Zamonaviy jahon xo‘jaligi sanoat inqilobidan keyin, kapitalning monopol bosqichiga o‘tishi
davomida vujudga keldi.
XXI asr bo‘sag‘asidagi jahon xo‘jaligi - o‘z miqyosiga ko‘ra globaldir; u to‘liq
ravishda
bozor iqtisodiyotining tamoyillari, xalqaro mehnat taqsimotining ob’ektiv qonuniyatlari va ishlab
chiqarishning baynalminallashuviga asoslanadi. Ikkinchi jaxon urushidan keyingi o‘n yilliklarda
jahon xo‘jaligini rivojlanish etakchi tendensiyalaridan biri, bu ko‘plab davlatlarning birin-ketin
yopiq milliy xo‘jalikdan tashqi bozorga yuz tutgan iqtisodiy ochiq tipdagi xo‘jalikka o‘tishidir.
Aynan ana shu davrda AQSH olimlari “Ochiq savdo”, “Ochiq iqtisodiyot” degan tezislar bilan
chiqdilar. Bu avvalo jahon bozorida o‘z hukmronligini o‘tkazish bilan bog‘liq edi. Ikkinchi jahon
urushidan g‘olib va yanada boyib chiqqan AQSH hukumati tomonidan
yangi iqtisodiy tartib
qo‘llanmalari taklif etildi. Bunday “erkin savdo” va “ochiq iqtisodiyot” tezislari hukmron
iqtisodiyotning kamroq rivojlangan davlatlarga qarshi qaratilgan quroli,
shuningdek amerika
korporatsiyalarining tutib bo‘lmas ekspansiyaga intilishlari edi.
Ammo urushdan keyingi yillarda dunyoda ijtimoiy-iqtisodiy holatning o‘zgara borishi bilan
bog‘liq holda “Ochiq iqtisodiyot” haqidagi tezis amerika ekspansionizmining manfaatlariga
yo‘naltirilganlikni yo‘qota borib, jahon xo‘jalik aloqalarining baynalminallashuvi ma’nosini ola
boshladi.
Jahon iqtisodiyotida ochiq iqtisodiyotni shakllanishida davlat muhim rol o‘ynadi.
Davlat
tovar va xizmatlar olib chiqishni rag‘batlantirib, xorijiy firmalar bilan kooperatsiyalarga, tashqi
iqtisodiy aloqalarni rivojlanishiga yordamlashib, o‘ziga eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni
rag‘batlantirish funksiyasini bajarmoqda. Chet eldan investitsiyalar, texnologiyalar, ishchi kuchi
va axborot vositalarini oqib kelishini yengillashtiruvchi mustahkam huquqiy asos yaratildi.
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda “Erkin savdo” va “Ochiq iqtisodiyot”
tushunchalarini farqlash lozim. “Erkin savdo” haqidagi konsepsiya A.Smitning siyosiy
iqtisodiyotidan boshlanib u va zamonaviy amerika iqtisodchilarining kashfiyoti emas. “Ochiq
iqtisodiyot” tushunchasi aslida ishlab chiqarish omillari, axborot, milliy valyutalarning o‘zaro
almashuvining erkin harakatini o‘z ichiga olgan tovarlar savdosi ko‘rinishida bo‘lib “erkin savdo”
tezisidan kengroq tushunchadir.
Ochiq
iqtisodiyotni avtarkiya, o‘z-o‘zini ta’minlash iqtisodiyoti, haddan tashqari o‘z
kuchiga suyanishning antipodi sifatida ham tushunish lozim. Ochiq iqtisodiyotning vujudga
kelishi - bu jahon rivojlanishining ob’ektiv tendensiyasidir. Ochiq iqtisodiyot tamoyillariga mos
ravishda harakat qilish bu – jahon bozori standartlarini tan olish, uning qonunlari asosida harakat
qilishdir.
Ochiq iqtisodiyot ichki
bozorning chet el kapitali, tovarlari, texnologiyalari,
axborotlari,
ishchi kuchining oqimi uchun aqlga to‘g‘ri keladigan darajada ochiqligini nazarda tutadi.
Ochiq iqtisodiyotning afzalliklari quyidagilardir:
- ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvining chuqurlashishi;
- resurslarni mulohazakorlik bilan samaradorlik darajasiga qarab taqsimlash;
- xalqaro iqtisodiy aloqalar tizimi orqali jahon tajribasining tarqalishi;
- jahon bozoridagi raqobat tomonidan rag‘batlantiriladigan milliy ishlab chiqaruvchilar
orasida raqobatning kuchayishi.
Shakllanib bo‘lgan ochiq iqtisodiyot va ochiq iqtisodiyotga o‘tish bir xil narsa emas. Ochiq
iqtisodiyot davlatning tashqi iqtisodiy aloqalarida nazoratsizlik va hamma narsa mumkin,
chegaralar ochiq degani emas. Ochiq iqtisodiyot uning aqlga sig‘adigan
darajada amalga oshirish
mexanizmini shakllantirishda davlatning sezilarli aralashuvini talab qiladi. Hech bir mamlakatda
iqtisodiyotning mutloq (absolyut) ochiqligi yo‘q.
Ochiqlik miqdorining birinchi darajali indikatoriga eksport va importning yalpi ichki
mahsulotdagi (YAIM) ulushini kiritish mumkin. Ularning kombinatsiyasi alohida milliy
iqtisodiyotlarning jahon bozori bilan aloqalarining miqyosi haqida tushuncha beradi.
SHunday
qilib, eksportning YAIMga munosabati eksport kvotasi sifatida aniqlanadi:
Dostları ilə paylaş: