Tayanch iboralar: jahon xo‘jaligi,
xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro iqtisodiy
munosabatlarni amalga oshirish mexanizmi, “ochiq iqtisodiyot”, avtarkiya, tashqi savdo kvotasi,
baynalminallashuv,
globallashuv, mehnat taqsimoti, ishlab
chiqarishni ixtisoslashuvi,
kooperatsiya, fan-texnika inqilobining ta’siri.
Bobning qisqacha xulosasi:
Jahon xo‘jaligi faoliyatining o‘ziga xos tomonlaridan biri xalqaro iqtisodiy
munasabatlarning intensiv rivojlanib borishidir. Jahon xo‘jaligida
davlat guruxlari, shuningdek
iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlar kengayib, rivojlanib bormoqda.
Ushbu jarayonlar xalqaro mehnat taqsimotini chuqurlashuvi va ho‘jalik
xayotning
baynalminallashuvida, ularning bir-biriga bog‘liqligi va yaqinlashuvida,
mintaqaviy xalqaro
tizimlarning rivojlanishi va mustahkamlanishida namoyon bo‘lmoqda.
Zamonaviy jahon xo‘jaligi vujudga kelmasdan oldin ham xalqaro iqtisodiy munosabatlar
(asosan savdo ko‘rinishda) mavjud bo‘lib, uning rivojlanishi sanoat
inqilobi bilan chanbarchas
bog‘liqdir. Ana shu davrda xalqaro iqtisodiy munosabatlar kengaydi va chuqurlashib,
global
xarakterga ega bo‘ldi. Zamonaviy jahon xo‘jaligi – bu bozor iqtisodiyotining ob’ektiv qonunlariga
bo‘ysunuvchi, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan milliy iqtisodiyotlar birlashmasi ,
global iqtisodiy
organizmdir.
Xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar va
rivojlanishning o‘ziga
xos tomonlari, xalqaro ixtisoslashuv va ishlab chiqarish
kooperatsiyasining o‘ziga xos tamoyillarini o‘rganish katta ahamiyatga egadir.
Nazorat uchun savollar:
1. Jahon xo‘jaligi nima?
2. XIM tizimiga nimalar kiradi?
3. Jahon xo‘jaligi rivojlanishining bosqichlarini tavsiflab bering.
4. “Avtarkiya” nima?
5. Mamlakatlarni “ochiqligi” qanday ko‘rsatkichlar bo‘yicha belgilanadi.
6. “Ochiq iqtisodiyotning” mazmuni va mohiyatini tushuntirib bering.
7. Globallashuv nimani anglatadi?
8. Tashqi savdo kvotasi nimani anglatadi?
9. Xalqaro mehnat taqsimotining mohiyati qaysi olimlarning nazariyalarida aks ettirilgan?
10. Xalqaro mehnat taqsimotiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillarni xarakterlab bering.
11. Xalqaro ishlab chiqarish ixtisoslashuvi nima?
12. Ishlab chiqarish ixtisoslashuvining shakllarini ko‘rsating.