanishi
jarayonida faoliyatning sifat jihatdan differensiatsiyasi natijasida kelib chiqadi.
Mehnat taqsimoti turli shakllarda namoyon bo‘ladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar kursida
xalqaro mehnat taqsimoti o‘rganiladi.
Xalqaro mehnat taqsimoti mohiyati ishlab chiqarish jarayonining mehnat faoliyatini turli
shakllarining ixtisoslashuvi va
ularning kooperatsiyalashuvida, o‘zaro hamkorligida namoyon
bo‘ladi. Mehnat taqsimotini faqat ajratish jarayoni sifatida emas, balki, jahon miqyosida mehnatni
birlashtirish yo‘li sifatida ham ko‘rish mumkin.
Xalqaro mehnat taqsimoti davlatlar o‘rtasida mehnatning ijtimoiy-hududiy
taqsimotining
darajasi hisoblanadi. U alohida bir davlatlar ishlab chiqarishlarining ixtisoslashuviga asoslanadi.
Jahon xo‘jaligini rivojlantirish uchun, birinchi navbatda,
ishlab chiqarishda mehnat
unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishda samaradorlikni ko‘tarish, shuningdek ishlab
chiqarishda harajatlarni kamaytirishga intilish zarur. Xalqaro mehnat
taqsimotini rivojlanishi
jarayonida asosiy narsa, bu shu jarayonning har bir ishtirokchisi o‘zining XMTdagi ishtirokidan
iqtisodiy foyda qidirishi va topishidir.
Har qanday davlatning xalqaro almashuv jarayonida xalqaro mehnat taqsimotining
ustunliklarini amalga oshirishi - birinchidan, eksport qilinayotgan tovar va xizmatlarning tashqi va
ichki bozor narxlaridagi farqni olish; ikkinchidan, arzonroq bo‘lgan importdan foydalanib, milliy
ishlab chiqarishdan voz kechgan holda ichki harajatlarni kamaytirish imkonini beradi.
Jahon xo‘jaligini tizim sifatida ko‘rib chiqqanda XMTni tizimni tashkil qilgan birlashtiruvchi
asos deb ko‘rish mumkin.
Jahon iqtisodiyotida sanoati rivojlangan davlatlarning ishlab chiqarishi ko‘p holatlarda
tashqi iste’molchilarga, ichki talab esa importga yo‘nalgan bo‘ladi
deb taxmin qilinsa,
rivojlanayotgan davlatlarda esa ichki bozorning nisbatan tez, lekin ekstensiv kengayishi taxmin
qilinmoqda.
Xullas, XX-XXI asrlar bo‘sag‘asida jahonda misli ko‘rilmagan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy
jarayonlar ro‘y berib, ular albatta xalqaro mehnat taqsimotini rivojlanishiga o‘zining sezilarli
ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda.