1.2. Jahon xo‘jaligini rivojlanish bosqichlari va tendensiyalari Jahon xo‘jaligi o‘zining vujudga kelishi va rivojlanishida uzoq hamda qiyin yo‘l bosib o‘tdi.
Ayrim tadqiqotchilar uning vujudga kelishini Rim imperiyasi davri bilan bog‘lashadi (er.avv.gi II
va eramizning I asrlari). Bunda ular Rim imperiyasini o‘sha vaqtdagi butunjahon xo‘jalik tizimi
deb baholaydilar. Boshqa olimlar jahon xo‘jaligini faoliyat ko‘rsata boshlagan davrni XV-XVI
asrlar, ya’ni buyuk jug‘rofiy kashfiyotlar davri bilan bog‘laydilar. Aynan shu kashfiyotlar
qimmatbaho toshlar, metallar, shirinliklar va qullar bilan xalqaro savdoning tez rivojlanishiga
sabab bo‘ldi. Ammo bu davrdagi jahon xo‘jaligi cheklangan bo‘lib, faqat savdogarlarning
sarmoyalari ishlaydigan soha bo‘lgan edi xolos.
Iqtisodchi olim professor A.V.Vaxabov jahon xo‘jaligi rivojlanish bosqichlarini quyidagicha ta’riflaydi 3 : № Bosqichlari Xususiyatlari I
XV-XVI asrlar
Buyuk geografik kashfiyotlar. Jahon mustamlakat tizimining
shaklanishi. Jahon kapitalistik bozorining paydo bo‘lishi.
Manufaktura
II
XVII
asrning
birinchi
yarmi - XIX asr
Jahon kapitalistik bozorining shakllanishi, xalqaro mehnat
taqsimotining rivojlanishi, jahon savdosining halqaro iqtisodiy
munosabatlar shakli sifatida rivojlanishi
III I va II jahon urushi davri
Xalqaro moliya tizimining beqarorligi, sanoat jihatdan tarraqiy
etgan mamlakatlardan uzoq muddatli kapitallarning chiqib ketishi
IV XX asrning 50-90 yillari
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni qaytadan yo‘lga qo‘yish yoki
yangi xalqaro iqtisodiyo tartibni ishlab chiqish davri
V
XX asrning 90 yillaridan
hozirga qadar
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi, TMK va TMB lar rolini
kuchayichshi. Jahon bozorining globallashuvi