1-mavzu: Jahon xo’jaligi va halqaro iqtisodiy munosabatlar asosiy ko’rinishlari va xususiyatlari. Halqaro mehnat taqsimoti



Yüklə 181,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix15.11.2022
ölçüsü181,3 Kb.
#69184
  1   2   3   4   5   6   7
1-mavzu JI va XIM (1)



1-mavzu: Jahon xo’jaligi va halqaro iqtisodiy munosabatlar asosiy ko’rinishlari va 
xususiyatlari. Halqaro mehnat taqsimoti 
Ko’rib chiqiladigan asosiy savollar: 
1. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar faning predmeti. 
2. Jahon xo’jaligini rivojlanish bosqichlari va tendentsiyalari.
3. 3.Zamonaviy 
xalqaro 
iqtisodiy 
munosabatlarning 
rivojlanish 
xususiyatlari. 
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Fan predmeti, fan ob’ekti, ilmiy tadqiqot 
metodlari, jahon iqtisodiyoti, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, rivojlanish bosqichlari, mamlakatlar 
klassifikatsiyasi. 
Mavzuda ko’rib chiqiladigan muammolar: 
1. 
Fanni o’qitishning o’ziga xos ahamiyati bor. Shunga siz qanday fikr bildirasiz? 
2. 
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar fani boshqa fanlar bilan mustahkam 
aloqada. Ularni mazmunan qanday izohlaysiz? 
3. 
Fan o’zining ilmiy tadqiqot metodlariga ega. Bozor iqtisodi sharoitida bu metodlarni qanday 
izohlaysiz? 
1.1. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar fanining predmeti 
Jahon iqtisodiyoti - bu jahon xo‘jaligi yaxlit tizimini tashkil etuvchi milliy iqtisodiyotlar 
yig‘indisidir. Bugungi kunda jahonda 200 ortiq mamlakatlar bo‘lib har biri o‘z milliy 
iqtisodiyotiga egadir. Barcha mamlakatlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va bozor 
iqtisodiyoti islohotlarini olib borish xususiyatlariga ko‘ra: rivojlangan, rivojlanayotgan va 
iqtisodiyoti o‘tish davriga xos mamlakatlar guruhiga bo‘linadi. 
Jahon iqtisodiyotining asosiy sub’ektlari bo‘lib milliy iqtisodiyotlar, transmilliy 
korporatsiyalar, integratsion birlashmalar va xalqaro iqtisodiy tashkilotlar hisoblanadi. 
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar fanining predmeti - jahon xo‘jaligi 
yaxlit tizimini tashkil etuvchi milliy iqtisodiyotlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xusususiyatlari va 
tendensiyalari hamda ushbu mamlakatlar o‘rtasida amalga oshiriladigan iqtisodiy munosabatlar 
shakllarini o‘rganish hisoblanadi. 
XX asrning 50-yillarida jahon xo‘jaligi faoliyatining o‘ziga xos tomonlaridan biri bu xalqaro 
iqtisodiy munosabatlarning jadal ravishda rivojlanib borishidir. Jahon xo‘jaligida davlatlar 
guruhlari va iqtisodiy guruhlar, alohida firma va tashkilotlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar 
tobora kengayib, chuqurlashib bormoqda. Bu jarayonlar xalqaro mehnat taqsimotining 
chuqurlashuvi va xo‘jalik hayotining baynalminallashuvida, ularning bir-biriga bog‘liqligi va 
yaqinlashuvida, mintaqaviy xalqaro tizimlarning rivojlanishi va mustahkamlanishida namoyon 


bo‘lmoqda. 
Shunisi xarakterliki, o‘zaro hamkorlik va integratsiya jarayonlari qarama-qarshi, dialektik 
xarakterga ega. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning dialektikasi shundaki, ayrim mamlakatlarning 
iqtisodiy mustaqillikka, milliy xo‘jalikni mustahkamlashga intilishi, oqibat natijada jahon 
xo‘jaligini yanada ko‘proq baynalminallashuviga, milliy iqtisodiyotning ochiqligiga, xalqaro 
mehnat taqsimotining chuqurlashuviga olib keladi. 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar predmeti ikki asosiy qismdan, ya’ni, xalqaro iqtisodiy 
munosabatlarning o‘zi va uni amalga oshirish mexanizmidan iboratdir. Xalqaro iqtisodiy 
munosabatlar o‘z ichiga alohida mamlakatlar, ularning mintaqaviy birlashmalari, shuningdek 
alohida korxonalarning (transmilliy, ko‘pmilliy korporatsiyalarni) jahon xo‘jaligi tizimidagi bir- 
biriga qarama-qarshi bo‘lgan iqtisodiy munosabatlarining majmuini oladi. Xalqaro iqtisodiy 
munosabatlar mexanizmi esa o‘z ichiga huquqiy me’yorlar va ularni amalga oshirish vositalari 
(xalqaro iqtisodiy shartnomalar, kelishuvlar, “kodekslar”, hartiyalar va h.k.), xalqaro iqtisodiy 
munosabatlarni rivojlantirish maqsadida amalga oshirishga yo‘naltirilgan xalqaro iqtisodiy 
tashkilotlarning faoliyatini oladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (XIM) tizimiga quyidagilar 
kiradi: 

Xalqaro mehnat taqsimoti; 

Xalqaro tovar va xizmatlar savdosi; 

Xalqaro kapital va xorijiy investitsiyalar harakati; 

Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi; 

Xalqaro valyuta-moliya va kredit munosabatlari; 

Xalqaro iqtisodiy integratsiya; 

Erkin iqtisodiy hududlar; 

Xalqaro korporatsiyalar; 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (asosan savdo) jahon xo‘jaligi vujudga kelmasdan oldin ham 
mavjud bo‘lgan. Masalan: Yevropa davlatlari o‘rtasidagi XIM, mintaqalar (Yevropa- Shimoliy 
Afrika, Yevropa-Yaqin Sharq va h.k.) o‘rtasidagi xalqaro iqtisodiy munosabatlar. Bu 
munosabatlar mintaqaviy xarakterga ega bo‘lgan. Jahon xo‘jaligining vujudga kelishi (XVIII asr 
oxiri va XIX asr boshlari) va rivojlanishi bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlar kengaydi va 
chuqurlashib, global xarakterga ega bo‘ldi. 
Zamonaviy jahon xo‘jaligi bu - bozor iqtisodiyotining ob’ektiv qonunlariga bo‘ysinuvchi, 
o‘zaro bog‘liq bo‘lgan milliy iqtisodiyotlar birlashmasi, global iqtisodiy organizmdir. 


Fanni o‘rganish jarayonida umume’tirof etilgan materialistik dialektika, ilmiy abstraksiya, 
tahlil va sintez, induksiya va deduksiya, tarixiylik va mantiqiylik usullardan foydalaniladi. 
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar fani iqtisodiyot nazariyasi, 
mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, statistika, mehnat iqtisodiyoti va demografiya, investitsiya 
fanlari bilan o‘zaro bog‘liqligi mavjud bo‘lib, ushbu fanlarning iqtisodiy qonun va 
kategoriyalaridan bevosita foydalanadi. 

Yüklə 181,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin