1-mavzu: Jahon xo’jaligi va halqaro iqtisodiy munosabatlar asosiy ko’rinishlari va xususiyatlari. Halqaro mehnat taqsimoti


 Xalqaro mehnat taqsimoti va unga ta’sir etuvchi omillar



Yüklə 181,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix15.11.2022
ölçüsü181,3 Kb.
#69184
1   2   3   4   5   6   7
1-mavzu JI va XIM (1)

1.4. Xalqaro mehnat taqsimoti va unga ta’sir etuvchi omillar 
 
 
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ma’nosini ko‘rsatuvchi asosiy 
ko‘rsatkichlardan biri xalqaro mehnat taqsimotidir. Dunyoning barcha mamlakatlari u yoki bu 
jihatdan xalqaro mehnat taqsimotiga (XMT) qo‘shilgan. Uning chuqurlashuvi fan-texnika 


inqilobining (FTI)ning ta’siri ostida bo‘lgan ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishidan kelib 
chiqadi. 
Xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish davlatlarga qo‘shimcha iqtisodiy samara berib
o‘z ehtiyojlarini eng kam harajatlar bilan to‘liqroq qondirish imkonini beradi. 
Mehnat taqsimoti - bu tarixan belgilangan ijtimoiy mehnat tizimidir. U jamiyat rivojlanishi 
jarayonida faoliyatning sifat jihatdan differensiatsiyasi natijasida kelib chiqadi. 
Mehnat taqsimoti turli shakllarda namoyon bo‘ladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar kursida 
xalqaro mehnat taqsimoti o‘rganiladi. 
Xalqaro mehnat taqsimoti mohiyati ishlab chiqarish jarayonining mehnat faoliyatini turli 
shakllarining ixtisoslashuvi va ularning kooperatsiyalashuvida, o‘zaro hamkorligida namoyon 
bo‘ladi. Mehnat taqsimotini faqat ajratish jarayoni sifatida emas, balki, jahon miqyosida mehnatni 
birlashtirish yo‘li sifatida ham ko‘rish mumkin. 
Xalqaro mehnat taqsimoti davlatlar o‘rtasida mehnatning ijtimoiy-hududiy taqsimotining 
darajasi hisoblanadi. U alohida bir davlatlar ishlab chiqarishlarining ixtisoslashuviga asoslanadi. 
Jahon xo‘jaligini rivojlantirish uchun, birinchi navbatda, ishlab chiqarishda mehnat 
unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishda samaradorlikni ko‘tarish, shuningdek ishlab 
chiqarishda harajatlarni kamaytirishga intilish zarur. Xalqaro mehnat taqsimotini rivojlanishi 
jarayonida asosiy narsa, bu shu jarayonning har bir ishtirokchisi o‘zining XMTdagi ishtirokidan 
iqtisodiy foyda qidirishi va topishidir. 
Har qanday davlatning xalqaro almashuv jarayonida xalqaro mehnat taqsimotining 
ustunliklarini amalga oshirishi - birinchidan, eksport qilinayotgan tovar va xizmatlarning tashqi va 
ichki bozor narxlaridagi farqni olish; ikkinchidan, arzonroq bo‘lgan importdan foydalanib, milliy 
ishlab chiqarishdan voz kechgan holda ichki harajatlarni kamaytirish imkonini beradi. 
Jahon xo‘jaligini tizim sifatida ko‘rib chiqqanda XMTni tizimni tashkil qilgan birlashtiruvchi 
asos deb ko‘rish mumkin. 
Jahon iqtisodiyotida sanoati rivojlangan davlatlarning ishlab chiqarishi ko‘p holatlarda 
tashqi iste’molchilarga, ichki talab esa importga yo‘nalgan bo‘ladi deb taxmin qilinsa
rivojlanayotgan davlatlarda esa ichki bozorning nisbatan tez, lekin ekstensiv kengayishi taxmin 
qilinmoqda. 
Xullas, XX-XXI asrlar bo‘sag‘asida jahonda misli ko‘rilmagan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy 
jarayonlar ro‘y berib, ular albatta xalqaro mehnat taqsimotini rivojlanishiga o‘zining sezilarli 
ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda. 



Yüklə 181,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin